Farg’ona viloyati Toshloq tumani xalq ta’limi bo’limi
Download 192.02 Kb.
|
9-sinf 10-dars
sitoplazmada joylashgan. Bakteriya DNKlari oqsillar bilan birga komplekslar hosil qilmaydi. Shuning uchun xromosoma tarkibiga kiruvchi barcha genlar “ishlab turadi”, ya'ni ulardan to'xtovsiz irsiy axborot olib turiladi. Bakteriya hujayrasi membrana bilan o`ralgan bo'lib, u sitoplazmani hujayra ilvotidan ajratib turadi. Sitoplazmada membrane-lar kam. Unda ribosomalar bo’lib oqsil sintezini amalga oshiradi.
Bakteriyalarning hayot faoliyati jarayonlari bilan bog'liq fermentlar sitoplazma bo'ylab tarqalib ketgan yoki membranalarning ichki tomoni-dan bo'ladi. Ko’pchilik mikroorganizmlarning hujayrasida zaxira moddalar-polisaxaridlar, yog’lar, polifosfatlar to'planadi. Bu moddalar, energiyaning tashqi manbalari to’xtab qolgan vaqtda almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi va hujayra hayotiy davom etishiga imkon beradi. Odadda bakteriyalar, hujayrasini ikkiga bo`linishi bilan ko'payadi. Bakteriyaler sporalar hosil qilish xususiyatiga ega. Sporalar odatda ozuqa mod-dalari yoki muhitda modda almashinuv mahsulotlari ko'p to'planganda hosil bo’ladi. Sporalar bakteriya hujayrasidan hosil bo'ladi. Spora hosil bo'lish jarayoni ona hujayra sitoplazmasining bir qismini ajralishi bilan boshlanadi. Ajralgan qism xromosomaga ega bo'lib, membrana va qalin hujayra qobig'i bilan o’ralgan. Bakteriyalarning sporalari juda hayotchan bo’ladi. Quruq holatda ular hayotiylik xususiyatini yuz, hatto ming yillar saqlob qoladi. Haroratning keskin o’zgarishi ham sporalarga ta’sir o’tkazmaydi. Download 192.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling