G'aybullayeva Dildoraning


Download 13.82 Kb.
bet1/4
Sana11.11.2023
Hajmi13.82 Kb.
#1766263
  1   2   3   4
Bog'liq
Yozma ish va uning turlari

  • Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni grammatikaga oid bilimlarini o‘rgatish va ularni yozma nutqlarini shakllantirishda yozma ishlar alohida o‘rin tutadi.
  • Bular – ko‘chirib yozish, diktant, bayon, insho tarzida amalga oshiriladi.
  • Bolalar savodxonligini oshirishda foydali bo‘lgan mashqlardan biri – yozma ishlardir.
  • Uni o‘tkazishda o‘quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, aniqlikka e’tibor berish soddadan murakkabga qarab borish muhim ahamiyatga egadir.
  • Yozma ishlar quyidagi shakllarda bo‘ladi: mashqlar, ko‘chirib yozish, diktant, bayon, insho. Mashqlar o‘quvchining ona tilidan olgan bilim va malakalarini mustahkamlash maqsadida qo‘llaniladi.
  • Mashqlar bajarish natijasida o‘quvchilar:
  • a)olgan bilimlarini ongli o‘zlashtira boradilar,
  • b)bilimlarni amalda qo‘llay oladilar,
  • v)savodli fikrlash malakalari ham orta boradi.
  • Mashq bajarish jarayonida til faktlarini doimo kuzatib boradilar, taqqoslaydi va nihoyat umumlashtiradi.
  • Yozma va og‘zaki nutq madaniyatlarini takomillashtirish imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
  • Mashqlar o‘quvchilarning mustaqil fikrlash bilimlarini ongli o‘zlashtirish faoliyatlarini yaxshilaydi.
  • Ko‘p yozish natijasida o‘quvchida ayrim so‘z shakllarini yoki tilini belgilarni to‘g‘ri qo‘llab ketaverish shakllanib qoladi.

Boshlang‘ich sinf dasturiga ko‘ra 2-sinfda 30-40 so‘zli matn tanlanadi, so‘roqlar yordamida bayon yoziladi. 3- sinfda 40-60 so‘zli 3-5 qismli (reja) matn, 4-sinfda 70-90-so‘zli mustaqil tuzilgan reja asosida bayon yoziladi.

  • Boshlang‘ich sinf dasturiga ko‘ra 2-sinfda 30-40 so‘zli matn tanlanadi, so‘roqlar yordamida bayon yoziladi. 3- sinfda 40-60 so‘zli 3-5 qismli (reja) matn, 4-sinfda 70-90-so‘zli mustaqil tuzilgan reja asosida bayon yoziladi.
  • Bayonning ahamiyati:
  • – bolalarda adabiy nutq to‘g‘ri shakllanadi;
  • – nutq madaniyati egallanadi;
  • – badiiy uslub singdiriladi;
  • – tilga sezgirlik oshiriladi.
  • Bayonning mavzulari:
  • – kishilarning hayoti, mehnati, yutuqlari ifodalangan matn;
  • – tabiat bilan bog‘langan matn;
  • – fan-texnika madaniyat yutuqlariga oid matn.
  • Bayon – o‘qib berilgan namunaviy matnni, matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so‘ng yozma qayta hikoyalashdir. Namunaviy matn og‘zaki va yozma hikoya qilinadi. Har qanday qayta hikoyalash asosida bayon yozish mumkin. Bayon uchun kichik hajmdagi, tuzilishi sodda matn tanlanadi, keyin u murakkablashtirilib boriladi.
  • BAYON mavzusi o‘quvchilarning bilimini kengaytiradi. Dunyoqarashini shakllantiradi. Qayta hikoyalashda til materiallaridan, nutq xilma-xilligidan, sintaktik qurilishdan foydalana olish zarur.
  • QAYTA HIKOYALASHDA VOQEALAR IZCHILLIGI, ASOSIY FAKTLAR SAQLANISHI KERAK.
  • Qayta hikoyalashda maxsus tayyorgarlikda quyidagi
  • talablarga rioya qilinadi:
  • 1) Qayta hikoyalash turi haqida o‘quvchilar ogohlantiriladi. To‘liq matnga yaqinlashtirib, tanlab, qisqartirib ijodiy qayta hikoyalanadi.
  • 2) Suhbat, matn mazmuni tahlil qilinadi, til oborotlari, gaplari aniqlanadi.
  • 3) Qayta hikoyalashni puxtalash uchun ifodali o‘qish.
  • 4) Matnni kompozitsiyali qismlarga bo‘lish, sarlavha, reja tuzish.
  • 5) Matnni qayta hikoyalash, kamchiliklarini tuzatish.
  • 6) Qayta hikoyalashni bolalar hayoti bilan bog‘lash.
  • To‘liq bayonda uchraydigan kamchiliklar:
  • a) hikoyani to‘g‘ri boshlashni bilmaslik;
  • 172-mashq. O‘ktam qizchasini suvdan qutqarib oldi (davom ettirishning endi iloji yo‘q).
  • b) matn mazmunini davom ettira olmaslik;
  • v) tushunmasdan noto‘g‘ri bayon qilish;
  • g) bayon qilishda til kambag‘alligi.
  • Bu kamchiliklariii yo‘qotish uchun:
  • a) matnni qismlarga bo‘ling;
  • b) qismlarga sarlavha topish;
  • v) reja tuzish;
  • g) reja asosida qayta hikoyalash.
  • Bayon yozish quyidagicha uyushtiriladi.
  • 1. Bolalarga matn 1-2 marta o‘qib beriladi.
  • 2. Suhbat: qismlarga bo‘lish, mazmuniy bog‘lanishlarni aniqlab, reja tuzish.
  • 3. Lug‘at ishi (so‘z ma’nosi va imlosi).
  • 4. Muhim til birliklariga diqqat qilish.
  • 5. Gaplar tuzdirish.
  • 6. Qayta hikoyalash.
  • 7. Yozish.
  • Tekshiruv bayoni asosan o‘quvchilarni bilimini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. o‘quvchi bilimidagi sayoz o‘rinlarni belgilab olish, xato kamchiliklarni bartaraf etish choralarini rejalashtirish.
  • Tekshiruv bayoni bir o‘quv yilida 2-3 marta o‘tkaziladi. Uning turi to‘liq ta’limiy bayonniki kabi o‘tkazilish tartibi ham bayon turidan kelib chiqib, ta’limiy bayon kabi uyushtiriladi. Farqi shundaki, yozish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarga yordam ko‘rsatmaydi, bu bayon turi 3-4-sinflarda chorak oxirida yoki biror katta bo‘lim o‘tib bo‘lingach o‘tkaziladi.

Download 13.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling