Farhod va shirin
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
59-63
- Bu sahifa navigatsiya:
- “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Sharq xalqlari adabiyotida dostonnavislik shakllaridan biri, xamsachilik an’anasi shakllangan bo‘lib, uning asoschisi Nizomiy Ganjaviy hisoblanadi. Bu an’anani davom ettirgan holda ko‘plab ijod ahli “Xamsa” yaratgan bo‘lib, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy shular jumlasidan. “Xamsa” arabcha “beshlik” degan ma’noni anglatib, besh mustaqil dostondan iborat bo‘ladi. Har bir doston ma’lum bir voqeani, mavzuni keng va atroflicha masnaviy yo‘li bilan yoritib beradi. Alisher Navoiy “Xamsa”si Xamsachilik an’anasiga ko‘ra “Xamsa”ning ikkinchi dostoni Xusrav va Shirin mojarolariga bag‘ishlangan bo‘lishi lozim. Ammo Alisher Navoiy bu an’anaga bir qancha o‘zgartirishlar kiritdi. Xususan, bosh qahramon sifatida Navoiy Xusravni emas, Farhodni tanladi va dostonni “Farhod va Shirin” deb atadi. “Farhod va Shirin” Farhod bilan Shirin. obraziga sevgi hurligi, inson shaxsining hurligi ideyasi, gumanizm va xalqlar birodarligi ideyasi, vatanparvarlik va vatanni mudofaa qilish “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-36, Issue-1, June-2023 60 ideyasi, sadoqat va adolat ideyasi, vafo va botirlik ideyasi, mehnat va ijodkorlikka muhabbat idsyasi singdirilgan. Farhod bilan Shirin taqdiri — Navoiyga yaqin va asrdosh bo‘lgan xalqlar taqdiri, uning eng yaxshi va eng komil kishilarining taqdiridir. O‘zbek xalqining iste’dodli shoiri Hamid Olimjon Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: “Farhod bilan Shirin. obraziga sevgi hurligi, inson shaxsining hurligi ideyasi, gumanizm va xalqlar birodarligi ideyasi, vatanparvarlik va vatanni mudofaa qilish ideyasi, sadoqat va adolat ideyasi, vafo va botirlik ideyasi, mehnat va ijodkorlikka muhabbat ideyasi singdirilgan. Farhod bilan Shirin taqdiri — Navoiyga yaqin va asrdosh bo‘lgan xalqlar taqdiri, uning eng yaxshi va eng komil kishilarining taqdiridir. Buyuk ijod dohisi bo‘lgan Alisher Navoiy o‘z dostonini badiiy taraqqiyot tarixida yangi bir qadam sifatida yaratishga niyatlangan va o‘z niyatiga mukammal ravishda yetgandir”. NATIJA Adabiyot darslarida o‘qituvchining kirish nutqi juda ahamiyatli bo‘lib, u o‘quvchilarni diqqatini yangi mavzuga qaratish va ularda mavzuga nisbatan qiziqish uyg‘otish kabi vazifalarni bajaradi. Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonini adabiyot darslarida o`tiqishda quyidagicha o‘qituvchining kirish nutqidan foydalanish mumkin: Kamol et kasbkim olam uyidin, Sanga farz o‘lmag‘ay g‘amnok chiqmoq Jahondin notamom o‘tmak biayni, Erur hammomdan nopok chiqmoq She’riyat mulkining sultoni hazrat Mir Alisher Navoiy yuqoridagi qit’asi bilan insoniyatni komillikka, kamolotga intilishga chorlaganlar. Har bir inson biz quyida tanishmoqchi bo‘lgan “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod singari komillikka intilmog‘i lozim. Doston bilan tanishish davomida bunga o‘zingiz ham amin bo‘lasiz. Endi esa bevosita doston bilan tanishamiz. O‘tilgan mavzuni takrorlashda “Oq qog‘oz” metodidan foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilar qatorlar kesimida guruhlarga ajratiladi. Har bir qatorga bittadan A4 formatidagi oq qog‘oz beriladi. O‘quvchilardan o‘tilgan mavzuga doir bittadan ma’lumot yozish talab etiladi. Ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lishi va takrorlanmasligi lozim. Ushbu metodni kichik musobaqa shaklida o‘tkazish yaxshi samara beradi, ya’ni bunda topshiriqni tez va to‘g‘ri bajargan guruh g‘alaba qozonadi. Bu metodning afzalligi shundan iboratki, o‘quvchilar o‘tilgan mavzuga doir bilimlarini yodga olishadi, shu bilan birga qog‘ozdagi boshqa o‘quvchilar tomonidan yozilgan ma’lumotlarni ham eslab qolgan holda mavzuni mustahkamlashadi. Katta hajmli asarlarni adabiyot darslarida o‘qitishda asarni qismlarga bo‘lib o‘qish va ularning har biriga nom topish, asar syujeti asosida reja tuzish zarur. Shuningdek, asarning har bir qismini o‘qitishda turli xil metodlardan foydalanish ham mumkin. Masalan 9-sinf adabiyot darsligida berilgan “Farhod va Shirin” dostonidan parcha Chin xoqoning Alloh iltijolarini ijobat qilib, o‘g‘il farzandli bo‘lgani tasviri bilan boshlanadi. O‘qituvchi ushbu parchadagi go‘zal tashbehlarni, beqiyos o‘xshatishlarni doskaga yozib, o‘quvchilarning diqqatini qaratishi va ularning har biriga alohida to‘xtalib o‘tishi zarur. Parchada: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling