Farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi


Download 317 Kb.
bet4/4
Sana06.11.2023
Hajmi317 Kb.
#1751984
1   2   3   4
Bog'liq
1 лекция

Disbakterioz-ichak mikroorganizmlarining tabiiy tarkibini buzilishi, foydali (saprofit) floraning halok bo`lishi natijasida, zararli bakteriyalarni rivojlanishining avj olishi. Bu xolat asosan ojizlanib qolgan va toliqqan bemorlarda, surunkali kasalliklardan so`ng, ba'zan kortikosteroidlar , antibakterial dori preparatlari bilan davo qilish oqibatida ro`y beradi.
  • Kandidamikozlar-muolaja davomida keng ko`lamli antibiotiklarni (tetratsiklin, levomitsetin va b.) uzoq muddat qabul qilish oqibatida, ichak shilliq pardasida kandida turiga xos bo`lgan zamburug`larni avj olishi natijasida ro`y beradigan kasallik.
    • Teratogen ta'sir-xomiladorlik davrida ayrim dorilarni iste'mol qilish bu ta'sirga sababchi bo`lishi mumkin (teratos-qaboxat degan so`z).
    • Embriotoksik ta'sir-ona tuxum xujayrasi urug`lanishining boshlang`ich davrida qabul qilingan dori ta'sirida yuz beradi.
    • Mutagaen ta'sir-genetik ta'sir (mutatio-o`zgarish, genos-avlod). Erkaklar yoki ayollar tomonidan gonadogenez yoki embriogenez davrida dori vositalarini qabul qilish tufayli yuz berishi mumkin.
    • Blastomogen (kantserogen) ta'sir (blastoma-xavfli o`sma)-bunday ta'sirni yuzaga chiqishi ayrim kimyoviy moddalarning uzoq muddat davomida ishlatilishi natijasida kuzatilishi mumkin.
    • Idiosinkraziya-ayrim dori vositalarini birinchi marta qabul qilingach, turli kuchli javob reaktsiyalari namoyon bo`ladi va bir umrga saqlanib qoladi. Bu xolat nasldan-naslga o`tadigan enzimopatiyalar (organizmda ayrim fermentlarni bo`lmasligi) bilan tushuntiriladi.
    • Dorilar allergiyasi-ayrim dori vositalari tanaga kiritilgach o`zgacha yuz beradigan javob. Dori moddasi chala antigen (gapten) bo`lib, tanada oqsillar bilan birikib, to`la antigenga o`tadi.
    • Dorilar sifatining farmakoiogik nazorati. Dori vositalarining tasnifi.
    • O’zbekiston davlat reyestrining ma'lumoti bo`yicha 2019 yilgacha respublikamizda 9000 ga yaqin dori vositalariga ishlatish uchun ruxsat berilgan. Bularning soni kundan-kunga oshib boradi, chunki er yuzi buyicha ishlatiladigan dori preparatlarining soni 30000 ga etadi.
    • Shuning uchun dorilarni turli ko`rsatkichlari bo`yicha tasnif etish, ular to`g`risida to`la ma'lumot olishni va qo`llashni ancha engillashtiradi.
    • Mavjud dori vositalarini tasnif etilishida ularga xos bo`lgan har xil xususiyatlardan foydalaniladi. Chunonchi, ularni asosiy farmakologik ta'siri, samarasi, ta'sir mexanizmi, ta'sir etish joyi (a'zoga, tizimga va b.), kimyoviy tuzilishi, dorini olinish manbai va boshqalar shular jumlasidandir.
    • Shunga asosan barcha dori vositalari quyidagicha tasnif qilinadi:
    • Asosiy farmakologik ta'siri va samarasi bo`yicha,
    • - ta'sir mexanizmi bo`yicha,
    • - ta'sir joyi bo`yicha,
    • - kimyoviy tuzilishi bo`yicha,
    • - olinadigan manbai bo`yicha,
    • - ishlatilishi bo`yicha.
    • Dori vositalarining ko`pchiligi farmakologik ta'siriga qarab guruxlarga bo`linadi. Bunga misol qilib uxlatuvchi,
    • og`riq qoldiruvchi,
    • gipotenziv,
    • narkoz moddalari
    • va boshqalarni keltirish mumkin.
    • Ta'sir mexanizmi bo`yicha-antixolinesteraz, MAO ingibitorlari, angiotenzin-2 retseptorlari blokatorlari va b.. Ta'sir etish joyiga qarab-nerv tizimiga ta'sir etuvchilar-neyrotrop, silliq mushaklarga-miotrop, yurakka-kardiotrop, jigarga-gepatotrop va b.. Kimyoviy tuzilishi bo`yicha-barbituratlar, salitsilatlar, sulfanilamidlar, nitrofuran unumlari va b.. Olinadigan usuli, manbai bo`yicha-sintetik preparatlar, o`simlik preparatlari, organopreparatlar va b.. Ishlatilishi bo`yicha-tutqanoqqa qarshi, gijjalarga qarshi, antiblastom va b. preparatlar.

    Download 317 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling