Kimyo – moddalar, moddalar xossalari va ularning bir-biriga aylanishini o`rganadigan fan. Kimyo fanining predmeti
Download 0.72 Mb.
|
7-sinf nazariya 1-120
- Bu sahifa navigatsiya:
- G. Shtal
- Feromon tutqichlari
- Suyuq moddalar
- Mo`rili shkaf
- Kislotalarni suyultirishda
- Molekula
- Kimyoviy reaksiya
- Materiyaning asosiy tuzilma birligi
- Allatropiyaning sabablari
1. Kimyo – moddalar, moddalar xossalari va ularning bir-biriga aylanishini o`rganadigan fan. 2. Kimyo fanining predmeti – barcha tabiiy va sintetik moddalar. 3. Sintetik kimyoviy moddalar – tabiatda mavjud bo`lmagan, sintetik yo`llar bilan hosil qilingan moddalar. M:Polietilen, plastmasasalar, dori vositalari, kapron va neylon tolalar, avtomobil texnik qismlari va boshqalar. 4. Abu Ali ibn Sino – a) dorivor moddalarning ma`lum tarkibda bo`lishini ta`riflash orqali tarkibning doimiylik qonuniga, b) sodda va murakkab dorilarga toifalash orqali atom-molekulyar ta`limotning dastlabki tushunchalari shakllanishiga asos solgan. 5. G. Shtal – flagiston nazariyasini kashf qildi. 6. M.Lomonosov – atom – molekulyar tushunchalarni ta`limot to`g`risidagi tushunchalarni rivojlantirdi. 7. A.Lavuazye – yonish va oksidlanish jarayonlari haqidagi ilmiya nazariyani kashf qildi. 8. J.Dalton – atomistik nazariyani bayon etgan. 9. Mendeleyev – 1869-yilda o`sha vaqtgacha bo`lgan davrdagi elementlarni sinfladi va elementlar Davriy jadvalini kashf qildi. 10. Feromon tutqichlari – paxtachilda zararkunandalaridan himoya qilishda qo`llaniladi. 11. K-1 preparati – metall yuzasi bilan ishqalanishni kamaytiruvchi sifatida to`qimachalik va kimyoviy tola zavodlarida ishlatiladi. 12. Jismlar – moddalardan tashkil topgan. Misol: Quyosh, Yer, uy, avtomobil, qoshiq, kitob, kimyoviy stakan, kolba, probirka. 13. Qattiq moddalar – shakar, osh tuzi, bo`r, oltingugurt 14. Suyuq moddalar – Suv, spirt, sulfat kislota. 15. Shakar, osh tuzi, bo`r – oq rangli. 16. Oltingugurt – sariq rangli. 17. Shakar va osh tuzi suvda eriydi, bo`r erimaydi. 18. Spirt – o`tkir hidli, suv va sulfat kislota – hidsiz. 19. Suvning tq=100 ℃; Etil spirtining tq = 78,3; sulfat kislotaning tq = 3383℃. 20. Moddaning xossalari – Rang, hid, zichlik, ta`m, agregat holatlar, suyuqlanish va qaynash temperaturasi... . 21. Moddalarni ushlash, hidlash va ta`mini totish mutlaqo mumkin emas. 22. Mo`rili shkaf – kimyoviy tajriba o`tkazish uchun mo`ljallangan joy. 23. Termometr sinib qolsa, undagi simobni maxsus usullar bilan yig`ishtirib olish va simob to`kilgan joyga oltingugurt sepish kerak. 24. Natriy metalini kerosin ostida saqlash kerak, tajribadan ortib qolgan bo`lakchasini spirtda eritib bartaraf qilish kerak. 25. Qizdirishni – iloji boricha usti berk isitkichlarda olib borish kerak. 26. Yong`in chiqqanda – dastlab o`t chiqishiga manba o`chiriladi, so`ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alanga yoyilish xavfi bo`lganda o`t o`chirgichdan foydalaniladi. 27. Probirka va boshqa idishlar bilan ishlayotganda og`zi odam tomonga qaramasligi kerak. 28. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko`z oynak taqib olish zarur. 29. Kislotalarni suyultirishda – kislotani oz-ozdan idish devori bo`ylab suvga quyish kerak. 30. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni faqat tomizgich yordamida o`lchash mumkin, rezina pipetkada o`lchash man etiladi. 31. Shtativ – kimyoviy tajribalar o`tkazish uchun muhim asbob. 32. Shtativ – taglik va o`zakdan iborat. Taglikdagi maxsus teshikka o`zak burab kiritiladi. O`zak maxsus teshikka oxirigacha kiritilgan va mahkamlangan bo`lishi kerak. 33. O`zakka qisqichlar yordamida har xil halqalar, tutqichlar va boshqa turli moslamalar mahkamlanadi. 1) qum yoki suv hammomi – turli hil qaynash haroratida suyuqliklarni haydash, turli haroratlarda boradigan reaksiyalarni o`tkazish uchun. 2) Halqali tutqich – tubi yumaloq kolbalarni va chinni kosalarni ushlab turadi. 3) Asbest to`rli taglik – tubi yassi va konussimon kolbalar, stakanlar, chinni kosachalar uchun. 4) Tutqich – probirkalar, sovitkichlarni qisib ushlab turadi. 5) Ilgich – yordamchi rezina shlang yoki boshqa yordamchi qismlarni ilib qo`yish uchun. 34. Moslamalar o`zak bo`ylab harakat qilishi yoki olib qo`yilish mumkin. Mahkamlash yoki bo`shatish qisqichdagi vint orqali amalga oshadi. 35. Probirka va kolbalar tutqichga mustahkamlanadi, qattiq qisilmaydi sinib ketishi mumkin. 36. Stakanlar asbest to`rli taglikka qo`yiladi, chunki stakan tubi bir me`yorda qiziydi. 37. Chinni kosachalar va tigellar halqaga to`rsiz qo`yilishi mumkin. 38. Spirt lampasi idish(1), metall disk(2), pilik(3) va qalpoqcha(4) dan iborat. 39. Spirt lampasini yoqishga tayyorlash: 1) Yaroqliligi tekshiriladi. 2) Spirt lampasi idishining ½ qismiga voronka bilan spirt quyiladi. 3) Disksimon metall nayga ipli pilik o`rnatiladi, pilik uchuni qaychi bilan tekislanadi va spirt bilan ho`llanadi. 4) Spirt lampasining qalpoqchasi berkitiladi.(Doim shu holatda turish kerak) 40. Spirt lampasini yoqish va o`chirish: 1) Spirt lampasi gugurt cho`pi bilan yoki yonib turgan boshqa cho`p bilan yondiriladi.(boshqa spirt lampa bilan yoqib bo`lmaydi) 2) Spirt lampasi o`chirishda pilik qalpoqcha yopiladi.(Puflab o`chirish mumkin emas. 41. Alangani tuzilishini 3 qismga bo`lish mumkin: 1) Alangani yuqori qismi, chetlari xira, eng issiq qismi; 2) alanganing o`rta qismi ravshan, issiq qismi; 3) alanganing pastki qismi, juda xira, issiq bo`lmagan pilikka yaqin qismi. 42. Probirkalar alanganing yuqori qismida qizdiriladi. 43. 44. Atom molekulyar ta`limotining asosiy holatlari: 1) Moddalar kimyoviy xossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarrachalar, ya`ni molekulalardan tashkil topgan. 2) Molekulalar atomlardan tashkil topgan. 3) Atomlar murakkab tuzilishga ega bo`lib , elektron, proton, neytron va boshqa zarrachalardan tashkil topgan. 4) Molekula va atom doimo harakatda bo`ladi. 45. Harorat o`zgarganda jism hajmi ham o`zgaradi. Buning sababi moddalar juda kichik zarrachalar – atom yoki molekulalardan tashkil topgan bo`lib, ularning orasidagi masofa harorat ortishi bilan ma`lum darajada kattalashadi, sovutilganda esa kichrayadi. 46. Atom va molekulani elektron mikroskopda ko`rish va suratga olish mumkin, lekin oddiy ko`z bilan ko`rib bo`lmaydi. 47. Atom va molekulalar doimo harakatda bo`ladi. 48. 1827-yilda Broun mikroskopda suyuqlikdagi mayda qattiq zarrachalarning harakatini kuzatgan va ular uzluksiz harakat qilishini aniqlagan.(Broun harakati deyiladi va suyuqlik molekulalari tartibsiz ravishda uzluksiz harakatda ekanligini ko`rsatadi) 49. Diffuziya – bir modda molekulalari boshqa modda molekulalari orasida tarqalishi. 50. Broun harakati, diffuziya(hidning havoda tarqalishi), qandning suvda erishi va boshqa shunga o`xshash hodisalar molekulalar mavjudligi hamda doimo harakatda ekanligini ko`rsatadi. 51. Molekula – o`zaro bog`langan atomlar guruhidan iborat zarracha bo`lib, moddaning kimyoviy xossalarini o`zida saqlovchi eng kichik zarracha. 52. Vodorod – yonadi. Kislorod – yonmaydi, yonishga yordam beradi. 53. Kimyoviy reaksiyalarda molekulalar atomlarga parchalanadi yoki atomlardan iborat tarkibini o`zgartiradi. Atomlar esa kimyoviy reaksiyalarda deyarli o`zgarishsiz qoladi. 54. Kimyoviy reaksiya(o`zgarish) – atomlar harakatining o`ziga xos turi. 55. Kimyoviy reaksiya – materiya harakatining kimyoviy shakli. 56. Kimyoviy element – atomlarning muayyan turi. 57. 1813-yilda Berselius kimyoviy element belgisini fanga kiritdi.Unga ko`ra elementning lotincha nomi bosh harfi yoki undan keyingi harf bilan qo`shib belgilanadi. 58. Materiyaning asosiy tuzilma birligi – atom. 59. Atom diametri 1A atrofida bo`ladi. (1A=10-10m) Hozirgi vaqtda nanometr bilan ham hisoblanib borayapti. (1nm=10-9m). 60. Nisbiy atom massa Ar – nisbiy fizik kattalik. r – inglizcha relativ – nisbiy. 61. Nisbiy atom massa – element atomi massasini 12C (uglerod-12) atomi massasining 1/12(o`n ikkidan bir) qismidan necha marta kattaligini ko`ratuvchi kattalik. 62. Moddalar aniq tarkibga ega va tabiatdagi barcha moddalar elementlardan tashkil topgan. 63. Elementlar yangi modda hosil qilganda ular dastlabki xossalarini yo`qotadi. 64. Ikki va undan ortiq har xil moddaga parchalanuvchi modda – kimyoviy birikma deyiladi. 65. Kimyoviy modda – atom va molekulalar uyushmasi. 66. Moddalarni tashkil etuvchi zarracha tabiatiga ko`ra moddalar molekulyar va nomolekulyar bo`ladi. 67. Gazlar asosan molekulyar, qattiq moddalar nomolekulyar bo`ladi. 68. Kristall panjara tugunida molekula bo`lsa – uchuvchan va uncha yuqori bo`lmagan suyuqlanish haroratiga ega bo`ladi. 69. Kristall panjara tugunida atom bo`lsa – yuqori suyuqlanish harorati va yuqori qattiqlikka ega bo`ladi(olmos) 70. Kristall panjara tugunida ion bo`lsa – yuqori suyuqlanish haroratiga ega bo`ladi va uchuvchan bo`lmaydi(osh tuzi) 71. Kristall tugunlarida metall atomlari yoki ularning musbat ionlari joylashsa, ularning orasida erkin elektron bo`ladi. Metallarning yaltirog`ligi, plastikligi, elektr tokini, issiqlikni o`tkazishi shunga bog`liq. 72. Barcha moddalar 2 ga sof modda va aralashmalar(2 va undan ortiq moddadan tashkil topgan)ga bo`linadi. 73. Sof, toza modda – tarkibi va xossalari butun hajmi bo`yicha bir xil(gomogen) bo`lgan modda. 74. Aralashma – o`zgaruvchan tarkibga ega va aralashmalardan fizik usullar bilan toza moddalar ajratib olish mumkin. 75. Gomogen aralashma – osh tuzini shakarda eritsak, butun hajmi bo`yicha bir xil tarkibiy qism va xossaga ega bo`lgan aralashma hosil bo`ladi. 76. 1 stakan suvga 1 choy qoshi tuz eritilsa, -2℃, agar 1 osh qoshiq tuz solinsa, -4℃ da muzlaydi. 77. Geterogen aralashma – bir xil bo`lmagan aralashma. M:loyni suvga solamiz. 78. Moddaning xossalari aniqlash uchun modda iloji boricha sof holatda bo`lish kerak. 79. Sof modda tabiatda deyarli uchramaydi. Tabiatda moddalar asosan aralashma holatda uchraydi. 80. Tabiiy suvda doim erigan tuzlar va gazlar bo`ladi. Aralashmaning tarkibiy qismlaridan qaysi biri eng ko`p bo`lsa, aralashma shu komponent nomi bilan ataladi.(Temir qoshiq 90% dan ortiq temir bor, alumin qoshiqda 99% dan ortiq aluminiy bor) 81. Geterogen aralashmadan sof moddalarni ajratib olish: 1) Dekantatsiya usuli – aralashmani tindirish va hosil bo`lgan suyuqlikni ajratib olish. M: loyqa suvni tindirib, undan toza suvni ajratib olishni misol qilsak bo`ladi.(9-rasm) 2) Bir – birida erimaydigan yoki zichliklari har xil bo`lgan suyuqliklarni bir – biridan ajratish voronkasi yordamida tarkibiy qismlarga ajratib olish mumkin(10-rasm) 1-2-usul tindirish yordamida amalga oshirildi. 3) Tinishi qiyin yoki uzoq vaqtga cho`ziladigan geterogen aralashmalarni filtrlash yo`li bilan tarkibiy qismlarga ajratish mumkin.(11-rasm) 4) Magnit yordamida – tarkibida temir bo`lgan aralashmadan temirni magnit yordamida ajratib olish mumkin. 82. Gomogen aralashmalardan sof moddani ajratib olish(gomogen aralashmalar tarkibida moddalarning zarrachalari juda kichkina bo`lganligi uchun ularni tindirish yoki filtrlash yo`li bilan ajratib bo`lmaydi): 1) Bug`latish usuli – suvda erigan tuzlarni suvdan ajatish uchun foydalansa bo`ladi. M: Suvda erigan osh tuzini chinni kosachaga qo`yib temir shtativ halqasiga asbest o`rnatiladi va sekin astalik bilan qizdiriladi. Suv bug`lanib uchib ketadi, osh tuzi esa chinni tigelda qoladi.(12-rasm) 2) Distillash – bunda suyuqliklardan iborat gomogen aralashmalarni tashkil etuvchi suyuq moddalarning qaynash harorati turlicha ekanligidan foydalaniladi. Agar ikki suyuqlik aralashmasi ohistalik bilan qizdirilsa, avval qaynash harorati past bo`lgan suyuqlik uchib chiqadi. Uchib chiqayotgan suyuqlik bug`larini sovitish yo`li bilan qaytadan suyuqlikka aylantirib olindi. 83. Ifloslangan osh tuzini tozalash ketma-ketligi: Ifloslangan osh tuzi – ifloslangan osh tuzi eritmasi – ifloslangan osh tuzi eritmasini filtrlash – filtratni bug`latish – toza osh tuzi. 84. Filtratdan o`tgan tiniq eritma filtrat deyiladi. 85. Oddiy modda – bir xil element atomidan tashkil topgan modda. 86. Murakkab modda – turli xil element atomlaridan tashkil topgan modda. 87. Allatropiya hodisasi – bir element atomlaridan turli oddiy moddalar hosil bo`lishi. 88. Allatropik shakl ko`rinishi– allatropiya hodisasiga uchragan element atomlaridan hosil bo`lgan oddiy moddalar(O2 va O3). 89. Allatropiyaning sabablari: 1) Molekulasidagi atomlar sonini turlicha bo`lishi(O2 va O3); 2) Turli xil kristall panjaralar hosil qilish(oq fosfor – molekulyar; qora va qizil fosfor – atom kristall panjaralarni hosil qiladi); 3) Atom orbitallarining turlicha gibridlanishi(olmos -sp3; grafit – sp2; karbin – sp); 4) Molekulalarning turli fazoviy shaklda bo`lishi; 5) Har xil rangda bo`lishi 90. Allatropik shakl ko`rinishli oddiy moddalar hosil qiladigan element atomlari: Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling