Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


O`pka kasalliklarida uchraydigan belgilar. Yo`tal


Download 0.87 Mb.
bet49/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

O`pka kasalliklarida uchraydigan belgilar. Yo`tal


Yo`tal tabiatning biror a`zodan zararni haydashiga vosita bo`ladigan harakatlardan biridir. Aksirish miyaga nisbatan qanday bo`lsa, yo`tal ko`krakka nisbatan shundaydir. Yo`tal ko`krakning yoyilishi va yigilishi, hamda ko`krak-qorin to`sigining harakati bilan bo`ladi. Yo`tal o`pkaga xos sababdan yoki boshqa a`zolarning hamkorligi bilan vujudga keladi. Yo`talni keltirib chiqaruvchi sabab sirtqi, yoki boglovchi, yoki oldin keluvchi sabab bo`ladi. Yo`talning sirtdan bo`ladigan sabablari ko`krak a`zolarining mizojini yoki shaklini buzadigan sirtqi sababning biri bo`ladi; masalan, o`pkaga yo ko`krak mushaklariga, yoki bulardan boshqalarga ichga tortilgan havodan yoki ichilgan sovuq suv va boshqa narsalardan sovuq tegadi; shunda tabiat zarar yetkazuvchini haydash uchun harakatga keladi. Yoki yo`talning sababi, o`sha a`zolarga kelgan sirtqi sabablarning boshqa biri bo`lib, u a`zolarni qizdiradi,yoki chang, tutun, yoki nordon, yo taxir, yoki o`tkir biror ovqatning mazasi kabi qurituvchi yo dagal qiluvchi narsa sabab bo`ladi. Yoki yo`talga sabab havodan boshqani qabul qilmaydigan yo`lga tushgan yot narsa bo`ladi. Masalan, bexabarlik yoki so`z bilan ovoralik sababli, o`sha nafas yo`liga bir miqdor ovqat yoki ichimlik tushib qoladi va natijada yo`tal paydo bo`ladi.

Yo`talni boglovchi sabablarga kelsak, ular gavdada bo`lib, mizojni moddasiz issiqqa, yo sovuqqa aylantiruvchi, yo ho`llovchi, yoki qurituvchi, yoki safro, yoki suyuq va quyuq balgam, yoki savdo moddali sabablardan iboratdir. Lekin savdodan yo`tal paydo bo`lishi kam uchraydi. Agar modda yuqoriga quyilib, devorda narsa sirgangandek o`pka nayi bo`ylab sirganayotgan bo`lsa, ko`pda yo`tal qo`zgalmaydi, agar o`pka nayi bo`shligiga quyilsa, yo`tal qo`zgaladi. Modda achishtirsa, o`pkada o`rnashib qolsa va tabiat uni haydamoqchi bo`lsa, yoki modda me`dadan, yo jigardan, yo ko`krak a`zolarining ba`zisidan ba`zisiga haydalayotgan bo`lsa, yoki ularning o`zida tugilsa ham yo`tal paydo bo`ladi.

Yo`tal goho uzluksizlikning buzilishi sababli, ko`krak-qorin to`sigi, o`pka yoki tomoqdagi, shuningdek o`pka, ko`krak-qorin to`sigi, yurak va o`pka orasidagi pardadagi zararlar sababli, shu xil moddani qabul qiluvchi hamma joylardagi shish va tiqilmalar sababli ham yuz beradi.

Ilgari bo`lib o`tgan sabablar esa, to`liqlik va gavdaga oid sabablarning yuqorida aytilgan boglovchi sabablardan oldin kelishidir.

Turli a`zolarning hamkorligi bilan bo`ladigan yo`tal jigar shishi, jigar yo qizilo`ngach, yo me`da, yo sut bezidagi ofat hamkorligi bilan bo`ladi; shuningdek isitmaga, ayniqsa, kuydiruvchi isitmaga, yoki charchashdan bo`ladigan bir kunlik isitmaga, yoki vabo isitmasiga uchragan butun gavda hamkorligi bilan, yoki isitmasiz gavda hamkorligi bilan bo`ladi.

Yo`talning ba`zisi quruq va ba`zisi ho`l bo`ladi. Qurugida hech narsa tuflanmaydi. Quruq yo`tal moddasiz issiq, yo sovuq, yoki quruq buzuq mizojdan bo`ladi, goho ko`krak atrofida issiq shishlar paydo bo`la boshlab, ular hali yetilayotganda bo`ladi. Goho qattiq shish borida juda quruq yo`tal paydo bo`ladi.

Goho u jigar shishlari va boyloqlar atrofidagi shishlar sababli, ba`zi vaqtlarda taloq shishlari sababli paydo bo`ladi. Goho ko`krak bo`shligini to`lgizgan modda sababli yo`tal paydo bo`ladi, uni yo`talgina haydab chiqara oladi.

Foydalanilgan adabiyiotlar
Asosiy adabiyotlar

1. 1. Абу Али ибн Сино асарлари:

1.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 1-жилд. Тошкент, 1993.
2.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 2-жилд. Тошкент, 1992.
3.Абу Али ибн Сино. Тиб қонунлари [3 жилдли сайланма; тузувчилар: У. Каримов, Ҳ. Ҳикматуллаев]. 3-жилд. Тошкент, 1993.
4.Абу Али ибн Сино. Тиббий ўгитлар. Тошкент, 1991.Internet saytlari

9-amaliy mashgulot.Peshob haydovchi dorivor o‘simliklar

Mashg’ulotning maqsadi: talabalarda Peshob haydovchi dorivor o‘simliklar.. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Masalaning qo’yilishi: Peshob haydovchi dorivor o‘simliklar preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Talaba bilishi lozim:

- Mizoj buzilish kasalliklari

Tarkib kasalliklari: a`zoning kichik yoki katta bo`lishi

Uzluksizlikning buzilish kasalliklari: yaralar, yeyilish, tomirlarning yorilishi



Talaba bajara olishi lozim:

Buyrakning ahvolini siydikning miqdori, suyuqligi, rangi, unga aralashgan narsalar, shuningdek chanqash holi, jinsiy aloqani istash holi, bel sohasidagi og’riqlar, ikki boldirning holi hamda og’riqning oziga qarab buyrakni ushlab ko’rib, kasalga nimalar muvofiq kelib nimalardan nafratlanishiga qarab bilinadi.

Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik: Mashg‘ulot davomida olingan bilimlardan Farmatsevtik yordam, BTY’o va klinik farmatsiyada barcha mavzularini o‘zlashtirishda foydalanish mumkun.

Motivatsiya: Peshob haydovchi dorivor o‘simliklar preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Mashg’ulotning mazmuni: Peshob haydovchi dorivor o‘simliklar preparatlari. Farmakologik va farmakoterapevtik xarakteristikasi, ishlatilishi haqida ma‘lumot berish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Tayanch atama va iboralar. Litargus.pilepsiya

Mustaqil bajarish uchun vazifalar:
KEYS-STADI” METODI

Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida tinglovchilar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan farmatsevtika fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi va tinglovchilarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Buning sababi sifatida ushbu metod tinglovchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) tinglovchilarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi.

ASSESMENT” METODI



Ushbu “Assesment” lardan ma’ruza mashg‘ulotlarida qatnashchilarning mavjud bilim darajasini o‘rganishda, yangi ma’lumotlarni bayon qilishda, seminar, amaliy mashg‘ulotlarda esa mavzu yoki ma’lumotlarni o‘zlashtirish darajasini baholash, shuningdek, o‘z-o‘zini baholash maqsadida individual shaklda foydalanish tavsiya etiladi. SHuningdek, o‘qituvchining ijodiy yondashuvi hamda o‘quv maqsadlaridan kelib chiqib, assesmentga qo‘shimcha topshiriqlarni kiritish mumkin.
«KIM CHAQQON» USLUBI

Professor-o`qituvchi kelgusi darsda o`tiladigan mavzu bo`yicha savollar tayyorlab kelib, mavzuning uslubiy ko`rsatmasi bilan birgalikda uyga vazifa qilib beradi. Barcha talabalar ana shu tuzilgan savollar asosida darsga tayyorgarlik ko`radi. Mashg’ulot vaqtida professor-o`qituvchi birma-bir savollarni o`rtaga tashlaydi. Qaysi bir talaba oldin qo`l ko`targan bo`lsa, uning javobi eshitiladi. SHu tariqa har bir savolga javob olinadi. Talabalarning savollarga qaytargan javoblariga qarab professor-o`qituvchi ularni baholaydi.



«GALEREYA BO`YLAB» USULI

Mavzu va uslubiy ko`rsatmalar oldindan talabalarga beriladi. Talabalar uyda o`qib tayyorlanib keladilar. Mashg’ulotlar paytida guruhdagi talabalar bir necha kichik guruxchalarga (3-4 kishidan iborat kichik guruhchalarga) bo`linadi va ularga berilgan mavzu bo`yicha vazifa beriladi. Har bir guruhcha 10 daqiqa davomida o`z fikrlarini qog’ozga yozadi va yozgan javoblarini bir-birlariga berishadi. Har bir guruhcha boshqa guruhcha yozgan javoblarni o`qib chiqadi, agar javob to`la bo`lmasa, o`z variantini aytadi.



Vazifani bajarish tugagandan keyin, hamma qatnashchilar yozilgan javoblarni muhokama qiladilar va eng to`g’ri va mukammal berilgan javoblarga yuqori ball qo`yiladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling