Farhod va shirin
Download 0.68 Mb. Pdf ko'rish
|
59-63
- Bu sahifa navigatsiya:
- “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995
№
Qahramon ismi Qahramon ismining ma’nosi Qahramonlarga berilgab ta’riflar Qahramonining tasavvufiy timsoli 1 Farhod Aqlli, zukko, fahm-farosatli, dono Asar bosh qahramoni, Chin xoqonining yolg‘iz o‘g‘li, barcha kasb-u hunarlarda mohir Poklanish matlabi ila komillik sari intilayotgan solik timsoli. 2 Shirin Aziz, suyukli, qadrli Arman yurti malikasi, Mehinbonuning jiyani, Farhodning vafodor yori Shirin Farhod uchun jismda jon kabi asraladigan o‘ta nafis va nozik iymon ko‘zgusi. 3 Xusrav Mashhur, dongdor, hukmron Ajam va Arabda hukm surayotgan hukmdor, Shirinni so‘ratib Foniy dunyo ne’matlariga berilgan, nafsiga qul inson, nafs timsoli “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-36, Issue-1, June-2023 62 Mehinbonuga sovchi yuboradi Ushbu jadvalni o‘quvchilarga namuna sifatida bergan holda, jadvalni davom ettirish mumkin. Sababi dostonda talaygina qahramonlar mavjud. Yuqoridagi jadval asar qahramoni haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi. Barcha buyuk so‘z san’atining namoyondalarida bo‘lganidek Navoiy hazratlari ham qahramon ismida jismini aks ettirish, ya’ni qalb va qiyofani, ot va zotni, suvrat va siyratni, jon va jasadni, bir so‘z bilan aytganda shakl va mazmunni o‘zaro uyg‘un ifodalash usulidan barcha asarlarida foydalanganlar. Xususan, “Farhod va Shirin” dostonida ham qahramonlar xarakter xususiyatlari, asar voqealar rivojidagi o‘rni va ahamiyati ularning nomlarida ham o‘z aksini topadi. Farhod, Shirin, Xusrav, Mehinbonu kabilar shular jumlasidan. Dars davomida Farhod obrazini o‘quvchilar ko‘z o‘ngida yanada yorqin shakllantirishda “Zinama-zina” metodidan foydalanish ham yaxshi samara beradi. Yuqoridagi metod va usullar asosan yangi bilim beruvchi an’anaviy darslarda foydalanilsa, “Barmoq” metodidan esa umumlashtiruvchi darslarda foydalanish mumkin. Bu metodda o‘quvchilar nafaqat asar qahramonlari, detallar, joy nomlari kabi badiiy asarga doir muhim ma’lumotlarni, balki ushbu ma’lumotlarni mantiqiy bog‘lanishli holatda idrok etish kabi ko‘nikmalar ham shakllanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling