Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


O`pkaning mizojlari, ularni aniqlash yo`llari va ularning belgilari


Download 0.87 Mb.
bet48/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

O`pkaning mizojlari, ularni aniqlash yo`llari va ularning belgilari.



O`pka mizojining issiq ekaniga ko`krakning kengligi, nafasning kattaligi, ba`zan nafas ikki hissa bo`ladi - katta nafas chiqarish, tovushning qattiq va yo`gonligi, sovuq havoning kam zarar qilishi va issiq havoning ko`p zarar qilishi, shuningdek ko`pincha biror narsa ichmasdanoq mayin sovuq shamoldan bosiladigan tashnalik belgi bo`ladi. Issiq mizoj bilan birga ko`pincha alanga va yo`tal ham bo`ladi.

O`pka mizojining sovuq ekaniga ko`krakning kichikligi va torligi, tovush va nafasning siqiqligi va har ikkalasining ingichkaligi, har bir sovuq narsa bilan zararlanish va o`pkada balg’amning ko`p paydo bo`lishi dalolat qiladi. Sovuq mizojda ko`pincha nafas ikki hissa bo`ladi. Shuningdek hansirash va yo`tal ham paydo bo`ladi.



Ho’l mizojga chiqindilarning ko`pligi, tovushning xirillashi, umuman xirillash, ayniqsa modda bo`lib, modda yuqoriga intilsa, shunday bo`ladi, gavda kuchsiz bo`lmasa ham baland ovoz chiqara olmaslik belgi bo`ladi.

Quruq mizojga chiqindilarning kamligi, tovushning dagalligi va uning turnalar tovushiga o`xshashligi dalolat qiladi. Ba`zan moddaning kuchli quyuqlashuvi sababli hansirash paydo bo`ladi. Shu mizojlarning har biri o`pkada goho tabiiy bo`ladi, goho keyin paydo bo`ladi va ular yuqorida aytilgan belgilarning ba`zisida birgalashadi, ba`zisida esa ajrashadi. Ularning birgalashadigan belgilari yuqorida ko`rsatilgan belgilardir. Lekin keyinda aytiladigan belgilarida birgalashmaydi. Ikkalasining ajrashadigan belgilari ikkita: biri mizoj tabiiy bo`lsa, belgisi ham tabiiy ravishda voqe` bo`ladi. Mizoj keyin paydo bo`lgan bo`lsa, belgisi ham gayritabiiy bo`lib yuz beradi. Lekin, belgi ko`krakning kattaligi yoki kichikligi kabi faqatgina tabiiy bo`ladigan jinsdan bo`lsa, u, tabiiy mizojga belgi bo`ladi.

Bilginki, issiq, sovuq, katta-kichik, oson-qiyin, badbo`y - xushbo`y va bulardan boshqa xil nafas ko`krak va o`pka ahvolini ko`rsatadigan belgilarning aniqrog’i va xosrog’i hisoblanadi. Tovush ham shunga o`xshash, masalan, zarar mushaklarda bo`lsa, bo`gilgan tovush zararning yoyiluvchi mushakda ekanligiga, xirillagan tovush esa, zararning yigiluvchi mushakda ekanligiga belgi bo`ladi. Yo`tal, tupuk tashlash, tomir urishi ham ko`krak va o`pka ahvoliga eng xos belgi bo`ladi.

O`pka yurakka qo`shnidir va yurakning ahvolidan o`pkaga olinadigan dalil - eng kuchli dalil bo`ladi. Tomir urishi o`pka nayi shaxobchalarining yonveridagi joyning ahvoliga eng kuchli belgi bo`lsa, yo`tal kekirdak yonverining va et qismining ahvoliga eng kuchli dalil bo`ladi. O`pkaning ogir sezilishi moddaning o`pkada ekanligiga, achishish va sanchish sezilishi esa, moddaning pardalarda va mushaklarda ekaniga xos dalildir. Balgam tuflash yengil yo`tal bilan bo`lsa, modda o`pka nayinig eng yuqorisida va uning yaqinida bo`ladi. Balgam tashlash kuchli yo`tal bilan bo`lsa, modda uzoq va chuqurlikda joylashgan bo`ladi. Goho ko`krak a`zolarining kasalliklariga uzoq a`zolardagi belgilar ham dalil bo`ladi. Masalan, ko`krak-qorin to`sigining shishlarida bosh aylanadi, o`pka shishlarida yuz qizil bo`ladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling