takror qo`llash natijasida ularga bo`lgan ta'sir osha borishi mumkin. Bu xolat sensibilizatsiya deyiladi va allergiyani keltirib chiqaradi. U uzoq muddat saqlanadi va antibiotiklarga nisbatan ko`proq uchraydi. - Ayrim dori vositalarini qo`llashda ularning tanada yig`ilib qolishi kuzatiladi.
- Bu kumulyatsiya deyilib, dorilarni qondagi oqsillar bilan mustahkam bog`lanishi, shu sababdan metabolizmga kam uchrashi va tanadan chiqib ketishining sekinlashishi bilan tushuntiriladi.
- Dorilarni birga qo‘llashda kuzatiladigan o‘zgarishlar
- Bemorlarga davo ko`rsatishda bir necha turli doriilarni qo`shib ishlatishga to`g`ri keladi. Bundan ko`zlangan maqsad tezroq farmakologik ta'sirga erishish, bir vaqtni o`zida baravar bir necha a'zo va tizimlarga kor etish yoki dorilarni nojo`ya ta'sirini oldini olishdir. Dorilarni bunday qo`shib yoki ketma-ket yuborishda ularning ta'siri turli o`zgarishlarga uchrashi mumkin. Bu o`zgarishlar asosan ikki ko`rinishda: sinergizm va antagonizm shaklida namoyon bo`ladi.
- Sinergizm-ikki dori preparatini birga berilganda ularning bir xil yo`nalishdagi ta'sirini kuchliroq namoyon bo`lishi. Bunda ta'sirlarning yig`indisi (summatsiyalanishi va potentsiyalanishi) kuzatiladi. Birinchisida olingan umumiy ta'sir samarasi ayrim dorilar ta'sir yig`indisiga teng bo`ladi (narkoz moddalari).
- Ikkinchisida esa umumiy samara ta'sirlarning yig`indisidan kuchliroq ifodalanadi.
- Ayrim xollarda yangi farmakologik effekt yuzaga chiqadi (neyroleptiklar bilan analgetiklar). Bunda qo`shib ishlatilayotgan preparatlarning ta'siri bir yo`nalishda, lekin turli xujayra va tizimlarga qaratilgan bo`lishi mumkin.
- Tibbiyot amaliyotida sinergizm keng ko`lamda ishlatiladi. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, narkoz moddalarini qo`shib ishlatish bunga misol bo`la oladi. Dorilar sinergizmining
Do'stlaringiz bilan baham: |