Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet50/55
Sana20.08.2020
Hajmi0.87 Mb.
#127117
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
Mustaqil ish kitob

Buyrak kasalliklari


Buyraklarda mizoj kasalliklari va shuningdek tarkib kasalliklari bo`ladi; keyingilar, masalan, a`zoning kichik va katta bo`lishi va unda tiqilma paydo bo`lishidan iborat, toshlar ham tiqilmalar jumlasidandir. Yana buyrakda uzluksizlikning buzilishi kasalligi ham bo`ladi, masalan, yaralar, yeyilish, tomirlarning yorilishi va ochilishi kabi. Bularning hammasi yo buyrakning o’zida, yoki buyrak bilan boshqa a`zolar oralaridagi yo`llarda paydo bo`ladi bu oz uchraydi. Agar bu yo`llarda qondan, xiltdan yoxud toshdan tiqilma paydo bo`lsa, davolashda buyrak tiqilmalaridagidek tadbir ishlatiladi. Buyrakda kasalliklar tez-tez bo`lsa, u xoh issiq bo`lsin, xoh sovuq bo`lsin, jigar shu darajada zaif bo`ladiki, istisqogacha olib boradi. Buyragi og’rigan kishi yopishqoq va yelimli siygan bo`lsa, buyrak yomon zararli moddani tortishi sababli og’riq zo’rayadi va bu ko`pincha, tosh paydo qiladi. Buyrakning kasalliklari quyuq va cho’kmali siyish bilan yechilib ham ketadi.

Buyrak kasalliklari:


Mizoj buzilish kasalliklari

Tarkib kasalliklari: a`zoning kichik yoki katta bo`lishi



Uzluksizlikning buzilish kasalliklari: yaralar, yeyilish, tomirlarning yorilishi

Buyrak ahvolini ko’rsatadigan alomatlar


Buyrakning ahvolini siydikning miqdori, suyuqligi, rangi, unga aralashgan narsalar, shuningdek chanqash holi, jinsiy aloqani istash holi, bel sohasidagi og’riqlar, ikki boldirning holi hamda og’riqning oziga qarab buyrakni ushlab ko’rib, kasalga nimalar muvofiq kelib nimalardan nafratlanishiga qarab bilinadi.

Buyrak kasalligi goho siydikning kamayishi bilan o’tadi. Siydikning yetilishi juda qattiq kuchli bo`lib, boshqa aralashmalari ham bo`lsa, illatni qovuqda deb taxmin qilinadi. Agar yetilish bu darajada bo`lmasa, illat buyrakda bo`ladi. Yuqori a`zolar sog bo`lmasa, yetilish bolmaydi va ularda ofat bo`lmasa edi, yetilmaslik ham bolmas edi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling