Farg’ona viloyati Toshloq tumani xalq ta’limi bo’limi
Download 192.02 Kb.
|
9-sinf 10-dars
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorug‘lik mikroskopiya usuli.
Farg’ona viloyati Toshloq tumani xalq ta’limi bo’limi MUSTAQIL ISHI 13-umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchisi ______________________ning BIOLOGIYA fanidan _____________________mavzusida tayyorlagan Hozirgi zamon sitologiya fanining juda ko‘p zamonaviy tadqiqot usullari bo‘lib, ular turli-tuman hujayralarning nozik tuzilmalarini va unda kechadigan jarayonlarni o‘rganish imkonini beradi. Quyida hujayraning tuzilishini o‘rganishda keng qo‘llaniladigan usullarga to‘xtalib o‘tamiz. Yorug‘lik mikroskopiya usuli. Yorug‘lik mikroskopining asosiy qismlari obyektiv va okulyardan iborat. Mikroskopning eng muhim qismi obyektiv bo‘lib, kuzatilayotgan predmetni katta- lashtirib beradi. okulyarlar ham linzalar tizimidan iborat bo‘lib, ular o‘rganilayotgan predmetning tasvirini kattalashtirishda ishtirok etadi. Dastlabki mikroskoplar obyekt tasvirini 10–40 martagacha kattalashtirib bergan. odatda yorug‘lik mikroskoplari tasvirni 10–2000 martagacha kattalashtiradi. Mikroskopning muhim tomoni, kattalashtirish emas, balki uni ko‘rish kuchi yoki ko‘rish xususiyati hisoblanadi. Mikroskopning ko‘rish kuchi ikki nuqtani farq qilish uchun zarur bo‘lgan minimum masofa bilan aniqlanadi. Bu nuqtalar bir-biriga juda yaqin bo‘lgan vaqtda ulardan chiqadigan yorug‘lik to‘lqinlari bir vaqtda qaytadi va odamning ko‘zi ikkita emas, balki bitta tasvirni ko‘radi. Bir xil kattalashtiradigan mikroskopning ko‘rish kuchi qancha katta bo‘lsa, o‘rganilayotgan obyektning mayda bo‘laklarini shun- cha aniq o‘rganish mumkin. Yorug‘lik mikroskoplari obyektni 2000 martagacha kattalashtiradi. Download 192.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling