MATEMATIKA fanidan MILLIY o‘quv DASTURi
(3- SINF)
UQTIRISH XATI
Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
SONLAR VA AMALLAR
M3.SA.1 0 dan 1000 gacha boʻlgan sonlarni oʻqiydi, raqamlar yordamida yozadi, toʻgʻri va teskari tartibda sanaydi, tartibga soladi;
M3.SA.2 Sonlarning xona birliklari boʻyicha tarkibini, uch xonali sonlarni yuzliklar, oʻnliklar va birliklar yigʻindisi koʻrinishida tasvirlaydi. Masalan: 123=100+20+3;
M3.SA.3 1000 gacha boʻlgan sonlarni taqqoslaydi, tartiblaydi;
M3.SA.4 Minglik, yuzlik, oʻnlik va birliklar orasida munosabat oʻrnatadi, sonlarni xona birliklari boʻyicha farqlaydi;
M3.SA.5 1000 ichida qoʻshish va ayirish usullarini, qoʻshish xossalarini biladi;
M3.SA.6 1000 ichida sonlarni toʻg‘ri va teskari yoʻnalishda oralatib sanaydi;
M3.SA.7 Berilgan sondan 10 va 100 taga kichik va katta boʻlgan sonni aniqlaydi;
M3.SA.8 10 ga karrali sonlarni og‘zaki qoʻshadi va ayiradi;
M3.SA.9 Qoʻshish va ayirish amaliga oid matematik terminlardan va belgilardan (yig‘indi, ayirma, farqi, jami, qoʻshiluvchi, ayriluvchi, ayiruvchi) foydalanadi;
M3.SA.10 Uch xonali songa 10 va 100 ga karrali sonlarni qoʻshadi va ayiradi;
M3.SA.11 Sonni yigʻindiga va yigʻindini songa qoʻshadi;
M3.SA.12 Qoʻshish amalining oʻrin almashtirish (kommutativlik) xossasini ifodalaydi va undan topshiriqlar bajarishda foydalanadi;
M3.SA.13 Sondan yigʻindini va yigʻindidan sonni ayiradi;
M3.SA.14 Noma’lum qoʻshiluvchini topadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |