Farhod Raimkulov – Kimyo Fanidan Online Repetitor
Telegram manzilimiz - @uzkimyogar
55-masala.
4 % li mis sul’fat eritmasining 100 g miqdoriga necha gramm suv
qo’shilsa 1 % li eritma hosil bo’ladi?
Yechish.
Bu yuqoridagicha masala bilan bir xil. Faqat boshqa modda
berilgan va tuz emas suvning massasi so’ralyapti.
CuSO
4
4% 1 g 100 g eritma uchun
1%
H2O 0% 3 g X g suv X = 300 g.
Javob: 300 g.
56-masala.
800 ml 2 mol/l konsentrasiyali mis(II)xlorid eritmasini tayyorlash
uchun necha gramm tuz talab etiladi?
Yechish.
Bunday masalani yechishda proporsiyadan ko’ra tayyor formula
orqali yechib qo’ygan avzal:
Bundan m = C*V*M kelib chiqadi.
V = 800 ml = 0,8 l M(CuCl2) = 135 g.
m = 2*0,8*135 = 216 g.
Javob: 216 g.