Farg’ona viloyati Furqat tumani 36-umumiy o’rta ta’lim maktabi amaliyotchi talabalar ‘’Ochiq dars ‘’ bayonnomasi
Download 17.61 Kb.
|
Hujjat (17)
- Bu sahifa navigatsiya:
- ESHITILDI: Direktor o’rinbosari: M. Abdunazarova so’zga chiqib Ingliz tilining hozirgi kunda qanchalik muhim va ravnaq topayotgan til haqidaligini 10-sinflarga biroz nutq so’zladi
- Direktor o’rinbosari M. Abdunazarova
- D. Akbarzod
- M. Yusupova
- YIG’ILISH QAROR QILADI
- Direktor o’rinbosari: M. Abdunazarova Yig’ilish raisi: U. Mamatqulova O’qituvchi : D. Akbarzod
Farg’ona viloyati Furqat tumani 36-umumiy o’rta ta’lim maktabi amaliyotchi talabalar ‘’Ochiq dars ‘’ BAYONNOMASI 2023 yil 5-dekabr Furqat tumani QATNASHDILAR: maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: M. Abdunazarova, fan o’qituvchilari: U.Mamatqulova, D. Akbarzod va boshqalar Kun tartibi Amaliyotchi talaba M.Maxsutaliyevaning 05.12.2023-yilda o'tkazgan "Countries and the world" mavzusida o'tkazgan ochiq darsi muhokamasi toʻgʻrisida. ESHITILDI: Direktor o’rinbosari: M. Abdunazarova so’zga chiqib Ingliz tilining hozirgi kunda qanchalik muhim va ravnaq topayotgan til haqidaligini 10-sinflarga biroz nutq so’zladi Dars bo’yicha M.Maxsutaliyevaning fikri: Men 36-maktab 5-B sinf o’quvchilariga “Countries and the world” mavzusida “Ingliz tili” fanidan dars o’tdim. Mavzuni tanlashda hamda darsni olib borishda meyoriy hujjatlarda belgilangan talablarning ijrosini ta’minlashga harakat qildim. Dars noan’aviy metodda tashkil etilgan bo‘lib, unda ishlatilgan barcha usul va texnikalar, tarqatma materiallardan STT ning TTT dan ko‘proq bo‘lishi, o’quvchilarning mavzuga oid qiziqishlarini oshirish ko‘zlangandi va bunga erishildi deb o‘ylayman. O’quvchilarga to‘g‘ri va tushunarli yo‘riqnomalar berish orqali ularni mustaqil ishlashlari ta’minlandi. Direktor o’rinbosari M. Abdunazarova: M. Maxsutaliyevaning ochiq darsi haqidagi o’z fikr va mulohazalarini eshitdik. Endi ochiq muhokamaga o’tishimiz ham mumkin. Ochiq darsda qatnashgan o’qituvchilarga so’z navbatini bersak. U. Mamatqulova: Dars barcha talablarga javob beradi. Uning uslubiy, amaliy jihatdan yutuqlarga boy bo‘lganligini ta’kidlash zarur. Jumladan talabaning ilmiy saviyasi yuqori, o’quvchilar esa faol darsga qatnashdilar. Menga darsda ishlatilgan bir nechta usul va texnikalar juda yoqdi. Ayniqsa, Country madaniyatlarini o’quvchilar tomonidan jonlantirilishi ajoyib bo‘ldi. Bu usul nafaqat ularning yozma nutqlarini, balki og‘zaki nutqlarini ham o‘stirishga turtki bo‘ldi. D. Akbarzod: Dars ilmiy va uslubiy jihatdan yaxshi tashkil etilgan. Menga amaliyotchining o’quvchilar bilan bo‘lgan munosabati juda yoqdi. O’quvchilarning dars davomida erkin va faol qatnashishlari shu boisdan bo‘lsa kerak deb o‘ylayman. Qolaversa, o‘qituvchi ularni har darsda yangi idioma va fe’lli iboralarni sinfdoshlariga taqdim etishga undashi an’anaga aylanganiga qoyil qoldim. Bu ularning mutaxassislikka oid bilimlarini rivojlantirish uchun juda foydalidir. Menga dars juda yoqdi. M. Yusupova: Men yosh o‘qituvchi sifatida darsni kuzatib, o‘zimga kerakli xulosalar oldim, o‘rgandim. M.Maxsutaliyevaning sinflarda ishlash texnikasi menga yoqdi. Guruhlarga bo‘lib olishda ham ajoyib noan’anaviy usuldan foydalandi. Odatda o‘qituvchilar bu masalada kichik muammolarga duch kelishadi. Dars davomida bir qator mashq va amaliy topshiriqlarning o’quvchilar tomonidan bajarilganligiga qoyil qoldim. Bu amaliyotchining vaqtdan unumli foydalana olishi, pedagogik mahorati qay darajada ekanligini ko‘rsatdi. YIG’ILISH QAROR QILADI: Ma'lumotlar axborot uchun qabul qilinsin hamda Ingliz tili va adabiyoti yo’nalishi 306-guruh talabasi M.Maxsutaliyevaning Furqat tumani 36-umumiy o’rta ta’lim maktabi 5-B sinfida “Countries and the world” mavzusida o’tkazgan ochiq darsi komissiya tomonidan 5 ball, ya'ni 86 (a'lo) deb baholansin. 2. Maktabda yosh o’qituvchilarini doimiy ravishda tajribali o’qituvchilarning darslarini kuzatib o’rganib borishi yo’lga qo’yilsin. Direktor o’rinbosari: M. Abdunazarova Yig’ilish raisi: U. Mamatqulova O’qituvchi: D. Akbarzod Download 17.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling