Bozor va tadbirkorlik


Download 80 Kb.
bet1/8
Sana05.02.2023
Hajmi80 Kb.
#1168462
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 мавзу


Bozor va tadbirkorlik.
Bozor munosabatlari sharoitida mamlakat iqtisodiyotini taraqqiy etishining asosiy omillaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iborat. Bozor va tadbirkorlik o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir.

Bozor – bu muayyan tovar yoki xizmatlarning sotuvchilari va xaridorlarini bir joyda birlashtiradigan har qanday institut yoki mexanizm (K. McConnel, S. Brew. Economics: Principles, problems and policy, 1992).

Bozor (inglizcha – market, ruscha – рынок) – tovarlar bilan pullarning harakatini ta’minlovchi ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi munosabatlar tizimidir. Demak, bozorda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishdagi erkin munosabatlar amalga oshiriladi. Bozor tadbirkorlik subyektlarining erkin faoliyat olib borishlari uchun keng shart-sharoitlar yaratib, erkin raqobat muhitining, eksport va import imkoniyatlarining bozor qonuniyatlari asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi.
“Bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolariga tik ko‘z bilan qarash kerak. Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy tomoninigina emas, balki uning salbiy tomonini ham ko‘ra bilish kerak. Bozorga, ayniqsa, uning shakllanish bosqichida uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar, ishsizlikning o‘sishi, pulning qadrsizlanishi, ko‘pgina korxonalarning sinishi va ishbilarmonlarning xonavayron bo‘lishi, aholining moddiy ta’minot jihatidan keskin tabaqalashuvi, huquqqa zid xatti-harakatlar va jinoyatlarning o‘sishi xosdir. Bozorning bu illatlarini bilish, ularga tayyor turish, ularni bartaraf etish yuzasidan to‘g‘ri yechimlar topa bilish kerak”.
(Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. – T.: O‘zbekiston, 1992. – B.28.)
Xo‘sh, “tadbirkor”, “tadbirkorlik” tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi?
Bu tushunchalarni birinchi bo‘lib XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo‘llagan. Uning fikricha, tadbirkor – tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi kishidir. Shu boisdan u yer va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbayi deb bilgan. Keyinchalik XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashhur fransuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767–1832) “Siyosiy iqtisod risolasi” kitobida (1803) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari – yer, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi.
Tadbirkorlik (inglizcha – enterprise, enterprising, ruscha – предпринимательство) – foyda olish maqsadida fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z tashabbusi asosida mustaqil faoliyatidir.

Sohibqiron Amir Temur tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlab va tadbirkorlarni ulug‘lab, ularning nafaqat o‘zi, balki jamiyat uchun ham katta nafi tegishini, inson doimo faol bo‘lishini ta’kidlab, o‘z tuzuklarida “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi, ming-minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir”, deb ko‘rsatadi.
(Temur tuzuklari. //Forschadan A.Sog‘uniy va H.Karomatov tarj.; B.Ahmedov tahriri ostida. – T.: Nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991.– B.15.)

Tadbirkorlik va biznes tushunchalari o‘zaro bog‘liq tushunchalar bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi.
Biznes” – so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik sohasida biznes foyda beradigan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar biznesmen sifatida mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlashga, yalpi ichki mahsulotning ko‘payishiga, aholi farovonligining oshishiga xizmat qiladi.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling