Farmarsevtik texnologiya
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS ISHI NAMUNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuqliklar bilan poroshok tayyorlash
Pasporti: Kalsiy karbonat 1,8 g 0,3*6=1,8 Belladonna quyuq ekstrakti (1:1) -0,09 g 0,015*6=0,09 m umumiy =1,8q0,09=1,89g m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,89∕6=0,315 g 1,8 g kalsiy karbonat hovonchaga solinib maydalanadi va uni qog’ozga olib quyiladi. So‘ngra 0,18 g quruq belladonna ekstraktidan (1:2) olib, uni oz-ozdan maydalangan kalsiy karbonat bilan aralashtiriladi. Tayyor bo‘lgan bir xildagi kukun 0,33 g dan mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qog’oz xaltachaga solinadi. Pasporti: Kalsiy karbonat 1,8 0,3*6=1,8 Belladonna quruq ekstrakti (1:2) -0,09 0,015*6=0,09 0,09*2 =0,18 m umumiy =1,8q0,18=1,98g m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,98∕6=0,33 g 1,8 g kalsiy karbonatni hovonchaga solib maydalanadi va uning ustiga 5- 6 tomchi (0,18 g) quyuq belladonna ekstrakti eritmasi (1:2) tomiziladi, so‘ngra bir xil sochiluvchan poroshok hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor poroshok 0,33 g dan 18 mumli yoki parafinli kapsulaga qadoqlanib, qog‘oz xaltachaga solinadi. Tegishli yorliq yopishtiriladi. Pasporti: Kalsiy karbonat 1,8 0,3*6=1,8 Belladonna suyuq ekstrakti (1:2) -0,09gr V –VI tomchi 0,015*6=0,09 0,09*2 =0,18 m umumiy =1,8q0,18=1,98g m 1 ta poroshokning og‘irligi 1,98/6=0,33 g Retsept tayyorlanib bo‘lgandan so‘ng, uni orqasida qaysi ekstraktdan foydalanilgani albatta ko‘rsatilishi kerak. 3.2. Suyuqliklar bilan poroshoklar tayyorlash (belladonna nastoykasi bilan) Suyuqliklar bilan poroshok tayyorlash. Murakkab poroshoklar tarkibiga ayrim hollarda nastoykalar kiradi. Nastoyka deb, o‘simlik va hayvon mahsulotlaridan har xil konsentratsiyali spirt, spirt-efir yordamida olingan ajratmalarga aytiladi. Nastoykalar odatda 1:5 va 1:10 nisbatda tayyorlanib, dorixonalarga tayyor holda keltiriladi. Suyuqliklar poroshok tarkibiga qo‘shib tayyorlanganda, ularning sochiluvchanlik darajasiga ta‘sir etmasligi kerak. Agarda sochiluvchanligi talabga javob bermasa, u holda quyidagi ikki usulning biridan foydalaniladi: Poroshok tarkibidagi nastoykani ta‘sir etuvchi moddasi uchmaydigan bo‘lsa (masalan, belladonna nastoykasi) u holda poroshok qizdirilgan hovonchada tayyorlanadi. Poroshok tarkibidagi nastoykani ta‘sir etuvchi moddasi uchsa (masalan, valeriana nastoykasi), u holda poroshokka indifferent modda (qand, sut qandi) qo‘shib tayyorlanadi. Indifferent modda poroshok tayyor bo‘lguncha qo‘shiladi va qancha olinganligi retsept hamda signaturada ko‘rsatiladi. Rp.: Tincturae Belladonnae gtt. II 19 Sacchari 0,3 Misce fiat pulvis Da tales doses №6 Signa. Bitta poroshokdan kuniga 2 mahal ichilsin. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling