Bozor va tadbirkorlik


Tadbirkorlik huquqining tushunchasi, predmeti va prinsiplari


Download 80 Kb.
bet3/8
Sana05.02.2023
Hajmi80 Kb.
#1168462
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1 мавзу

1.2. Tadbirkorlik huquqining tushunchasi, predmeti va prinsiplari
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni davlatning vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar asosida tartibga solinishini Tadbirkorlik huquqi fani o‘rganadi.

Tadbirkorlik faoliyati Tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. (O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida (yangi tahriri) 2012. 2- may. 328-son.

Misol uchun, fuqaro bir o‘zi ta’sischiligida mas’uliyati cheklangan jamiyat tashkil qilib, bolalar ichki kiyimlari ishlab chiqarish maqsadida bankdan kredit olib, chet eldan tikish uskunalarini xorijiy valyutada xarid qildi va o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshladi.



Tadbirkorlik huquqi – tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi va bozor sharoitida davlatning iqtisodiyotga rahbarlik qilish chora-tadbirlarini belgilovchi huquqiy qoidalar yig‘indisidan iboratdir.

Demak, tadbirkorlik huquqi o‘ziga xos muayyan munosabatlarni huquqiy tartibga soluvchi huquq sohasimi?
Unda, tadbirkorlik huquqining huquq tizimida tutgan o‘rniga to‘xtalib o‘taylik. Tadbirkorlik huquqi ham boshqa huquq sohalari kabi birinchidan, huquqning mustaqil sohasi; ikkinchidan, qonunchilik tarmog‘i; uchinchidan, fan sohasi; to‘rtinchidan, o‘quv predmeti hisoblanadi.
Tadbirkorlik huquqi – huquq tarmog‘i sifatida tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot sohasidagi faoliyatini tartibga soluvchi huquq normalari yig‘indisidan iborat.

Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling