Farhod va shirin


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana29.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1732965
1   2   3   4   5
Bog'liq
59-63

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-36, Issue-1, June-2023
 
61 
Shu’layi dard, ishq asrori, dard ta’vizi (dardning davosi ma’nosida), ashk seli, oh 
dudi, muhabbat nuri, vafo tug‘rosi, dard elining shohi, dard o‘ti kabi tashbehlar 
keltirilgan. O‘qituvchi o‘quvchi uchun tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarga izoh berishi 
shuningdek ushbu o‘xshatishlarni o‘quvchilar bilan tahlil qilishi lozim. Bu kabi asar 
tili bilan ishlashga qaratilgan topshiriqlar o‘quvchilar leksikasini boyitish, so‘z 
boyligini oshirishga yordam beradi. 
Farhodga ism qo‘yilishi berilgan parchada esa o‘quvchilar e’tiborini she’riy 
san’atlarga qaratish lozim. Chunki ushbu parchada bir qancha she’riy san’atlar 
keltirilgan bo‘lib, harfiy san’atlarga asoslangan kitobat san’ati shular jumlasidan. 
Firoqu rashk hajr-u oh ila dard, 
Biror harf ibtidodin aylabon fard. 
Bu misralardagi “firoq” so‘zidan “f” (ف), “rashk” so‘zidan “r” (ر), “hajr” so‘zidan 
“h” (ح), “oh” dan “o”( ا), “dard” so‘zidan “d” (د) harflarini jamlanganga Farhod ismi 
hosil bo‘ladi. Shuningdek, quyidagi baytda ham kitobat san’atining go‘zal namunasi 
keltirilgan: 
Qo‘yib yuz himmat-u iqbolu davlat
Hamul far soyasidin topodi ziynat. 
Ushbu baytda ham himmat, iqbol, davlat so‘zlar “far” ning soyasida Farhod 
so‘zini hosil qilishi ifodalangan. 
Shuningdek, quyidagi bir baytda bir qancha she’riy san’atlar qo‘llangan. 
Shabistonida tug‘di bir yangi oy, 
Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. 
Ushbu baytda iyhom san’ati (shabiston so‘zi ikki ma’noda ya’ni kechasi va 
yotoqxona ma’nolarida qo‘llangani bois), istiora (shabiston tundek qorong‘u 
Xoqonning hayotini Farhod yangi oydek yoritdi ma’nosida), tajohil-ul orif kabi 
san’atlardan foydalangan va bu asar badiiyatini yanada oshirgan. 
Har bir asar tahlil etilganda undagi obrazlar va ularning ta’rifiga alohida e’tibor 
qaratish lozim. Dostonda Farhod, Shirin, Xusrav, Mehinbonu, Mulkoro, Suqrot, 
Moniy, Boniy, Qoran, Sheruya, Shopur kabi talay obrazlar mavjud. Asar qahramonlari 
yuzasidan quyidagi jadval ustida ishlash mumkin: 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling