Farmarsevtik texnologiya


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana13.02.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1193555
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KURS ISHI NAMUNA

 
 
 
 
 


16 
III. Tajriba qismi 
3.1. Ekstrakt bilan poroshoklar tayyorlash 
 
Ekstraktlar bilan poroshoklar tayyorlash. Ekstraktlar (Extractum) deb, 
o‘simlik xom ashyosidan biologik faol moddalar suv, spirt, efir yoki boshqa 
ajratuvchilar yordamida ajratib olingan va ajratuvchisi qisman, ba'zan butunlay 
bug‘latilgan ajratmalarga aytiladi. 
Ekstraktlar konsistentsiyasiga qarab quyidagicha tasniflanadi: 
Quyuq ekstrakt (Extractum spissum 1:1) uta qovushqoq, idishdan 
tukilmaydigan asalsimon chuziluvchan massa bo‘lib, 25% gacha namlik 
saqlaydi. Ular 3:1, 4:1, 5:1, 6:1 nisbatlarda tayyorlanadi. 
Quruq ekstrakt (Extractum siccum 1:2), quruq poroshok holida bo‘lib, 
5% gacha namlik saqlaydi. 
Suyuq ekstrakt (Extractum fluidum 1:2) kontsentrlangan ajratmalar 
bo‘lib, 50% dan ko‘p namlik saqlaydi. Ajratuvchi sifatida har xil quvvatdagi etil 
spirti ishlatiladi. 
Agarda retseptda ekstrakt turi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, DF XI nashriga 
asosan quyuq ekstrakt olinadi. 
Rp.: Extracti Belladonnae 0,015 
Calcii carbonatis 0,3 
Misce fiat pulvis. 
Da tales doses N6. 
Signa. Kuniga bitta poroshokdan 3 mahal ichilsin. 
Tayyorlanishi: a) hovonchaga 1,8 g kaltsiy karbonat solib maydalanadi va 
uni qogozga olib quyiladi. Qo’l tarozisida filtr qog’ozga 0,09 g quyuq 
belladonna ekstrakti (1:1) tortib olinadi va uni hovoncha dastasi boshchasiga 
yopishtiriladi. Filtr qog’ozning orqa tomonidan 20% li etanol tomizilib yoki suv 
bilan xo’llanib filtr qog’oz ajratib olinadi. 
Ekstrakt hovonchada 1—2 tomchi spirt bilan eziladi va oldindan maydalab 
qo’yilgan kaltsiy karbonat kukunidan 2—3 bo‘lakka solib, toki sochiluvchan bir 


17 
xil poroshok hosil bo‘lguncha yaxshilab 
aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,315 g 
dan 6 ta mumli yoki parafinli kapsulaga 
qadoqlanib, qog’oz xaltachaga solinadi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling