Bozor va tadbirkorlik
Download 80 Kb.
|
1 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik huquqining boshqa huquq sohalaridan farqi
- Misol uchun
Misol tariqasida, “Iqtisodiy faoliyat” termini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida, shuningdek “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasida qo‘llanilgan.
Tadbirkorlik huquqining predmetini tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-huquqiy, ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmat ko‘rsatish, subyektning ichki tuzilmalari o‘rtasidagi, davlatning tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga umumiy rahbarligi bilan bog‘liq munosabatlar tashkil etadi. Tadbirkorlik huquqining boshqa huquq sohalaridan farqi Tadbirkorlik huquqining boshqa huquq sohalaridan, jumladan fuqarolik, ma’muriy, moliya, mehnat va boshqa huquq sohalari bilan farqlanadi. Avvalo, fuqarolik huquqi fani mulkiy munosabatlarni hamda mulkiy xarakterda bo‘lmagan shaxsiy munosabatlarni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan, tadbirkorlik (biznes) huquqi esa tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi vertikal va gorizontal, bozor sharoitida davlatning iqtisodga rahbarlik qilish munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan. Tadbirkorlik huquqi subyektlar o‘rtasidagi tadbirkorlik munosabatlarini tartibga solsa, mehnat huquqi esa ish beruvchi bilan xodimlarning mehnat shartnomasi asosida munosabatlarini, ichki tartib qoidalarini, ish rejimini va shunga o‘xshash mehnat shartnomasi bilan bog‘liq boshqa munosabatlarni tartibga soladi. Ma’muriy huquqning predmeti ma’muriyatning buyruq hamda ijro faoliyati bilan, ya’ni hokimiyat va itoat etish, bir-biriga bo‘ysunish sohasidagi faoliyat bilan bog‘liq munosabatdir. Bunday munosabat itoat etuvchi quyi organlarga va mansabdor shaxslarga o‘z direktivalari orqali ta’sir etish, boshqarish, idora etish kabi hokimiyatni amalga oshirish bilan izohlanadi. Tadbirkorlik munosabatlarida esa ma’muriy bo‘ysunish faoliyatlari kam uchraydi. Misol uchun, tadbirkorlik subyektlari faoliyatida davlatning umumiy rahbarligi, ya’ni davlat nazorati, soliqlar bilan ta’sir etish, tadbirkorlik subyektlarining o‘zaro ichki tuzilmalari o‘rtasidagi munosabatlar. Moliya huquqining predmetini moliya budjeti kirim-chiqimi (davlat daromadini sarflash va tashkil etish davlat rejasi) bilan bog‘liq munosabatlar tashkil etsa, korxona va tadbirkorlarning daromad manbayini tartibga solish va ulardan qayta ishlab chiqarish muomalasida foydalanish kabilar Tadbirkorlik huquqining predmetini tashkil etadi. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling