Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga
qo‘yiladigan talablar
Fiziologiya va anatomiya hamda umumiy biologiya asoslari fanidan talabalar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak
Xayvonlar organizmiga in’eksiya qila bilish;
Puls yordamida yurak faoliyatiga baho berish;
Qon bosimini o‘lchash (Korotkov va Riva-Rochchi usulida);
Eritrotsit va leykotsitlar to‘g‘risida aniq tushuncha va bilimga ega bo‘lish va ularni sanay olish.
5. Nevroz va stresslar to‘g‘risida aniq ma’lumot olish;
Ko‘ruv o‘tkirligi va ko‘ruv maydoni haqida aniq ilmga ega bo‘lish va amaliyotda qo‘llay olish;
Gormonal preparatlar haqida aniq va mukammal ilmga ega bo‘lgan xolda amalda tatbiq eta bilish;
Inson gigienasi, ovqat ratsioni, oqsil, gusht, uglevodlar nisbati. Sifatli va sifatsiz oqsillar va ularning organizmdagi ahamiyatini bilish va hayotda bilimlarini ishlata olish.
Gastrit va hazm a’zolari kasalliklari hamda ularni oldini olish haqida to‘la va aniq ilmga ega bo‘lish
Fanning o‘quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma – ketligi
Umumbiologik bog‘lanish botanika fani bilan o‘simliklardan dori olish etishtirish va boshqa - zoologiya, genetika, molekulyar biologiya fani yutuqlari va ularni bilimga tadbiq qilish.
Patologiya va patanatomiya fanlari bilan bog‘lash. Masalan: YUrak me’yordagi faoliyatini o‘rgatish.
Bioximiya – fanida aminokislotlar, oqsillar me’da shirasi tarkibi va boshqa mavzular bilan bog‘lash. Noorganik va organik kislotalar farqi umumiyligini bilish.
Lotin tili, rus tili va chet tillar bilan bog‘lash.
Mikrobiologiya, biofizika va boshqa fanlar bilan mavzularni bog‘lash va farmatsiya yo‘nalishidagi umumiylikni qayd qilish.
Ma’naviyat va ma’rifat sohasida hamda patriotizm, vatanni sevish, xalq mulkiga ehtiyot bo‘lish tarix, politekonomiya, hukuqshunoslik va boshqa shu yo‘nalishdagi fanlar bilan bog‘lanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |