Farmasevtik marketingning o‘ziga xos tomonlari


Dorixonalar faoliyatida N-apteka,va boshqa dasturlarni qo‘llanilishi


Download 139.32 Kb.
bet29/31
Sana20.06.2023
Hajmi139.32 Kb.
#1637334
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
FITQ TAYYOR

Dorixonalar faoliyatida N-apteka,va boshqa dasturlarni qo‘llanilishi.

  • O‘zbekiston Respublikasida dori vositalari va farmatsevtika faoliyati sohasidagi munosabatlar. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 4 yanvardagi O‘RQ-399-sonli “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
    davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
    Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
    Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
    dori vositalari — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari;
    dori moddalari (substansiyalar) — farmakologik, immunologik yoki metabolik faollikka ega bo‘lgan yoxud tashxis qo‘yish maqsadi uchun foydalaniladigan, tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan, kelib chiqishi tabiiy yoki sintetik moddalar;
    dori preparatlari dozalangan, idishga joylangan-o‘ralgan, qo‘llanilish uchun tayyor dori vositalari;
    dorivor o‘simlik xomashyosi — dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun foydalaniladigan, tarkibida biologik faol moddalar bo‘lgan o‘simliklar yoki ularning qismlari;
    retsept — shifokorning farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassisga dori preparatini tayyorlash va (yoki) berish hamda uning qo‘llanilish usuli to‘g‘risidagi yozma ko‘rsatmasi;

    Download 139.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling