Farhod va shirin


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.10.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1732965
1   2   3   4   5
Bog'liq
59-63

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR 
Sharq xalqlari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri, xamsachilik an’anasi 
shakllangan bo‘lib, uning asoschisi Nizomiy Ganjaviy hisoblanadi. Bu an’anani davom 
ettirgan holda ko‘plab ijod ahli “Xamsa” yaratgan bo‘lib, Xusrav Dehlaviy
Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy shular jumlasidan. 
“Xamsa” arabcha “beshlik” degan ma’noni anglatib, besh mustaqil dostondan 
iborat bo‘ladi. Har bir doston ma’lum bir voqeani, mavzuni keng va atroflicha 
masnaviy yo‘li bilan yoritib beradi. Alisher Navoiy “Xamsa”si Xamsachilik 
an’anasiga ko‘ra “Xamsa”ning ikkinchi dostoni Xusrav va Shirin mojarolariga 
bag‘ishlangan bo‘lishi lozim. Ammo Alisher Navoiy bu an’anaga bir qancha 
o‘zgartirishlar kiritdi. Xususan, bosh qahramon sifatida Navoiy Xusravni emas
Farhodni tanladi va dostonni “Farhod va Shirin” deb atadi. “Farhod va Shirin”
Farhod bilan Shirin. obraziga sevgi hurligi, inson shaxsining hurligi ideyasi, 
gumanizm va xalqlar birodarligi ideyasi, vatanparvarlik va vatanni mudofaa qilish 


“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-36, Issue-1, June-2023
 
60 
ideyasi, sadoqat va adolat ideyasi, vafo va botirlik ideyasi, mehnat va ijodkorlikka 
muhabbat idsyasi singdirilgan. Farhod bilan Shirin taqdiri — Navoiyga yaqin va 
asrdosh bo‘lgan xalqlar taqdiri, uning eng yaxshi va eng komil kishilarining taqdiridir. 
O‘zbek xalqining iste’dodli shoiri Hamid Olimjon Alisher Navoiyning “Farhod 
va Shirin” dostoni haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: “Farhod bilan Shirin. obraziga 
sevgi hurligi, inson shaxsining hurligi ideyasi, gumanizm va xalqlar birodarligi ideyasi, 
vatanparvarlik va vatanni mudofaa qilish ideyasi, sadoqat va adolat ideyasi, vafo va 
botirlik ideyasi, mehnat va ijodkorlikka muhabbat ideyasi singdirilgan. Farhod bilan 
Shirin taqdiri — Navoiyga yaqin va asrdosh bo‘lgan xalqlar taqdiri, uning eng yaxshi 
va eng komil kishilarining taqdiridir. Buyuk ijod dohisi bo‘lgan Alisher Navoiy o‘z 
dostonini badiiy taraqqiyot tarixida yangi bir qadam sifatida yaratishga niyatlangan va 
o‘z niyatiga mukammal ravishda yetgandir”. 
NATIJA 
Adabiyot darslarida o‘qituvchining kirish nutqi juda ahamiyatli bo‘lib, u 
o‘quvchilarni diqqatini yangi mavzuga qaratish va ularda mavzuga nisbatan qiziqish 
uyg‘otish kabi vazifalarni bajaradi. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini 
adabiyot darslarida o`tiqishda quyidagicha o‘qituvchining kirish nutqidan foydalanish 
mumkin: 
Kamol et kasbkim olam uyidin, 
Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq
Jahondin notamom o‘tmak biayni, 
Erur hammomdan nopok chiqmoq 
She’riyat mulkining sultoni hazrat Mir Alisher Navoiy yuqoridagi qit’asi bilan 
insoniyatni komillikka, kamolotga intilishga chorlaganlar. Har bir inson biz quyida 
tanishmoqchi bo‘lgan “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod singari komillikka 
intilmog‘i lozim. Doston bilan tanishish davomida bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz. 
Endi esa bevosita doston bilan tanishamiz. 
O‘tilgan mavzuni takrorlashda “Oq qog‘oz” metodidan foydalanish mumkin. 
Bunda o‘quvchilar qatorlar kesimida guruhlarga ajratiladi. Har bir qatorga bittadan A4 
formatidagi oq qog‘oz beriladi. O‘quvchilardan o‘tilgan mavzuga doir bittadan 
ma’lumot yozish talab etiladi. Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lishi va takrorlanmasligi lozim. 
Ushbu metodni kichik musobaqa shaklida o‘tkazish yaxshi samara beradi, ya’ni bunda 
topshiriqni tez va to‘g‘ri bajargan guruh g‘alaba qozonadi. Bu metodning afzalligi 
shundan iboratki, o‘quvchilar o‘tilgan mavzuga doir bilimlarini yodga olishadi, shu 
bilan birga qog‘ozdagi boshqa o‘quvchilar tomonidan yozilgan ma’lumotlarni ham 
eslab qolgan holda mavzuni mustahkamlashadi. 
Katta hajmli asarlarni adabiyot darslarida o‘qitishda asarni qismlarga bo‘lib 
o‘qish va ularning har biriga nom topish, asar syujeti asosida reja tuzish zarur. 
Shuningdek, asarning har bir qismini o‘qitishda turli xil metodlardan foydalanish ham 
mumkin. Masalan 9-sinf adabiyot darsligida berilgan “Farhod va Shirin” dostonidan 
parcha Chin xoqoning Alloh iltijolarini ijobat qilib, o‘g‘il farzandli bo‘lgani tasviri 
bilan boshlanadi. O‘qituvchi ushbu parchadagi go‘zal tashbehlarni, beqiyos 
o‘xshatishlarni doskaga yozib, o‘quvchilarning diqqatini qaratishi va ularning har 
biriga alohida to‘xtalib o‘tishi zarur. Parchada: 



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling