Farmarsevtik texnologiya


-rasm. DPR-2 poroshoklarni dozalash apparati


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana13.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1193555
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
KURS ISHI NAMUNA

 
8-rasm. DPR-2 poroshoklarni dozalash apparati 
Elaki dorilarni qadoqlash
Dozalangan kukunlarni qadoqlash uchun asosan 7,5*10 sm o‘lchamda kesilgan 
qog‘oz yoki shu o‘lchamda fabrikada tayyorlangan qog‘oz kapsulalar ishlatiladi. 
Gigroskopik xususiyatga ega bo‘lgan moddalar, uchuvchan va kuchli hidli moddalar 
mumli (charta cerata) yoki parafinlangan qog‘ozlarga (charta paraffinata), 
moysimon xususiyatli moddalar pergament qog‘ozlarga (charta pergamenta) 
o‘raladi. 


14 
 
9-rasm. Poroshoklarni kapsulalarga o‘rash jarayoni 
Kukun tarkibidagi moddalarning yomon ta'mi, hidi va mazasini niqoblash, 
rangli moddalarning ifloslantirishini yo‘qotish maqsadida (metilen ko‘ki, riboflavin, 
faollashtirilgan ko‘mir) hamda dori moddalarni me'da suyuqligi ta'siridan saqlash 
maqsadlarida elaki dorilar kraxmal yoki jelatinadan yasalgan kapsulalarga 
joylashtirilishi mumkin (13-rasm). 
Kapsulalarga joylangan kukunlar karton quticha yoki shisha idishlarda beriladi. 
Kukun tarkibiga uchuvchan moddalar kirsa, ular og‘zi yaxshi yopiladigan shisha 
idishlarga solinadi. Tarkibida zaharli moddalar saqlagan kukunlarni qadoqlashda 
uning mustahkamligiga e'tibor berish kerak. Zarurat bo‘lsa ularni surgich yoki mum 
bilan muhrlash zarur. Dozalanmagan kukunlarni qog‘oz xaltalarda hamda karton 
qutichada qadoqlab berish yoki shisha, plastmassa va tunuka idishlarga solish 
mumkin. 
2.3. Poroshoklarga qo’yiladigan talablar.
Bir xilligi. Tayyorlangan poroshok oq qog‘ozga sochilib ko‘riladi (100g). 
Namuna poroshok massasining chetidan, oldidan, orqasidan olinadi. Har bir 
namunada poroshokning miqdori bir xil bo‘lishi kerak. 
Zarrachalar o‘lchami. Qurollanmagan ko‘z bilan ko‘rilganda poroshok 
zarrachalar o‘lchami bir xil bo‘lishi kerak. 
Sochiluvchanligi. Poroshok massalari bir xil bo‘lishi, qotib qolgan nam 
qatmoqlar bo‘lmasligi kerak. Massa oson sochilishi, oqishi kerak. 
Mazasi. O‘ziga xos mazali bo‘lishi kerak. Achchiq mazani korregirlash kerak.
Poroshoklarning og‘irligi. Ichish uchun poroshoklar judayam kam (0,1 g kam 
) yoki ko‘p (1 g ko‘p) og‘irlikka ega bo‘lmasligi kerak. Bu qo‘llash uchun qulaylikka 
ega bo‘lish uchun [6: 78-90; 7: 45-56.]. 


15 
2.4. Poroshoklarni sifatiga baxo berish va jihozlanishi. 
 Poroshoklarni sifatini tekshirish 
1. Retseptning to‘g‘riligi. 
2. Dori moddalar miqdori. 
3. Tayyorlash texnologiyasi. 
4. Poroshokning sochiluvchanligi. 
5. Poroshokning bir xilligi. 
6. qadoqlanishi. 
7. Joylashtirilishi. 
8. Jihozlanishi va xokazolar.
Bularning xammasi poroshokning sifatini koʼrsatadi 
Poroshoklar asosan qogʼoz kapsulalarga qadoqlanadi. 
Namlikni oʼziga tortadigan, uchuvchan va oʼtkir xidli moddalar qoʼshib 
tayyorlangan poroshoklar mumli va parafinli kapsulalarga qadoqlanadi. 
Yogsimon moddalar pergament kapsulalarga oʼrab beriladi. 
Tashqi muxitda oʼzgaruvchan, noxush mazaga ega boʼlgan va bo’yovchi 
moddalar mumli, kraxmalli, jelatinli kapsulada beriladi. 
Dozalarga boʼlinmagan poroshoklar kogʼoz xaltachada, karton qutichada, ayrim 
xollarda shisha idishda, dori moddasini fizik-kimyoviy xossalariga eʼtibor bergan 
xolda beriladi. 
Zaxarli va kuchli taʼsir etuvchi moddalardan tayyorlangan poroshoklar 
mumli kapsulalarga qadoqlanadi, bemor qoʼliga surg’uchlangan xolatda beriladi va 
unga «Extiyotlik bilan ishlatilsin», «Bolalardan extiyot qiling» yorliklari 
yopishtiriladi. 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling