Farg’ona viloyati xalq ta’limi boshqarmasi bag’dod tumani xalq ta’limi bo’limi


BILIB OLING. Ma'lum bir so'roqqa javob bo'lib, biror gap bo'lagi vazifasida keladigan so'zlar


Download 255.5 Kb.
bet2/2
Sana13.12.2020
Hajmi255.5 Kb.
#165627
1   2
Bog'liq
6-sinf fe'l


BILIB OLING. Ma'lum bir so'roqqa javob bo'lib, biror gap bo'lagi vazifasida keladigan so'zlar mustaqil so'zlar sanaladi: fe'l, ot, sifat, son, olmosh va ravishlar mustaqil so'zlardir.


Berilgan so'zlarga -ma qo'shimchasini qo'shing. So'zlarning qanday so'roqqa javob bo'lishi va -ma qo'shimchasining ma'nosini aniqlang.

O'qi, keldi, qiziqadi.



Nima qildi? so'rog'iga javob bo'Iuvchi to'rtta so'z toping. Ularni tarkibiy qismlarga ajrating.

BILIB OLING. Nima qilmoq?, nima bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini ifodalagan so'z turkumi fe'l deyiladi.
Mashqlar bilan ishlash. Darslikdagi mavzuga oid bo‘lgan topshiriq va mashqlarni ularning shartiga ko‘ra og‘zaki hamda yozma tarzda ishlanadi. Bunda o‘quvchilarning so‘z turkumlari haqidagi tushunchalari hamda berilgan ma’lumotlar asosida olgan yangi tushunchalari solishtiriladi, fikrlar almashiladi.

79-mashq. Guruhlararo chiroyli gap tuzish musobaqasi o’tkaziladi. So'zlarga so'roq berib, guruhlarga ajrating. Ular ishtirokida gaplar tuzing.

Maroqli, tabiat, iroda, shubhalanmoq, shu, minglarcha, hatto, harakatchan, ehtirom, ta'sir, ko'rsatmoq, bo'ysundirmoq, qo'llab-quvvatlamoq, va, haqiqat, unutmoq, biroq, agar, oliyjanob, million, ertalab, tez, ular, yaratmoq, yuzlab, keskin, oddiy, biz, har qaysi, albatta, voy, oh.

Mustahkamlash.

80-mashq. Hikmatli so'zlarni daftaringizga ko'chiring. So'zlarga so'roq berib, ularning qaysi so'z turkumiga kirishini aniqlang.

1.Olimlarning xizmati mangu qoladi. (Ulug'bek) 2. Haqiqatni ochinglar, to'g'ri yo'ldan yuringlar. Bir-biringizdan bilim o'rganinglar. (Abu Ali ibn Sino) 3. O'qib-o'rganmasdan ham foyda-zararning farqiga yeta olaman degan odamni tentak deb bilmoq kerak. (Suqrot) 4. Ilm urug'lari sochilsa, elga baraka beradi. (D. Mendeleyev)

Saylanma diktant olinadi. Guruhlar o’zlariga tegishli bo’lgan so’zlarni yozishadi.

U, voy, aka, bilan, , lip-lip, ariq, taq-taq, suvsiz, chiqaribdi, urug', ko'chat, sepibdi, bahor, ehhe, hamma, uh,ekinzor,. Dehqonobodlik, albatta, yovga, ayrilibdi, ham, dushmanga, , tik, turib, o'lganim, yaxshi, ketdi, shunchaki.

Savollarga javob bering

1. So'z turkumlari deb nimaga aytiladi?

2. Mustaqil so'z turkumlari qaysilar?

3. Yordamchi so'z turkumlari haqida gapiring.

O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra baholanadilar. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.



Uyga vazifa. Uyga vazifa “Ona tilim- iftixorim” mavzusida matn tuzish

O’IBDO’:__________________




FARG’ONA VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI BAG’DOD TUMANI XALQ TA’LIMI BO’LIMI
53-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI

ONA TILI VA ADABIYOT FANI O’QITUVCHISI JO’RAYEVA XURSHIDAXONNING

SO’Z TURKUMLARI. FE’L” MAVZUSIDAGI



ochiq dars ishlanmasi



BAG’DOD 2020
Download 255.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling