Kirish. Fiziologiya va anatomiya fani, provizorlar uchun ahamiyati. Laboratoriya darslarida ishlatiladigan asbob-uskunalar. Hujayra. Embriologiya elementlari.
Fiziologiya va anatomiya fanlari fundamental fan bo‘lib, oliy tibbiy ta’limotda tutgan o‘rniga ko‘ra asosiy fanlardan hisoblanadi. Fiziologiya va anatomiya fanlarining ahamiyati sog‘liqni saqlashda profilaktik yo‘nalishni rivojlanishida, kasallikning kelib chiqishi va davolash choralarini izlashga qaratilgan. Boshqarish va organizmni o‘z – o‘zini boshqarishi. Funksional tizimning boshqaruv mexanizmlari. Gomeotaz. Adaptatsiya. (6 soat) Adabiyotlar: 1,23
To‘qimalar tuzilishi, xossalari va vazifasi.
To‘qima xaqida tushuncha, hujayraviy elementlari va oraliq modda. To‘qima
turlari. Epiteliy to‘qimaning umumiy tuzilishi va faoliyati. Bezlar, tuzilishi, tasnifi va bezlar faoliyati. Hujayraning fizik – kimyoviy tarkibi. Oqsillar. Uglevodlar. YOg‘lar. (6 soat) Adabiyotlar:1,2,3
Tayanch-xarakat tizimi. Xususiy osteologiya. Xususiy miologiya. Dars muzeyda olib boriladi.
Harakat barcha tirik mavjudotlar, jumladan odamning hayotida ham muhum ahamiyatga ega. Hayvonlarni o‘simliklardan ajratib turadigan asosiy belgi fazoda faol harakatlanishdir. Harakat hayvonni atrofdagi tashqi muhitga moslashtiruvchi asosiy reaksiyalardan bo‘lib, harakat apparati ishtirokida yuzaga chiqadi. Embrional elementlari. Urug‘lanish, maydalanish. Gastrulyasiya. Embrional varaqlardan to‘qima va a’zolarning rivojlanishi. (6 soat) Adabiyotlar: 1,2,3
Qon va limfa. Qonning fizik-kimyoviy xossalari. Qonning shaklli elementlari. Qon plazmasi. Limfa.
Qon va limfa organizmning ichki muhiti. Qon va limfaning fiziologik ahamiyati. Qon sistemasi xaqida tushuncha. Organizmdagi qonning mikdori. Qon tarkibi. Qonning shaklli elementlari. Eritrotsitlar, ularning tuzilishi, miqdori va funksiyasi. Gemoglabin, uning tarkibi, gaz almashinuvidagi roli. Gemoliz. Eritrotsitlar cho‘kish reaksiyalari, (SOE) uni aniqlash. Leykotsitlar va organizmda ularning roli. Fagotsitoz. Leykotsitlar midori va turlari. Leykotsit formula. Leykotsitoz va leykopeniya. Trombotsitov va ularning roli.
Do'stlaringiz bilan baham: |