Excel dastur oynasi. Excel elektron jadvali yuklangandan so`ng, uning dastur oynasi hosil bo`ladi. Dasturning tashqi ko`rinishi quyidagi rasmda tasvirlangan (3.3-rasm), uning ikkilamchi oyanasi yoyilgan holda bu oyanada joylashgan.
Sarlavha satri. Sarlavha satrida dastur nomi, dastur piktogrammasi hamda tahrirlanayotgan hujjat nomi. Bundan tashqari Word dastur oynasining hajmini boshqarish tugmalari va [Закрыть] tugmasi joylashgan.
Menyu satri. Sarlavha satrining ostida menyu satri joylashgan. Unda bo`limlar joylashgan bo`lib, ularda o`zlariga xos buyruqlar va optsiyalar ro`yxati joylashgan. Shuni esda tutish keraki, dasturda bajariladigan har bir amal menyu satrida joylashgan ma’lum bir bo`limlarning u yoki bu buyruqlari yordamida bajariladi. Menyu satridan kerakli bo`limni tanlash uchun sichqoncha ko`rsatkichini o`sha bo`limga olib borilsa, bo`lim yozuvi tugma shaklini oladi, bu shu bo`lim tanlanilishini anglatadi.
Menyu satrida joylashgan bo`limlar quyida batavsil yoritiladi:
Файл – fayllar bilan bog`liq bo`lgan barcha amal buyruqlari joylashgan;
Правка – tahrirlash amallarini o`zida saqlovchi amal buyruqlari joylashgan;
Вид – ish kitobining ekranda hosil bo`lish variantlari joylashgan;
Вставка – jadvalga kerakli elementlarini qo`yish va qo`yish bilan bog`liq boshqa amal buyruqlari joylashgan;
Формат – ish kitobini va jadvalni formatlashga bog`liq bo`lgan barcha amal buyruqlari joylashgan;
Сервис – dasturning har xil qo`shimcha funktsiyalari buyruqlari joylashgan;
Данные – berilganlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan buyruqlar joylashgan;
Окно – Excel dasturining ikkilamchi oynasi bilan bog`liq bo`lgan amal buyruqlari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |