Farhod va shirin
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
59-63
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-36, Issue-1, June-2023 61 Shu’layi dard, ishq asrori, dard ta’vizi (dardning davosi ma’nosida), ashk seli, oh dudi, muhabbat nuri, vafo tug‘rosi, dard elining shohi, dard o‘ti kabi tashbehlar keltirilgan. O‘qituvchi o‘quvchi uchun tushunilishi qiyin bo‘lgan so‘zlarga izoh berishi shuningdek ushbu o‘xshatishlarni o‘quvchilar bilan tahlil qilishi lozim. Bu kabi asar tili bilan ishlashga qaratilgan topshiriqlar o‘quvchilar leksikasini boyitish, so‘z boyligini oshirishga yordam beradi. Farhodga ism qo‘yilishi berilgan parchada esa o‘quvchilar e’tiborini she’riy san’atlarga qaratish lozim. Chunki ushbu parchada bir qancha she’riy san’atlar keltirilgan bo‘lib, harfiy san’atlarga asoslangan kitobat san’ati shular jumlasidan. Firoqu rashk hajr-u oh ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard. Bu misralardagi “firoq” so‘zidan “f” (ف), “rashk” so‘zidan “r” (ر), “hajr” so‘zidan “h” (ح), “oh” dan “o”( ا), “dard” so‘zidan “d” (د) harflarini jamlanganga Farhod ismi hosil bo‘ladi. Shuningdek, quyidagi baytda ham kitobat san’atining go‘zal namunasi keltirilgan: Qo‘yib yuz himmat-u iqbolu davlat Hamul far soyasidin topodi ziynat. Ushbu baytda ham himmat, iqbol, davlat so‘zlar “far” ning soyasida Farhod so‘zini hosil qilishi ifodalangan. Shuningdek, quyidagi bir baytda bir qancha she’riy san’atlar qo‘llangan. Shabistonida tug‘di bir yangi oy, Yangi oy yo‘qki, mehri olamoroy. Ushbu baytda iyhom san’ati (shabiston so‘zi ikki ma’noda ya’ni kechasi va yotoqxona ma’nolarida qo‘llangani bois), istiora (shabiston tundek qorong‘u Xoqonning hayotini Farhod yangi oydek yoritdi ma’nosida), tajohil-ul orif kabi san’atlardan foydalangan va bu asar badiiyatini yanada oshirgan. Har bir asar tahlil etilganda undagi obrazlar va ularning ta’rifiga alohida e’tibor qaratish lozim. Dostonda Farhod, Shirin, Xusrav, Mehinbonu, Mulkoro, Suqrot, Moniy, Boniy, Qoran, Sheruya, Shopur kabi talay obrazlar mavjud. Asar qahramonlari yuzasidan quyidagi jadval ustida ishlash mumkin: Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling