Farg’ona viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi O’zbekiston tumani maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi


Download 185.33 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi185.33 Kb.
#1433576
Bog'liq
“Yil taqvimi” mashg\'uloti




Farg’ona viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi
O’zbekiston tumani
maktabgacha ta’lim bo’limi tasarrufidagi


3-Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi
6-tayyorlov guruh tarbiyachisi
Qo’shmaqova Nozimaxonning
Matematika mashg’ulotidan
Yil taqvimi” mavzusidagi

\


2018 yil yanvar






Mashg’ulot: Matematika
Mavzu: “Yil taqvimi”
Ta’limiy maqsad: Bolalarni aqliy tafakkurini diqqatini, nutqini har tomonlama rivojlantirish, ma’naviy-ahloqiy, estetik jihatdan tarbiyalash.
Tarbiyaviy maqsad: Ona vatanimizdagi tabiat o’zgarishlari O’zbekistonimizni jannatmakonligi har bir faslni o’ziga xos hususiyatlarini qadrlash va asrab avaylashga o’rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: Bolalarni ijodkorligi, tasavvur eta olish, zukkolik, mustaqil fikrlashga o’rgatish hamda qo’l matorikasini rivojlantirish.
Davlat talabi: maktabga tayyorlov guruhida lozim bo’lgan bilim va ko’nikmalarni bolalarga sindirish. Bolalarni yil taqvimi haqida tushunchalarini kengaytirish.
Kerakli jihoz: yil taqvimi, fasllar tasvirlangan suratlar, oq qog’oz, rangli qog’oz, bo’yoq, kiley, plastilin, tugmachali mazeykalar, 12 oy ertagi haqida rasmlar.
Mashg’ulotning borishi:
T arbiyachi: men sizga hozir topishmoq aytaman sizlar topasizlar.
Kelib-ketar bir yilda,
To’rt og’ayni har xilda.
Bolalar javobi: yil fasllari.
Tarbiyachi: to’g’ri bolajonlar yil fasllari bu qaysilar?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: bolajonlar hozir sizlar bilan shu yil fasllarini aytib guruhlarga bo’linib olamiz. Buning uchun har bir fasl o’z fasli aks ettirilgan rangdagi donachalarni olib, fasllar rasmini topib o’tirishlaring kerak.
Oq rangdagi doirachilar – qish fasliga.
Zangor rangdagi doirachalar – bahor fasliga.
Qizil rangdagi doirachalar – yoz fasliga.
Sariq rangdagi doirachalar – kuz fasliga borib o’tiradilar.
B olalar joylarini topib o’tiradilar. Bugun qaysi guruh ko’p bo’g’irsoq to’plar ekan.
Bolajonlar bu nima?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Taqvim rus tilida nima deyiladi?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Bu taqvimda nimani ko’ryapsizlar?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Bolajonlar taqvimlar turli ko’rinishda bo’ladi. Stol ustida hamda devoriy. Raqamlar bu sanalar. Harflar oy nomi, hafta kunlarimiz. Bir yilda nechta oy bor ekan?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: 12 ta oyimiz nechta faslga bo’linadi?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Har bir faslga nechtadan oy kiradi? Ularni aytib bering.
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Manashu fasllardagi oylarni qo’shib chiqsak bir yilimiz 365 kun bo’ladi. Har bir faslimiz 90, 91, 92, 92 kunga bo’linadi.
Bir hftada necha kun bor?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Bolajonlar yil taqvimimizda sonlar qanday ranglarda ekan?
Bolalar javobi:
Tarbiyachi: Kalendarimizdagi qizil ranglar dam olish kuni, bayramlarni bildiradi. Qora rangda ishlaydiganlar uchun ish kuni, sizlar uchun bog’cha degani.
Bolajonlar nima uchun sizlar turli hil rangdagi doirachani oldingizlar?
Bolalar javobi: O’z doirachalar ranggiga tarif berishadi
Tarbiyachi: Rahmat bolajonlar! Sizlar o’z faslingizni rangli doirachalar orqali tariflab berdingiz. Hozir o’rnimizdan turib kayfiyatlarimizni ko’tarib orlish uchun “Dam olish daqiqasi”ni o’tkazamiz.
Sovuq kimni izlaydi.
Shamoli g’iz-g’izlaydi.
Bilasizmi sovuqdan.
Kim kulib, kim yig’laydi.
Bo’lsa lanju dangasa.
Tugmasini taqmasa,
Sovuq tezda uradi.
Undan g’olib chiqadi. (harakatini qilib aytiladi)
Bolajonlar endi sizlar o’z fasllaringizdagi aks ettiriladigan narsalarni oldingizdagi bo’yoq, rangli qog’oz, oq qog’oz, sanoq cho’p, plastilin, tugmachali mazeyka, moshlardan tasvirlab berishingiz kerak.
Qish- qorparchani barmoq bilan chizadi. Rangli qog’ozda qorparcha qirqadi, sanoq cho’pda archa, qorparcha hosil qiladi, plastilindan qorbobo, chana yasaydi.
Bahor – plastilindan gullagan daraxtni hosil qiladi, bo’yoqda barmoq bilan gul chizadi, moshdan maysa, gul hosil qiladi, sanoq cho’pdan traktor yasaydi.
Yoz – bo’yoqda barmoq bilan gul, maysalar chizadi, rangli qog’ozdan quyoshni qirqib yelimlaydi, plastilindan olma shakli, rangli qog’ozdan gul shaklini hosil qiladi.
Kuz – tugmachali mazaykadan sariq barg hosil qiadi, bo’yoqda daraxt chizadi, plamastrda barmoq asosida kuzgi daraxtni hosil qiladi, rangli qog’ozda bulutli havoni tasvirlaydi.
Bolalarni bajargan ishlari asosida rag’batlantiriladi:
Bolalar bilan “O’n ikki oy” ertagi asosida savol-javob o’tkaziladi.
Bolalar bilimini mustahkamlash uchun “Kiyingisini ayt” nomli o’yini o’ynaladi.
Mashg’ulot yakunida: Bolalarni to’plagan bo’g’irsoqlari hisoblanib rag’batlaniladi.
Download 185.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling