Valentlik – element atomining boshqa elementlar atomlari aniq sonda biriktirib olish imkoniyatiga aytiladi.
107. Valentlik lotincha “valens” – “kuchi bor”.
108. Valentlik – elementning muhim tavsifiy ko`rsatkichi.
109. Molekula diametri 30A gacha bo`ladi. Ko`pchiligi 1-10A oraliqda bo`ladi.
110. Moddaning nisbiy molekulyar massasi(Mr) – modda molekulasi massasining uglerod-12 atomi massasining 1/12 qismiga nisbatan necha marta kattaligini ko`rsatuvchi qiymat.
111. Mol – modda miqdorining o`lchami.
112. 1 mol – 0,012 kg ugleroddagi atomlar soniga teng zarralar(atom, molekula va boshqa zarralar) tutuvchi modda miqdori.
113. Avagadro doimiysi (NA)– 6,02∙1023 . 1 mol = 6,02∙1023 ta.
114. Modda massasining(m) uning miqdoriga (n) nisbati moddaning molar massasi(M) deb ataladi: M=m/n.
115. Modda molar massasining son qiymati uning nisbiy molecular massasiga (Mr) teng.
116. Qandni qizdirganimizda dastlab suyuqlanishi – fizik hodisa, so`ngra rangi o`zgarib yoqimsiz kuyindi hidi paydo bo`lishi va qora rangli qoldiq qolishi – bu fizik hodisa.
117. Kimyoviy hodisalarni kimyoviy reaksiyalar deb ataymiz.
118. Kimyoviy xossa – moddaning boshqa modda bilan o`zaro ta`sirlashuvi.
119. Sham yonishi(kimyoviy hodisa), shamning erishi(fizik o`zgarish).
120. Kimyoviy reaksiyalar borish uchun ma`lum shartlar bajarilishi kerak: a) issiqlik berishimiz kerak(shamning yonishi) ; b) Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarning molekulalari bir-biriga tegib turishi va ularning ta`sirlashish sathi katta bo`lishi uchun maydalanadi, kukun holatiga keltiriladi yoki eruvchanlik xususiyati yuqori bo`lsa, eritib ham juda mayda zarraga aylantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |