Farmarsevtik texnologiya


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana13.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1193555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI NAMUNA

II. Adabiyotlar sharxi 
2.1. Poroshoklar ta’rifi va tasnifi. 
Poroshoklar oddiy — (Pulveres simplices) bir dori moddasidan tashqil topgan yoki 
murakkab — ikki va undan ortiq ingredientdan iborat (pulveres compositi) bo‘lishi 
mumkin. Undan tashqari kukunlar ya'ni, elaki dorilar alohida dozalarga bo‘lib 
taqsimlangan (pulveres divisi) va taqsimlanmagan (pulveres indivisi) bo‘ladi. Ichish 
uchun mo‘ljallangan kukunlar asosan dozalangan usulda yoziladi yoki taqsimlangan 
bo‘ladi, sirtga ishlatiladigan kukunlar esa taqsimlanmagan usulda beriladi [2; 345-346.] 
Kukunlarning boshqa dori shakllaridan quyidagi afzalliklari bor: 
➢ Dori moddasi yaxshilab maydalanganligi sababli yuqori farmakologik faollikka 
erishish mumkin. 
➢ Tabletka va pilyulyalar (xab dorilar) bilan solishtirilganda elaki dorilarning 
tayyorlash texnologiyasi juda sodda. 
➢ Ixchamligi va saqlash davomida turg‘unligi (suyuq dorilarga qaraganda). 
➢ Tarkibining xilma-xilligi kukun tarkibida organik, noorganiq moddalar, o‘simlik 
va hayvonlardan olingan kukun moddalar, kam miqdorda suyuqliklar hamda 
qovushqoq moddalar bo‘lishi mumkin (kiritilishi mumkin). 
Poroshoklarning bir qator kamchiliklari ham bor: 
Dori moddalarning organizmga so‘rilishi eritmalarga nisbatan sekinroq boradi, 
chunki dorivor modda avval eriydi, keyin esa so‘riladi. 
Ba'zi moddalar atrof-muhitning ta'siri ostida o‘zgarishi mumkin: 
a) kristallizatsion suvini yo‘qotishi ;
b) havodagi uglerod ikki oksidini yutib, karbonatlar hosil qilishi; v) havodagi 
kislorod ta'sirida oksidlanishi; namlik ta'sirida esa sochiluvchanligini yo‘qotishi 
mumkin. 
Ba'zi moddalar me'da va ichakning shilliq pardalariga qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatishi 
mumkin, eritma holida esa bu holat kuzatilmaydi (kaliy va natriy bromid tuzlari). 



Achchiq ta'mli, yoqimsiz hidli va rangli moddalardan tayyorlangan kukunlar 
ichish uchun noqulay bo‘lgani sababli maxsus kapsulalarga solinadi [5; 67-89.]. 
2.2. Poroshoklarni tayyorlash texnologiyasini asosiy bosqichlari. 
Poroshoklar tayyorlash - maydalash, elash, aralashtirish, dozalash va qadoqlash 
kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Keltirilgan jarayonlar kukun texnologiyasida to‘la 
bo‘lishi yoki ba'zi bir jarayonlarning bo‘lish-bo‘lmasligi dori tarkibi, uning 
qo‘llanilishi va tarkibga kirgan dori moddalarning xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
Kukunlarning maydalilik darajasi, tayyorlanishi, qadoqlash usullari ham shu 
xususiyatlariga qarab tanlanadi. Purkash, sepish uchun ishlatiladigan kukunlar o‘ta 
maydalangan bo‘lishi kerak.[2: 90-95.]. Tish uchun ishlatiladigan (0,1 mm) 
kukunlarning ham maydalik darajasi shunga o‘xshash. Tish kukunlari tarkibida yirik 
zarrachalarning bo‘lishi tishning emal qavatini zararlashi mumkin. hidlash uchun 
ishlatiladigan elaki dorilar zarrachalarining maydaligi o‘rta me'yorda bo‘lgani 
ma'qul (0,2 mm), chunki bunday kukunlar nafas yo‘llarining tashqi qavatiga 
mo‘ljallangan bo‘lib, ularning tomok yo‘llariga tushish zarurati yo‘k. Ishlatilishi 
oldidan eritish uchun mo‘ljallab beriladigan elaki dori tarkiblarini maydalash shart 
emas. Yaraga sepish uchun va jaroxatlarni davolash maqsadida ishlatiladigan 
kukunlar iloji boricha mayda qilib va aseptik sharoitda tayyorlanishi kerak. Agar 
issiqlikka chidamli bo‘lsa, ularni sterillab berish zarur. Elaki dorilar tarkibi va 
qo‘llash usulidan tashkari bir-biridan agregat holati (kristall, amorf), zichligi, 
qattiqligi, rangi, hidi va boshqa xususiyatlari bilan ham farqlanadi. Hayvonot va 
o‘simliklardan olingan elaki dorilar amorf kukunlar bo‘lib, minerallardan 
solishtirma og‘irligining kichikligi bilan farqlanadi. Kukun holatidagi ba'zi bir 
moddalar yoruglik ta'sirida, kislorod, karbonat angidrid va havo namligi ta'sirida 
o‘zgaradi. Ko‘pchilik kukunlar gigroskopik bo‘lgani sababli havoda namlanadi va 
aksincha, tarkibida kristal suv saqlaganlari havo ta'sirida suvini yo‘qotadi, masalan, 
natriy sulfat, magniy sulfat. Ba'zi bir kukun holidagi dorivor moddalar (kamfora, 
mentol, xloralgidrat) oson uchuvchan hisoblanadi. Kukun holatidagi elaki dori 



tayyorlashda xususiyati jihatidan turlimoddalarning aralashtirilishi natijasida 
tarkibidagi fizik xususiyatlar (gigroskopik xususiyati, uchuvchanligi, portlash 
xususiyati) o‘zgarishi mumkin. Elaki dorilar tayyorlashda farmatsevt ana shu 
xususiyatlarni hisobga olishi kerak. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling