Farmasevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
bo‗lish. 4 2 Qoniqarsiz Aniq tasavvurga ega bo‗lmaslik; bilmaslik. TALABALARNING MUSTAQIL ISHI (TMI) klinik farmatsiya fani dasturiga mos ravishda tashkil etilgan. TMI referat, slayd, adabiy manbalarni to‗plash va sistemalashtirish, test savollari tuzish, prezentatsiyalar, vaziyatli masalalar, videoroliklar bo‗yicha mo‗ljallangan. TMI bo‗yicha hisobot kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan shakl tartibda topshiriladi va talabalarga semestr boshida etkaziladi. Semestr davomida ikkita mustaqil ish referat shaklida qabul qilinadi: har biri 2,5 ball bilan baholanadi, jami - 5 ballni tashkil qilinadi. TMI ga qo‗yilgan baho (ball) talabaning semestr davomida to‗plagan baholari (JB) ga qo‗shiladi. Mustaqil ish bo‗yicha belgilangan maksimal reyting balining 54% va undan kam ball to‗plagan talaba fan bo‗yicha yakuniy nazoratga qo‗yilmaydi. Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro‗yxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi. TMI ning o‗zlashtirishi quyidagicha baholanadi: maksimal 2,5 ball. Ballar Baho 2,15-2,5 A‘lo 1,77-2,12 YAxshi 1,37-1,75 Qoniqarli 1,35 Qoniqarsiz ORALIQ BAHOLASH (OB) - semestr davomida o‗quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o‗z ichiga olgan) bo‗limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‗nikma darajasini aniqlash va baholash uchun, OB nazorat kafedra majlisi qaroriga binoan kombinatsiya (ogzaki va yozma) usulida amalga oshiriladi. Klinik farmatsiya fanidan OB semestr davomida bir marta o‗tkazilidi. OB soni o‗kuv faniga ajratilgan umumiy soatlar xajmidan kelib chiqqan holda o‗tkaziladi. OB baholashdan 55% va undan ortiq olgan talaba YAB baholashga kiritiladi. OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi va balli koeffitsientsiz qayd etiladi. OB da maksimal ball 20. Ballar Baho 17,2-20,0 a‘lo 17,0-14,2 yaxshi 14,0-11,0 qoniqarli 0-10,8 qoniqarsiz YAKUNIY BAHOLASH (YAB) – semestr yakunida fan bo‗yicha nazariy bilim va amaliy ko‗nikmalarni talabalar tomonidan o‗zlashtirish darajasini baholash uchun o‗quv mashg‗ulotlar tugaganidan so‗ng o‗tkaziladi. YAkuniy baholashga mazkur semestrni muvaffaqiyatli yakunlagan hamda joriy, oraliq baholashlarni va talabalarni mustaqil ishidan ijobiy ya‘ni 55% va undan yuqori ballarga ega bo‗lgan talabalar qo‗yiladi. Klinik farmayiya fanidan yakuniy baholash fakultet Ilmiy kengashni qaroriga binoan yozma shaklda o‗tkaziladi. YAB da maksimal ball 30. Ballar Baho 25,8-30,0 a‘lo 21,3-25,5 yaxshi 16,5-21,0 qoniqarli 0-16,2 qoniqarsiz O‗quv rejasiga binoan klinik farmatsiya fani bir semestrda rejalashtirilgani uchun fan bo‗yicha talabaning umumiy bali semestrda olgan joriy, oraliq, mustaqil ish va yakuniy baholashlar to‗plami orqali baholanadi. JB, OB va YAB turlarida fanni o‗zlashtiri olmagan (54% dan kam ball to‗plagan) yoki uzrli sabab bilan baholash turlarida ishtirok eta olmagan talabalarga quyidagi tartibda qayta baholashdan o‗tishga ruxsat beriladi: qoldirgan amaliy mashg‗ulot kelgusi darsga qadar guruh o‗qituvchisiga qayta topshirish va maslahat kunida topshiriladi, 3 ta mashg‗ulotni qoldirgan talaba fakultet dekani ruxsati bilan qayta topshiradi, qayta topshirish jaridasida qayd qilinadi; har bir qoldirgan ma‘ruza mashg‗uloti uchun agar u qayta topshirilsa, JB da to‗plagan ballar yig‗indisidan 5%, agar qayta topshirilmasa 10% balldan olib tashlanadi; OB ni 2 hafta muddatda qayta topshirishga ruxsat beriladi; semestr yakunida fan bo‗yicha saralash balidan kam ball to‗plagan talabaning o‗zlashtirishi qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi; akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin dekan ruxsatnomasi asosida qayta o‗zlashtirishi uchun bir oy muddat beriladi, shu muddat davomida o‗zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyaga ko‗ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‗i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi. Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‗lsa, appelyasiya komissiyasiga murojaat etishlari mumkin. Appelyasiya komissiyasi 3 a‘zodan kam bo‗lmagan tarkibda rektor buyrug‗i bilan tashkil etiladi. Talabalar appelyasiya komissiyasiga fan bo‗yicha YAB natijalari e‘lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun davomida ariza bilan murojat qilishlari mumkin. Appelyasiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‗rib chiqib, shu kunning o‗zida xulosasini beradi. O‗quv rejasida muayyan semestr (o‗quv yili) ga belgilangan fanlarning barchasi saralash balidan yuqori ball to‗plagan talabalar rektorning buyrug‗i bilan kursdan kursga o‗tkaziladi. Namuna: Xaftalar soni Baxolash turi 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 O N 18 Y A B jami JN + + 5 + 5 + 5 + 5 5 5 + 5 + 5 + 5 + 45 TMI 2,5 2,5 5 ON 20 20 YAB 30 30 JAMI 5 5 5 5 5 5 5 20 30 100 Fanlardan reyting nazorati bo‗yicha yakunlovchi qaydnoma varaqasi (vedomost) fan tugagan kundan 1 kun muddatda kafedrada 2 nusxada to‗ldiriladi va mas‘ul xodim, kafedra mudiri tomonidan imzolanib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi. Talabaning fan bo‗yicha baholash turlarida to‗plagan ballari reyting qaydnomasiga butun sonlar bilan qayd qilinadi Fan bo‗yicha reyting daftarchasini rasmiylashtirish tartibi: № Fan nomi Umumiy o‗quv soat Uzlashtirish kursatkichi Rey ting O‗qituvchining F.I.SH Sana Imzo 1 Fiziologiya 108 86 93 Saidov.S.A. 15.06.2013 y Talabaning fan bo‗yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi; R f = V*O ' 100 bu erda: V - semestrda fanga ajratilgan umumiy o‗kuv yuklamasi (soatlarda); O' - fan bo‗yicha o‗zlashtirish darajasi (ballarda). Talabaning saralash balidan past bo‗lgan o‗zlashtirishi ―Reyting daftarchasi‖da qayd etilmaydi. Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‗yicha talabaning JB, OB hamda YAB turlarida ko‗rsatilgan o‗zlashtirish reyting ko‗rsatgichlarining monitoringi olib boriladi. O‗zlashtirish natijalari kafedralar tomonidan reyting nazorati ekranida muntazam ravishda yoritib boriladi va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi. Asosiy adabiyotlar: 1.Artur K. Gayton Djon E. Xoll –Tibbiyot fiziologiyasi Moskva Logosferl – 2008 g. 2. Vichram Singh, Anatomy of abdomen & Lower limb 1,2,3. 2011. 3. Indu Khurana. ―Medical physiology‖ Elsevier, India 2012 4. Loginov A.T. Fizioyologiya bilan odam anatomiyasi asoslari. T.«Meditsina» nashriyoti, 1985 y (krill alifboda) 5. G.Axmedov Odam anatomiyasi. Tom 1,2. Atlas. Abu Ali inb Sino nashriyoti., Toshkent 1996 y. 6. Loginov A.V. Fiziologiya bilan odam anatomiyasi asoslari T., «Fan» nashriyoti, 2006 y (lotin alifboda) 7. Loginov A.V Fiziologiya s osnovami anatomii cheloveka M., izd–vo «Meditsina», 1983 g. 8. Musaev. X.N. Fiziologiya, anatomiyasi asoslari fanidan laboratoriya mashg‗ulotlari uchun o‗quv qo‗llanma. T., ―KOLORIT GROUP‖ MCHJ nashriyoti. 2007 y. 9. Boxodirov F.N. Odam anatomiyasi. O‗zbekiston nashriyoti, Toshkent 2006. 10. Alyaviya O.T. Normal fiziologiya, ―O‗zbekiston faylasuflar Milliy jamiyati‖ nashriyoti, Toshkent 2007 11. M.F.Rumyanseva, Rukovodstva k prakticheskim zanyatiyam po fiziologii s osnovami anatomii cheloveka. Moskva, Meditsina 1986. 12. Axmedov A.G. ―Odam anatomiyasi‖, Iqtisod moliya nashriyoti, Toshkent., 2007 Qo‗shimcha adabiyotlar: 1.Rajabov A.J., Bobojonova SH. ―Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan‖ fanidan o‗quv – uslubiy qo‗llanma ―EMERALD GROUP‖ MCHJ. Toshkent - 2016 y. 2. Bobojonova SH. Mirtursunova S.Z ―Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan‖ fanidan o‗quv – uslubiy qo‗llanma ―EMERALD GROUP‖ MCHJ. Toshkent - 2015 y. 3. Musaev X.N., Salibaeva S.A., Xakimova M.S., Rajabov A., Mirtursunova S.Z. ―Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan‖ fanidan o‗quv – uslubiy qo‗llanma ―KOLORIT GROUP‖ XK. Toshkent 2008 y. 4. Kositskiy . G.I Fiziologiya cheloveka. M., izd – vo ―Meditsina‖, 1987g 5. Korobkov A. ATLAS po normalnoy fiziologii. M., izd–vo ―Meditsina‖. 1987 g 6. Sterki P. Osnovы fiziologii. M., izd – vo ―Mir‖ 1994g. 7. Maloshtan L.N.Fiziologiya s osnovami anatomii cheloveka Xarkov., izd – vo ―Zolotie stranitsi‖, 2002 g. 2.Nazariy mashg`ulotlar mazmuni Kirish Inson organizmining tuzilish va funksiyasi boshqa barcha tirik mavjudotlarnikiga nisbatan nihoyatda murakkab va yuksak darajada takomillashgandir. Ma‘lumki, inson organizmining rivojlanishida uning yashash uchun kurashi, o‗ziga sharoit yaratishi, bir-biri bilan munosabat zarurati muhim ahamiyat kasb etgan. Binobarin, odam bir necha evalyusion rivojlanish jarayonida yuzaga kelgan biologik va ijtimoiy o‗zgarishlar mahsulidir. Odam organizmining barcha to‗qima va a‘zolari bir-biri bilan chambarchas bog‗liqdir. SHuningdek, ular tevarak-atrof muhiti bilan xam doimiy aloqadadir. Bu ikkala bog‗lanish asab va endokrin tizimlari orqali boshqariladi. Fanining maqsad va vazifalari. Fiziologiya, anatomiya asoslari bilan kursi bo‗yicha farmatsevtika institutining talabalari umumiy biologik qonuniyatlarini va tizimlarini anatomik va gistologik tuzilishi, sog‗lom organizmdagi fiziologik jarayonlarini mukammal o‗rganadi. Farmatsevtika institutida odam fiziologiyasi va odam anatomiyasi asoslari fanini o‗qitishda anatomiya, gistologik va morfologik ma‘lumotlarni a‘zo va tizimlarning funksiyalari bilan bog‗liq, holda tushuncha berish maqsadga muvofiqdir. Bunday tushuntirish usuli fiziologik qonuniyatlarini chuqurroq o‗rganishda, ayniqsa a‘zo funksiyalari uning tuzilishi bilan yaqqol bog‗liqligi morfologik ma‘lumotlarni talabalar uchun qiziqarli qilib, ularning o‗zlashtirishini osonlashtiradi. Ma‘ruzalarda hozirgi zamon fiziologik yangiliklarini, ayniqsa boshqa fanlar (biofizika, bioximiya, molekulyar biologiya, sitologiya, genetika, elektronika, kibernetika va boshqalar) bilan bog‗lab o‗tish lozim. Kirish qismida modda almashinuvi, asab tizimining tuzilishi va xossalari, qo‗zg‗alish jarayonlari, reflekslar haqida, gumoral va asab tizimi idorasi haqida umumiy ma‘lumolar beriladi. Bu ma‘lumotlar shuning uchun ham zarurki, asab tizimining tushuntirishdan oldin, avval o‗rgangan tizimlarni asab, gumoral idorasi haqida tushuncha beradi. Ma‘ruzalar nafaqat fiziologiya fanini tibbiyotda va farmatsiya yo‗nalishida o‗ziga xos ahamiyatga ega ekanini ko‗rsatib beradi. Tarixiy ma‘lumotlarni, tirik mavjudotni asosiy xossalari va hayotdagi moxiyatini umumiyligiga qaratib ma‘ruzalarda bayon kilishi kerak. Odam fiziologiyasi va morfologiyasini biologiya asoslari bilan birgalikda shunday bayon etilishi talabalarda hayotiy faoliyatlar yaxlitligi haqida tasavvurni yana ham kengaytirishda yordam beradi. Ma‘ruzalar yangi pedagogik texnologiya usullarini qo‗llagan holda ko‗rgazma materiallar bilan rasmlar, chizmalar, mul‘timedialar, slaydlar va o‗quv filmlari bilan ta‘minlanadi. Odam fiziologiyasi va anatomiya asoslari fanini o‗zlashtirishda laboratoriya mashg‗ulotlari yangi pedagogik texnologiya usullaridan ―Aqliy xujum‖, ―Blits o‗yini‖, ―CHarxpalak‖, ―Bumerang‖ va videofil‘mlarni qo‗llagan holda o‗tkaziladi. Fan bo‗yicha talabalarning bilim, ko‗nikma va malakalariga qo‗yiladigan talablar Fiziologiya va anatomiya hamda umumiy biologiya asoslari fanidan talabalar quyidagi ko‗nikmalarga ega bo‗lishi kerak: 1. Xayvonlar organizmiga in‘eksiya qila bilish; 2. Puls yordamida yurak faoliyatiga baho berish; 3. Qon bosimini o‗lchash (Korotkov va Riva-Rochchi usulida); 4. Eritrotsit va leykotsitlar to‗g‗risida aniq tushuncha va bilimga ega bo‗lish va ularni sanay olish. 5. Nevroz va stresslar to‗g‗risida aniq ma‘lumot olish; 6. Ko‗ruv o‗tkirligi va ko‗ruv maydoni haqida aniq ilmga ega bo‗lish va amaliyotda qo‗llay olish; 7. Gormonal preparatlar haqida aniq va mukammal ilmga ega bo‗lgan xolda amalda tatbiq eta bilish; 8. Inson gigienasi, ovqat ratsioni, oqsil, gusht, uglevodlar nisbati. Sifatli va sifatsiz oqsillar va ularning organizmdagi ahamiyatini bilish va hayotda bilimlarini ishlata olish. 9. Gastrit va hazm a‘zolari kasalliklari hamda ularni oldini olish haqida to‗la va aniq ilmga ega bo‗lish Fanning o‗quv rejasidagi boshqa fanlar bilan o‗zaro bog‗liqligi va uslubiy jixatdan uzviy ketma – ketligi. 1. Umumbiologik bog‗lanish botanika fani bilan o‗simliklardan dori olish etishtirish va boshqa - zoologiya, genetika, molekulyar biologiya fani yutuqlari va ularni bilimga tadbiq qilish. 2. Patologiya va patanatomiya fanlari bilan bog‗lash. Masalan: YUrak me‘yordagi faoliyatini o‗rgatish. 3. Bioximiya – fanida aminokislotlar, oqsillar me‘da shirasi tarkibi va boshqa mavzular bilan bog‗lash. Noorganik va organik kislotalar farqi umumiyligini bilish. 4. Lotin tili, rus tili va chet tillar bilan bog‗lash. 5. Mikrobiologiya, biofizika va boshqa fanlar bilan mavzularni bog‗lash va farmatsiya yo‗nalishidagi umumiylikni qayd qilish. 6. Ma‘naviyat va ma‘rifat sohasida hamda patriotizm, vatanni sevish, xalq mulkiga ehtiyot bo‗lish tarix, politekonomiya, hukuqshunoslik va boshqa shu yo‗nalishdagi fanlar bilan bog‗lanish. Fanning ishlab chiqarishdagi o‗rni Oliy tibbiy bilimgohlarda o‗qitiladigan fanlar ichida fiziologiya bilan anatomiya asoslari fani ma‘lum ahamiyatga ega. U organizmning tuzilishini, unda kechadigan hayotiy jarayonlarni idora etish mexanizmlarini o‗rganadi. Fiziologiya, anatomiya asoslari fani tibbiyotning barcha sohalarida tajribaga asoslangan ma‘lumotlardan keng foydalanadi. Fiziologiya sohasida to‗plangan bilimlar turli tibbiyot sohasidagi mutaxasislar uchun, shu jumladan farmatsevtika instituti talabalari uchun ham nihoyatda zarurdir. CHunki organizmning tuzilishi, unda kechadigan fiziologik jarayonlarni bilish, kasal organizmda ro‗y beradigan o‗zgarishlarni hamda dori moddalarini ta‘sir etish mexanizmini tushunishga katta yordam beradi. Fanni o‗qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. Fiziologiya anatomiya asoslari bilan fanini o‗rganishda hozirgi zamonda keng qo‗llanilayotgan komp‘yuterdan foydalaniladi. Fanning barcha bo‗limlari bo‗yicha test savollari tuzilib, kompyuterga kiritilgan va komp‘yuter orqali talabalarning olgan nazariy bilim darajalari muntazam tekshirib boriladi. Bundan tashqari fiziologiya fani bo‗yicha etuk dotsent va professor o‗qituvchilar tomonidan o‗qitiladigan ma‘ruzalar va amaliy mashg‗ulotlarining barcha mavzulari bo‗yicha audio va video fil‘mlar yaratilgan. Ma‘ruza vaqtida kinofil‘mlar, diafil‘mlar, mulyajlar, makro va mikropreparatlar, videofil‘mlardan foydalanib, zamonaviy pedagogik texnologiya usullari keng qo‗llanilayapti. Masalan: 1. ―Hujayra tuzilishi va faoliyati‖, ―To‗qimalar‖, ―Qon‖, ―Gemostaz mexanizmlari‖, ―Nafas tizimi‖, mavzularida ―Bumerang‖, ―CHarxpalak‖, ―Blits o‗yini‖ usullari qo‗llaniladi. 2. ―Ovqat hazm qilish‖, ―Mushaklar fiziologiyasi‖, ―Moddalar va energiya almashinuvi‖ mavzularida ―Aqliy xujum‖, ―Klaster‖, ―Charxpalak‖ pedagogik texnologiya usullari qo‗llaniladi. 3. ―Ajratish tizimi‖, ―Ichki sekretsiya bezlari‖, ―Markaziy asab tizimi‖, ―Vegetativ asab tizimi‖ mavzularida ―Bumerang‖, ―Aqliy hujum‖, ―Vertushka‖, kabi pedagogik texnologiya usullari qo‗llaniladi. 4. Ma‘ruzalarda ―Aqliy xujum‖, ―Klaster‖ usullari qo‗llanilib kelinmoqda. Asosiy qism Fanga kirish Fiziologiya va anatomiya fanlari fundamental fan bo‗lib, oliy tibbiy ta‘limotda tutgan o‗rniga ko‗ra asosiy fanlardan hisoblanadi. Fiziologiya va anatomiya fanlarining ahamiyati sog‗liqni saqlashda profilaktik yo‗nalishni rivojlanishida, kasallikning kelib chiqishi va davolash choralarini izlashga qaratilgan. Tibbiy biologik eksperimentlar o‗tkazish va ularning natijalarini tahlil etishda umumiy prinsiplarni anglash. Modellashtirish, uning turlari, imkoniyatlari chegaralanganligi to‗g‗risida. Fiziologiya anatomiya fani o‗rganish usulari va vazifalari, tibbiyot va farmatsevtikadagi ahamiyati. Hujayra nazariyasi. Evolyusion taqqoslash usuli to‗g‗risida. Elektron mikroskop darajasida hujayra tuzilishi. Tirik organizm hujayrasining shakli va katta kichikpigi. Yadro, sitoplazma, organoidlar, kiritmalar. Nuklein kislotalarni oksil sintezi va irsiy axborotdagi roli. Sitoplazma, hujayra qobig‗i, ularning funksiyasi, membrananing ultra strukturasi. Maxsus organoidlar, ahamiyati. Kiritmalar, ularning ahamiyati. Organizm to‗qimalarining tuzilishi va asosiy funksiyalari. To‗qima to‗g‗risida tushuncha. Hujayra elementlari va oraliq moddalar. To‗qima turlari. Epitelial to‗qima. Epitelial to‗qimani umumiy tuzilishi va funksiyalari. Biriktiruvchi to‗qima, uning kpassifikatsiyasi. Biriktiruvchi to‗qimani tayanch- trofik va himoya funksiyalari. YUmshoq va zich shakllanmagan, shakllangan va retikulyar biriktiruvchi to‗qimaning tuzilishi. Endoteliy. Tog‗ayning tuzilishi va turlari. Suyak to‗qimasining tuzilishi va funksiyasi. Embriologiya elementlari va organizm ko‗payishi to‗g‗risida talabalarga to‗liq ma‘lumot beriladi. Ko‗payish va evolyusiya haqida umumiy tushuncha va uning shakllari. Ayol ichki jinsiy a‘zolarining anatomiyasi va joylanishi. Tuxumdon bachadon va qinning anatomik tuzilishi. Ayol jinsiy organlarining fiziologiyasi. Follikulalar rivojlanish jarayonida tuxum hujayralarining hosil bo‗lishi va o‗zgarishi. Ayollar jinsiy sikli. Ovulyasiyadan oldingi va keyingi davrlar. Hayz ko‗rish. Tuxum hujayralarini urug‗langandan so‗ng organizmdagi o‗zgarishlar. Sariq tanachalarining rivojlanishi va uning roli. Homiladorlik. Yuldoshning hosil bo‗lishi va roli. Tuxumdonning gormonal funksiyasi. Estrogen (estrogen, estreol, estradiol)ni birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarining rivojlanishida va ayollar jinsiy gormonlari xaqida tushuncha. Hujayra tuzilishi va fiziologiyasi. Organizmdagi to‗qimalar tuzilishi va vazifalari. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling