prokariot va eukariotlar deb ataladi.
Prokariot organizmlar azaliy xususiyatlarni o'zida saqlab kelmoqda. Ya'ni ular juda sodda tuzilishga ega. Shu asosga ko'ra ular alohida olamga ajratilgan. Eukariot hujayralarda qo'shqavat qobiq bilan o'ralgan yadro, murakkab tuzilishga ega bo`lgan «quvvat stansiya»lari mitoxondriyalar; o'simliklarda bulardan tashqari yana xloroplastlar bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda «Yadroli» organizmlarning barcha hujayralari yuksak tuzilishga ega bo`lib, kislorod bilan oziqlanishga moslashgan va
shuning uchun ko'p miqdorda energiya ishlab chiqarishi mumkin.
Prokariot hujayralarning xarakterli vakili sifatida bakteriyalarni misol qilib ko`rsatish mumkin. Ular hamma joyda: suv, tuproq va ozuqa mahsulotlarida yashaydi. Prokariot hujayralarda shakllangan yadro bo`lmaydi. Ularning DNKsi sitoplazmada joylashgan va membrana bilan o`ralmagan.
Bak-teriya hujayralarining kattaligi xilma-xil bo'lib, 1 dan 10-15 mkmgacha boradi. Bakteriyalarning tuzilishiga xos bo`lgan asosiy xususiyat-yadroning bo’lmasligidir. Ularning irsiy axboroti bitta aylanma shakldagi DNK molekulasida bo'lib, u
Do'stlaringiz bilan baham: |