Ma’ruza № 10
Mavzu: Modda va energiya almashinuvi. Oziqlanish. Termoregulyasiya.
Organizm hayotida modda almashinuvining ahamiyati. Modda va energiya kirish va sarflash balansi. Organik moddalarning sintezi va parchalanish. Oqsil, yog‘ va uglevodlarning plastik va energetik ahamiyati. Oqsil almashinuvi. Aminokislotalar,ularning tarkibiy qismi elementlari. Oqsillar biologik boylik. Munosib va nomunosib oqsillar. Oziq moddalar (oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, mineral tuzlar) ning qonga so‘rilish mexanizmlari. (6 soat) Adabiyotlar: 1,2,3
Ma’ruza№ 11
Mavzu: Ayiruv jarayoni. Buyrak tuzilishi va fiziologiyasi. Diurez mexanizmi.
Organizm uchun ajratish jarayonlarining umumiy ahamiyati. Buyraklarning roli. Siydik pufagi va siydik chiqarish kanallarining topografiyasi va anatomiyasi. Nefron va uning tuzilishi. Po‘stloq va yukstamedullar nefron.Siydik yo‘li va pufagi devorlarining gistologik tuzilishi. Energiya almashinuvi. (6 soat) Adabiyotlar: 1,2,3
Ma’ruza№12
Mavzu: Ichki sekretsiya. Ichki sekretsiya bezlari tuzilishi va vazifalari.
Ichki sekretsiya bezlari.ularning fiziologik ahamiyati. Ichki sekretsiya bezlarining funksiyalarini o‘rganish usullari (olib tashlash,olib o‘tkazish, organoterapiya, klinik kuzatuvlar). Ichki sekretsiya bezlarining giper va gipo funksiyalari guruhi Ichki sekretsiya bezlarini tekshirish usullari. Epifiz. (6 soat) Adabiyotlar: 1,2,3
Ma’ruza № 13
Mavzu: Muskullar va asab fiziologiyasi. Qo‘zg‘aluvchan to‘qimalar umumiy trakibi. Muskullar va muskul hujayrasi fiziologiyasi.
Mushaklarning asosiy fiziologik xossalari (qo‘zg‘aluvchanlik. o‘tkazuvchanlik. qisqaruvchanlik).Izotonik va izometrik qisqarish, mushaklar tonusi. YAkka qisqarish. Summatsiya va tetanus. Tetanus turlari.Skelet muskullari tonusi.Asab mushak sinapsining tuzilishi.Nervdan skelet mushaklariga qo‘zg‘alishni o‘tkazish mexanizmi. Atsetilxolin va xolinesteraza sekretsiyasi va roli. Vvedensshy pessimumi.Mushak qisqarish mexanizmi.Miofibrillarni tinchlik va qisqarish davridagi strukturasi.
Menstrual sikl. (6 soat) Adabiyotlar: 1,2,3
Do'stlaringiz bilan baham: |