Farhod Raimkulov – Kimyo Fanidan Online Repetitor
Telegram manzilimiz - @uzkimyogar
49-masala.
100 g eritmaga 900 g suv qo’shilsa, eritma konsentrasiyasi qanday
o’zgaradi?
Yechish.
100+900 = 1000 g
1000/100 = 10
Javob: konsentrasiya 10 marta kamayadi (suyuladi).
50-masala.
Tarkibida 5 mol ammiak bo’lgan eritma olish uchun uning 25 % li
eritmasidan necha gramm kerak?
Yechish.
1 mol ammiak (NH
3
) massasi 17 g, 5 mol ammiak massasi esa:
5*17 = 85 g.
Demak, eritmamiz tarkibida 85 g ammiak bo’lishi kerak. Bu
eritmani biz tarkibida 25 % ammiak bor eritmadan tayyorlashimiz
kerak ekan. Proporsiya tuzamiz:
85 g ammiak – 25 %
X g eritma - 100% X = 340 g.
Javob: 340 g.