Farmaseftika sohasidagi matinli axborotlarni qayta ishlash Reja


MS EXCEL dasturi. Excel Microsoft Office


Download 0.97 Mb.
bet7/11
Sana08.01.2022
Hajmi0.97 Mb.
#244128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1vmavzu

MS EXCEL dasturi. Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo`lib, u WINDOWS OT boshqaruvida ishlovchi hamda ma’lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo`ljallangan amaliy dasturdir.

Excel da tayyorlangan har bir hujjat ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo`ladi. Excel da, odatda, bunday fayl “Ish kitobi” deb yuritiladi.2

Excel ning asosiy ish sohasi – bu “Ish kitobi” bo`lib, u bir yoki bir necha ish varag`idan iborat. Ish varag`ida hisobchi kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo`ladi. Excel ning hisobchi kitobidan asosiy farqi barcha hisob ishlarini uning o`zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.

Excel elektron jadvali 16384 qator va 256 ustundan iborat. Qatorlar 1 dan 16384 gacha butun sonlar bilan tartiblangan, ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari bilan belgilangan. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning asosiy tarkibiy elementi – yacheyka (katakcha) joylashgan. Har bir yacheykaga son, matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi. Ustun kengligini va qator balandligini o`zgartirish ham mumkin.



Jadvalning tanlangan yacheykasiga o`tish uchun aniq manzil ko`rsatilishi kerak. U qator va ustun kesishmasida, masalan, A1, B6, AA4, ZD5 kabi ko`rsatiladi.


Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling