Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Dorilar bilan davolashning 3 ta qonuniyati bor
Download 0.87 Mb.
|
Mustaqil ish kitob
Dorilar bilan davolashning 3 ta qonuniyati bor:Birinchisi, dorilarni mizojiga qarab, ya`ni issiqlik yoki sovuqlik, ho`llik yoki quruqligiga qarab tanlash qonuni. Ikkinchisi, dori miqdorini aniqlash qonuni, ya`ni dorilarning og’irligini o`lchash va dorilarni ta`sir qilish vaqtini aniqlashga bo`linadi. Uchinchisi, dorilarni qaysi vaqtda iste`mol qilish vaqtini aniqlash qonuni. Kasallikni davolash uchun unga zid bo`lgan dorilar bilan davolanadi. Dorining har jihatdan miqdorini bir butun qilib o`lchash uchun, a`zoninig tabiati, kasallikning darajasi, jins, yosh, yil fasli, yashash muhiti, kasb, quvvat va tashqi ko`rinishi asos qilib olinadi. A`zo tabiatini o`rganish uchun 4 narsani bilish zarur:a`zo mizojini a`zoning tabiiy tuzilishi a`zoning vaziyatini a`zoning quvvatini Kasal a`zoning tabiiy mizoji va kasallikdagi mizoji aniqlanganda uni tabiiy mizojiga qaytaradigan dori miqdori aniqlanadi. Masalan, a`zo tabiiy mizoji sovuq bo`lib, kasallikda uning mizoji issiq bo`lsa, bu vaqtda a`zo mizoji kuchli sovitiladi. Ba`zan a`zolar o`rnashgan joyi ichida va sirtida bo`sh joylar bo`ladi va ulardan chiqindilar yengil va mo`tadil dorilar yordamida chiqib ketadi. Ba`zida esa, a`zolar o`rnashgan joyida bo`sh joy bo`lmaydi. U vaqtda kuchli dorilarga ehtiyoj tug’iladi, ya`ni, a`zo siyrak va ba`zisi zich, tiqis joylashgan bo`ladi. Shuning uchun ham siyrak a`zo (o`pka) uchun yengil dorilar kifoya qiladi. Tiqis a`zolar (buyrak) uchun kuchli dorilarga muhtojlik paydo bo`ladi. A`zoning vaziyatiga ko`ra: unga mos keladigan dorini o`sha a`zoga yetkazish va undan ortiqcha chiqindi mahsulotlarini chiqarish yo`lini tanlash mumkin. Masalan, - G’ayritabiiy xilt jigar tepaligida bo`lsa, u siydik yo`llari a`zosiga hamkor bo`lganligi uchun siydik orqali haydaladi.
G’ayritabiiy xilt jigar chuqurida bo`lsa, u ichaklarga hamkor bo`lganligi uchun surgi dorilar yordamida haydaladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling