Farmasevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana11.12.2017
Hajmi5.01 Kb.
#22026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13

 
To‗qima  xaqida  tushuncha,  hujayraviy  elementlari  va  oraliq  modda.  To‗qima  turlari. 
Epiteliy  to‗qimaning  umumiy  tuzilishi  va  faoliyati.  Bezlar,  tuzilishi,  tasnifi  va  bezlar 

faoliyati. 
Qo‗shuvchi  to‗qima,  ularning  tasnifi.  Biriktiruvchi  to‗qimaning  tayanch,  trofik  va 
himoya faoliyati.  
SHakllanmagan,  zich  bo‗lmagan,  zich  (shakllangan  va  shakllanmagan)  va  retikulyar 
qo‗shuvchi to‗qima. Boylamalar, paylar, ularning ahamiyati. Endoteliy. Tog‗ay va uning 
turlari. Suyak tuzilishi va uning funksiyasi.    
Mushak to‗qimalari. Ularning  funksiyalari.  Silliq va ko‗ndalang  targ‗il  mushaklarning 
tuzilishi va xossasi. 
Nerv to‗qimasi va uning funksiyasi. Neyron tuzilishi. Mielinli va mielinsiz nerv tolalari. 
Ularning tuzilishi va xossalari. 
Qo‗zg‗alish va qo‗zg‗aluvchanlik xaqida umumiy tushuncha. Ichki va tashqi adekvat va 
noadekvat qo‗zg‗atuvchilar. Qo‗zg‗atish va   kuzg‗aluvchanlikni aniqlash usullari. Nerv va 
mushaklarni   stimulyasiyasi   usuli. Qo‗zg‗alishni yozib olish. 
Bioelektrik  hodisalar  va  ularning  kashf  etish  tarixi.  Tinchlik  va  harakat  potensiallari. 
Maxalliy  va  tarqaluvchi  qo‗zg‗alish,  ularning  xususiyatlari.  YAkka  tolalarda 
qo‗zg‗alishning paydo bo‗lishi, tarqalish jarayoni xaqida tushuncha. Giper – polyarizatsiya   
hodisasi va hujayra membranasining mustaqil depolyarizatsiyasi. 
Asab tolalari va asab uchlari. Refleks va reflektor yoyi. Gomeostaz.  
 
Tayanch xarakat apparati. Sklet va muskul tuzilishi va vazifalari. 
 Harakat  barcha  tirik  mavjudotlar,  jumladan  odamning  hayotida  ham  muhum 
ahamiyatga  ega.  Hayvonlarni  o‗simliklardan  ajratib  turadigan  asosiy  belgi  fazoda  faol 
harakatlanishdir.  Harakat  hayvonni  atrofdagi  tashqi  muhitga  moslashtiruvchi  asosiy 
reaksiyalardan bo‗lib, harakat apparati ishtirokida yuzaga chiqadi.  
 Odamning  skeleti  200  dan  ortiq  skeletdan  tashkil  topgan,  shulardan  95  tasi  juft 
suyaklar,  qolgani  toq.  Skelet  og‗irligi  5  –  6  kg  ga  keladi  va  erkaklarda  umumiy  gavda 
og‗irligining 10%, ayollarda esa 8,5% tashkil etadi. 
 Mushaklar  (musculi)  odam  harakat  apparatining  aktiv  qismidir.  Suyaklar,  boylamlar, 
fastsiyalar uning passiv qismini tashkil qiladi.  
 Gavdamizning  skelet  mushaklarining  hammasi:  bosh,  tana  va  qo‗l  –  oyoqlarning 
mushaklari  ko‗ndalang,  targ‗il  mushak  to‗qimasidan  tashkil  topgan.  Ko‗ndalang  targ‗il 
mushaklarning  qisqarishi  bizning  ihtiyorimizga,  bizning  ongimizga  bog‗liq,  shu 
munosabat bilan bunday mushaklar ihtiyoriy muskulatura deb ataladi.     
Qon va limfa. Qonning shaklli elimentlari va plazma tarkibi.
 
 
Qon  va  limfa  organizmning  ichki  muhiti.  Qon  va  limfaning  fiziologik  ahamiyati.  Qon 
sistemasi xaqida tushuncha. Organizmdagi qonning mikdori. Qon tarkibi. Qonning shaklli 
elementlari.  Eritrotsitlar,  ularning  tuzilishi,  miqdori  va  funksiyasi.  Gemoglabin,  uning 
tarkibi,  gaz  almashinuvidagi  roli.  Gemoliz.  Eritrotsitlar  cho‗kish  reaksiyalari,  (SOE)  uni 

aniqlash.  Leykotsitlar  va  organizmda  ularning  roli.  Fagotsitoz.  Leykotsitlar  midori  va 
turlari. Leykotsit formula. Leykotsitoz va leykopeniya. Trombotsitov va ularning roli. Don 
plazmasi  va  ularning  tarkibi.  Qonning  fizik  va  kimyoviy  xossasi.  Solishtirma  og‗irligi, 
yopishqoqligi. Osmotik bosimi. Plazmaning kimyoviy tarkibi. 
Organik  va  anorganik  moddalar.Fiziologik  eritmalar.Izotonik,  gipertonik  va  gipotonik 
eritmalar.Qon  o‗rnini  almashtiradigan  eritmalarQonning  ivishi.Qon  ivishining 
ahamiyati.Qon  ivishiga  qarshi  sistema.Qon  quyish,  tibbiyotda  uning  axamiyati.  Kon 
gruppalari.ularni  aniklash.Rezus  faktor.Qon  yaratilishi  va  qon  taksimlanishi  jarayonlarini 
nerv- gumoral idora etilishi. 
Limfa  tarkibi  va  ahamiyati.  Limfa  hosil  bo‗lishi.Limfa  sirkulyasiyasi.  Limfa 
tugunlarining roli. Limfa va qon orasidagi moddalar apmashinuvi. Gemostaz mexanizmi. 
 
Gemostaz mexanizmlari. Qon guruhlari,  Rezus-faktor.  Limfa. 
Odamlarning  qon  plazmasida  ikkita  har  xil  agglyutinin  bo‗lish  mumkinligi  aniqlandi. 
Bular yunon alifbosi harflari a va v bilan belgilanadi. Eritrotsitlarda agglyutinogenlar ham 
ikki  xil bo‗ladi,  ular lotin alifbesi harflari  A  va  V  bilan  belgilanadi.  Agglyutinin  a  bilan 
agglyutinogen  A  bir  –  biriga duch kelib  qolsa, yoki  agglyutinin  v bilan  agglyutinogen  V 
bir – biriga duch kelib qolsa eritrotsitlar agglyutinatsiyaga uchraydi.  
Ko‗pchilik odamlarning eritrotsitlarida yana bitta modda, ya‘ni birinchi marta 1940 yili 
Landshteyner va Viner tomonidan makaka maymunlar (macacus resus) qonida topilgan va 
shu sababdan rezus – faktor (Rh) deb ataladigan omil bo‗ladi.  
Qon aylanishi. Yurak fiziologiyasi va tuzilishi. Qon tomirlar tuzilishi va 
fiziologiyasi. 
Organizmda  qon  aylanishining  roli.  Qon  aylanishi  xaqidagi  tushunchaning  tarixiy 
rivojlanishi. Yurak-qon tomir sistemasining umumiy tuzilishi. Yurakning tuzilishi. Yurak 
topografiyasi.  Yurak  klapanlarining  tuzilishi.  Yurak  devorlarining  gistologik  tuzilishi. 
Perikard,miokard, endokard.Yurak tomirlari. 
Yurak  faoliyati.  Sistola,  diastola.  Yurak  tonlari.ularning  kelib  chiqishi.  Yurakning 
sistolik  va  minutlik  hajmi.  YUrak  faoliyatini  xozirgi  zamonda  tekshirish  usuli.Yurakda 
ko‗zg‗alishning sodir bo‗lishi va o‗tkazilishi. Yurakning.. o‗tkazuvchi sistemasining atipik 
muskuli  va  yurakdagi  tugunlari.  Gis  tutami.  Yurak  avtomatiyasi.  Ajratib  olingan 
yurakning  ishi.  Stannius  boylamlari.  Skelet  muskullari  bilan  solishtirganda  yurak 
muskullarining  qo‗zg‗alishining  o‗ziga  xosligi.  Absolyut  va  nisbiy  refraktor  fazalar. 
YUrakda  qo‗zg‗alishning  o‗tishi.  Bradikardiya,  taxikardiya,  ekstrasistoliya,  kompensator 
pauza  va  uning  kelib  chiqishi.  Hilpirash  aritmiyasi.  "BOR  YOKI  YO‗Q  QONUNI"  va 
uning  nisbiyligi.  "YUrak  qonuni".  YUrakdagi  elektrik  qonunlar,  elektrokardiogrammani 
shakllanish mexanizmi. Elektrokardiogrammani yozib olish. 
Nafas. Nafas fiziologiyasi. Sog‗lom turmush tarzida nafasning ahamiyati. 
 

Nafas  jarayonmning  mohiyati  va  organizm  uchun  ahamiyati.Nafas  organlari  xakida 
umumiy tasavvur. 
Burun  bo‗shlig‗ining  tuzilishi.Qo‗shimcha  havo  tashuvchi  bo‗shliq.  Burun  bo‗shlig‗i 
shilliq  pardasining  tuzilishi.  Burun'ning  himoya  moslanish  funksiyasi.  Hiqildok, 
traxeya.bronxlar  va  bronxiolalarning  anatomik  va  gistologik  tuzilishi.Tovush  apparatlari 
va tovush chiqarish mexanizmlari. 
O‗pka.  SHakli,  bo‗laklari,  yuzasi,  qirralari,  o‗pkaning  joylashishi  va  chegaralari. 
Plevra.plevral bo‗shliq.Plevra bo‗shlig‗idagi bosim. Pnevmotoraks. 
Nafas fiziologiyasi. Nafas jarayonlari xaqida umumiy tushuncha.Tashqi muhit va o‗pka 
orasidagi gazlar almashinuvi.alveolyar havo va qon o‗rtasidagi gaz almashinuvi. 
Tashqi  nafas.  Nafas  olish  va  chiqarish  mexanizmi.  O‗pka  ventilyasiyasi.  O‗pkaning 
havo  hajmi.  Tashqi  muhit  va  alveolalar  orasidagi  gaz  almashinuvi.  Nafas  olingan  va 
chiqarilgan havoning tarkibi. 
 
Hazmlanish. Hazm a‘zolari tuzilishi va vazifasi. Og‗iz bo‗shlig‗i va me‘dada 
hazmlanish  jarayoni. 
Hazm  jarayoining  mohiyati  va  organizm  uchun  uning  ahamiyati.  Hazm  yullarining 
umumiy    chizmasi. Fermentlar va  ularning xossalari. Hazm  qilish a‘zolar fiziologiyasini     
o‗rganishda  I.I.Pavlovning  ishlari.  Hazm  qilishni  o‗rganish  usullari.  Hazm  yo‗li 
devorlarining tuzilishi: shillik, mushak va seroz qobig‗ini hazm yo‗lining turli qismlardagi 
o‗ziga xos tuzilishga ega ekanligi. 
Og‗iz  bo‗shlig‗ining  tuzilishi.  Og‗iz  bo‗shlig‗ining  devorlari  til,  tish,  so‗lak  bezlari. 
ularning  gistologik  tuzilishi.  Me‘daning  anatomik  va  topografik  tuzilishi.  Me‘da 
bezlarining tuzilishi va ularning funksional bog‗lanishi. 
Og‗iz  bo‗shlig‗ida  hazm.  Chaynash  akti.  So‗lak  tarkibi  va  hazmga  ta‘siri.  So‗lak 
fermentlari. So‗lak bezining sekretor nervlari. So‗lak sekretsiyasiga gumoral ta‘sir. So‗lak 
bezlarining ovqat tarkibiga, sifati va mikdoriga moslanishi. So‗lak ajralishining shartli va 
shartsiz reflekslari. Yutish  akti. 
Hazmlanish. Ingichka va yo‗g‗on ichak tuzilishi va vazifalari. Jigar, me‘da osti bezi. 
Me‘dada  ovqat  hazmi.  Odam  va  hayvonlarda  me‘da  sekretsiyasini  o‗rganish  usullari. 
Me‘da  fistulasi  (VABasov)  Gandengayn  va  I.P.Pavlov  usuli  bo‗yicha  "ajratib  olingan 
oshqozoncha"  usuli  bo‗yicha:  me‘da  shirasining  tarkibi  va  xossalarini  o‗rganish.  Me‘da 
shirasining  fermentlari.  Me‘da  sekretsiyasining  fazalari.  Murakkab  reflektor  faza.Me‘da 
shirasining  ajralishining  mexanik  va  gumoral-kimyoviy  fazasi.Me‘daning  motor 
funksiyasi. Qusish. Ovqat moddalarini me‘dadan 12 barmoqli ichakka o‗tishi. Pilorik va 
pilorik oldi sfinkgerlari.ularning mexanizmi va faoliyati. 
 
Modda va energiya almashinuvi. Oziqlanish. Termoregulyasiya. 
Organizm  hayotida  modda  almashinuvining  ahamiyati.  Modda  va  energiya  kirish  va 
sarflash  balansi.  Organik  moddalarning  sintezi  va  parchalanish.  Oqsil,  yog‗  va 
uglevodlarning plastik va energetik ahamiyati. 

Oqsil  almashinuvi.  Aminokislotalar,ularning  tarkibiy  qismi  elementlari.  Oqsillar 
biologik boylik. Munosib va nomunosib oqsillar. 
Organizmda azot balansi. Musbat va manfiy azot balansi. Organizm xujayralarida oksil 
va  aminokislotalarning  parchalanishi.  Oqsil  parchalanishining  oxirgi  maxsulotlari. 
Jigarning mochevina hosil qilish funksiyasi. Mochevina sintezi. Siydik kislotasining hosil 
bo‗lishi. Oqsil apmashinuvini idora etilishi. 
Uglevod  almashinuvi.  Organizmda  uglevodlarning  roli.  Ozuqa  glyukozuriyasi. 
Jigarning  glikogen  hosil  qilish  funksiyasi.  Organizm  hujayralarida  uglevodning 
parchalanishi.  Anaerob  va  aerob  glikoliz.  Parchalanishning  oxirgi  mahsulotlari.  Uglevod 
almashinuvining nerv va gumoral idora etilishi. 
Suv  va  mineral  tuzlar  almashinuvi.  Organizmda  suv  balansi  va  osmotik  bosim. 
Organizm uchun kerakli bo‗lgan tuzlar va ularning ahamiyati. Kalsiy, fosfor,natriy,kaliy, 
xlor, temir.yod va boshqa elementlarning almashinuvi. Ularning organizm uchun iste‘moli 
va ahamiyati. Suv va tuz almashinuvining nerv va gumoral idora etilishi. 
Hayot   jarayonlari   uchun   haroratning   ahamiyati. Harorat   o‗zgarishiga nisbatan 
tana haroratini saqlovchi va tana harorati o‗zgarib turadigan hayvonlar. Termoregulyasiya 
xaqida umumiy tushuncha. 
Organizmda issiqlik hosil qilish va issiqlik sarf qilish jarayonlari. Issiqlikni hosil qilish 
va  sarflashning  nerv  reflektor  va  gumoral  idora  etilishi.  Issiqlikni  hosil  bo‗lishini  idora 
etuvchi asosiy faktor bo‗lgan modda almashinuvining darajasini o‗zgarishi. Teridagi qon 
tomirlarni  kengaytiruvchi  va  toraytiruvchi  nervlarning  issiqlik  chiqarishdagi  roli. 
Termoregulyasiya 
markazi. 
Issiqlikni 
chiqishida 
ter 
ajralishining 
ahamiyati. 
Termoregulyasiyaning gumoral faktorlari. Odamning tana harorati va uni sutka davomida 
o‗zgarib turishi. 
Ayiruv jarayoni. Buyrak tuzilishi va fiziologiyasi. Diurez mexanizmi. 
Organizm uchun ajratish jarayonlarining umumiy ahamiyati. Buyraklarning roli. Siydik 
pufagi  va  siydik  chiqarish  kanallarining  topografiyasi  va  anatomiyasi.  Nefron  va  uning 
tuzilishi. Po‗stloq va yukstamedullar nefron.Siydik yo‗li va pufagi devorlarining gistologik 
tuzilishi. 
Buyrakda  siydikning  hosil  bo‗lishi.  Siydik  hosil  bo‗lishi  haqida  hozirgi  zamon 
tushunchasi.  Filtratsiya.reabsorbsiya  va  sekretsiya  jarayonlari.  Bu  jarayonlar  mexanizmi 
va siydik hosil bo‗lishidagi ketma-ketligi. 
Siydik  tarkibi,  odamda  bir  sutkalik  mikdori.Fiziologiya  va  patalogiya  jarayonlariga 
diurezning 
bog‗liqligi.Siydik 
hosil 
bo‗lishiga 
gormonlarni 
ta‘sir 
qilish 
mexanizmi(antidiuretik gormon adrenalin,mineralokortikoidlar va boshqalar). 
 
Ichki sekretsiya.  Ichki sekretsiya bezlari tuzilishi va vazifalari. 
Ichki  sekretsiya  bezlari.ularning  fiziologik  ahamiyati.  Ichki  sekretsiya  bezlarining 
funksiyalarini  o‗rganish  usullari  (olib  tashlash,olib  o‗tkazish,organoterapiya,klinik 
kuzatuvlar). Ichki sekretsiya bezlarining giper va  gipo funksiyalari  guruhi. 

 
Muskullar va asab fiziologiyasi. Qo‗zg‗aluvchan to‗qimalar umumiy trakibi.  
Muskullar va muskul hujayrasi fiziologiyasi
 Mushaklarning  asosiy  fiziologik  xossalari  (qo‗zg‗aluvchanlik.  o‗tkazuvchanlik. 
qisqaruvchanlik).Izotonik va izometrik qisqarish, mushaklar tonusi. 
Yakka  qisqarish.  Summatsiya  va  tetanus.Tetanus  turlari.Skelet  muskullari  tonusi.Asab 
mushak  sinapsining  tuzilishi.Nervdan  skelet  mushaklariga  qo‗zg‗alishni  o‗tkazish 
mexanizmi. 
Atsetilxolin 
va 
xolinesteraza 
sekretsiyasi 
va 
roli. 
Vvedensshy 
pessimumi.Mushak  qisqarish  mexanizmi.Miofibrillarni  tinchlik  va  qisqarish  davridagi 
strukturasi.  Mushaklar  qisqarishida  ATF,  kreatinfosfat,  sut  kislotasining  roli.  Mushak 
qisqarishining  energetikasi.  Mushak  kuchi.Uni  o‗lchash  usuli.  Organizm  sharoitida 
mushaklar  ishi.  Organizmga  mushak  faoliyatining  ta‘siri.  Mushaklarning  ish 
gipertrofiyasi. Ko‗ndalang va targ‗il mushaklarning solishtirma fiziologiyasi. 
 
Muskullar va asab fiziologiyasi. Asab va asab xujayrasi fiziologiyasi
 
O‗tkazuvchanlik asab tolalarining taxaluslashgan, ya‘ni o‗ziga xos funksiyasidir, mana 
shu  funksiya  tufayli  asab–  impulslari  retseptorlarddan  markaziy  asab  tizimigacha, 
markaziy asab tizimidan esa ijrochi a‘zolarga tarqalib boradi. Mazkur jarayonni bir necha 
qonuni aniqlangan. 
  Qo‗zg‗alish  va  qo‗zg‗aluvchanlik  xaqida  umumiy  tushuncha.  Ichki  va  tashqi  adekvat  
va   noadekvat  qo‗zg‗atuvchilar. Qo‗zg‗atish   va   qo‗zg‗aluvchanlikni aniqlash usullari. 
Asab va mushaklar  stimulyasiyasi   usuli. Qo‗zg‗alishni yozib olish. 
Bioelektrik 
hodisalar 
va 
ularning 
kashf 
etish 
tarixi.Tinchlik 
va 
harakat 
potensiallari.Maxalliy  va  'tarqaluvchi  qo‗zg‗alish,  ularning xususiyatlari.YAkka  tolalarda 
qo‗zg‗alishning  paydo  bo‗lishi.tarqalish  jarayoni  haqida  tushuncha.  Giperpolyarizatsiya 
hodisasi va hujayra membranasining mustaqil depolyarizatsiyasi. 
 
MAT fiziologiyasi. MAT umumiy xossalari. MAT umumiy anatomiya va fiziologiyasi. 
 
Organizm  hayot  faoliyatida  markaziy  asab  tizimi  (MAT)ning  funksiyasi.roli  va 
tuzilishdagi umumiy xarakteristika. 
MATning  anatomiyasi.  Bosh  va  orqa  miya  .odamlarda  ularning  joylanishi.Uning 
shakllari.Orqa  miya  segmentlari.Oldingi  va  orqa  miya  ildizi.Kulrang  moddaning  oldingi, 
orqa va yon shoxlari. Orqa miya kanali.Miyaning ustun qismi va katta yarim sharlari. Bosh 
miya  qorinchalari,  serebrospinal  suyuqlik  va  ularning  roli.Uzunchok  miyaning 
tuzilishi.Orqa miyaning tuzilishi (varoliev ko‗prigi va miyacha).Oraliq miyaning tuzilishi 
(ko‗ruv do‗mboqlari.do‗mboq osti qismi.tizzasimon tana).O‗rta miya(to‗rt tepalik va miya 
oyoqchalari).Oxirgi miya(katta yarim sharlari.targ‗il tana). 
Retikulyar  formatsiyaning  tuzilishi  va  joylanishi.Bosh  miya  fiziologiyasining  umumiy 
kismi.MATning  funksiyalarini  o‗rganish  usullari:  qo‗zg‗atish.buzish,  ekstirpatsiya,  qirqish, 
bioelektrik holatlarni yozib olish. 

Vegetativ asab tizimining umumiy tuzilishi. Parasimpatik va simpatik asab tizimi. 
Parasimpatik  asab  tizimining  markazlari(uzunchoq  miya,  o‗rta  miya,orkq  miyaning 
dumg‗aza 
qismlarida).Simpatik 
asab 
markazlari 
(orqa 
miyaning 
bel-ko‗krak 
qismi).CHegaralovchi simpatik ustun.Organ ichidagi parasimpatik gangliyalar. Umurtqa oldi 
simpatik  gangliya.Vegetativ  asab  tizimining  fiziologiyasi.  Vegetativ  gangliyalar  funksiyasi 
va fiziologik xossalari. Mediatorlar haqida umumiy tushuncha. 
 
MAT xususiy fiziologiyasi. Vegetativ asab tizimi. 
Tashqi  va  ichki  tormozlanish,  miya  po‗stlog‗ining  bir  faoliyatdan  ikkinchi  faoliyatga 
shartli  refleks  yo‗li  bilan  o‗tishi.  Qo‗zg‗alish  va  tormozlanish.  Irradiatsiya  va 
koordinatsiya.  Periferik  asab  tizimi.  Organizm  funksiyasini  idora  etishda  vegetativ  asab 
tizimining  umumiy  ahamiyati.  Organizm  funksiyasini  idora  etishda  vegetativ  asab 
tizimining umumiy ahamiyati.  
Vegetativ  asab  tizimining  umumiy  tuzilishi.  Parasimpatik  va  simpatik  asab  tizimi. 
Parasimpatik  asab  tizimining  markazlari  (uzunchoq  miya,  orqa  miyaning  dumg‗aza 
qismlarida).  Simpatik  asab  markazlari  (orqa  miyaning  bel  –  ko‗krak  qismi). 
CHegaralovchi  simpatik  ustun.  Organ  ichidagi  parasimpatik  gangliyalar.  Umurtqa  oldi 
simpatik  gangliya.  Vegetativ  asab  tizimining  fiziologiyasi.  Vegetativ  gangliyalar 
funksiyasi va fiziologik xossalari. Mediatorlar haqida umumiy tushuncha.   
Sezgi a‘zolari tuzilishi va fiziologiyasi. Eshituv, ko‗ruv, teri sezuvchanligi,  xid va 
ta‘m bilish

Odam  hayot  faoliyatida  sezgi  organlarining  ahamiyati.  I.P  .Pavlovning  analizatorlar 
haqidagi  ta‘limoti.  Retsepsiya  organlarining  klassifikatsiyasi  (eksteroretseptorlar,  intero-
retseptorlar,  proprioretseptorlar).Retseptorlarning  qo‗zg‗alish  mexanizmi.Veber-Fexner 
qonuni.Retseptorlar adaptatsiyasi.Asab tizimida axborotni kodga solish. 
Ko‗ruv  retsepsiyasi.  Ko‗zning  optik  tizimi.Akkomadatsiya,  qorachiq  va  uning 
refleksi.Ko‗z refraksiyasining anomaliyasi To‗r parda va ko‗ruv nervlarining strukturasi va 
funksiyasi.Ko‗rishda  ko‗z  harakatining  roli.Ko‗r  va  sariq  dog‗.  Rang  ko‗rishning 
buzilishi.Ko‗z o‗tkirligi va uni aniqlash. Ko‗zning muskul apparati. 
Eshitish  organi.Quloqning  anatomik  va  gistologik  tuzilishi.  Tashqi  va  o‗rta  quloqning 
tuzilishi.Ichki  quloq  va  uning  tuzilishi.Eshituv  organlarining  sezgirligi.Eshitish  o‗tkirligini 
aniqlash. 
Vestibulyar apparatning tuzilishi.uning fiziologiyadagi roli va jarohatlanishining  oqibati. 
Hid bilish va ta‘m bilish retsepsiyasi.Ularning funksiyasi va ahamiyati.Og‗riq retsepsiyasi 
va  og‗riq  sezuvchi  retseptorlar.Og‗riq  o‗tkazuvchi  tolalar.  Og‗riq  retseptorlarining 
adaptatsiyasi.  Og‗rituvchi  ta‘sirotlar  lokalizatsiyasini  aniqlash  va  aks  etgan  og‗riq. 
Qichishuv.Taktil,  temperatura  retsepsiyasi.  Proprioretsepsiyaning  harakatni  idora  etishdagi 
roli. 
 

Oliy asab fiziologiyasi xossalari. Katta yarim sharlar anatomiyasi. Shartli refleks. 
Tormozlanish

 
Bosh  miya  po‗stlog‗i  anatomik  va  gistologik  tuzilishi.  Bosh  miya  qobig‗i.    Qadoq 
tanasi.  Bosh  miya  yarim  sharlarinini  o‗rganish  usullari  (psixologik  va  klinik) 
I.M.Sechenovning  "BOSH  MIYA  REFLEKSLARI"  kitobining  ahamiyati.  SHartli 
reflekslarni  o‗rganishda  Pavlovning  ob‘ektiv  metodi.SHartli  va  shartsiz  reflekslarning 
tafovuti  ularni  klassifikatsiyasi,  komponentlari  va  hosil  qilish  qoidalari.SHartli  refleks 
signallari,biologik  ahamiyati.  Tashqi  va  ichki  tormozlanish.  Miya  po‗stlog‗ining  bir 
faoliyatidan  ikkinchi  faoliyatga  shartli  refleks  yo‗li  bilan  o‗tishi.Qo‗zg‗alish  va 
tormozlanish  irradiatsiyasi  va  koordinatsiyasi.Funksiyalarning  bosh  miya  po‗stlog‗ida 
joylashuvi.  Sensor,  proeksion,  harakatlantiruvchi  motor  zonalari.  Katta  piramida  neyron 
xujayralari.  Bosh  miya  po‗stlog‗ining  vegetativ  faoliyati.  Oliy  nerv  faoliyati  tiplari. 
Qo‗zg‗alish  va  tormozlanish  jarayonlarining  nisbati.  Nevroz  va  eksperimental  nevrozlar. 
Fe‘l – atvorning funksional tizimi. Uyqu fiziologiyasi. Uyqu turlari.  
 
Laboratoriya ishlarini tashkil etish bo‗yicha ko‗rsatma. 
 
Fan bo‘yicha laboratoriya ishlari namunaviy o‘quv rejada ko‘zda tutilmagan. 
 
Amaliy mashg‗ulotlarini tashkil etish bo‗yicha 
ko‗rsatmalar. 
Amaliy  mashg‗ulotlar  ma‘ruzalar  asosida  rejalanadi  va  o‗quv  uslubiy  ko‗rsatmalar 
asosida tashkil qilinadi. 
 
Amaliy mashg‘ulotning taxminiy ro‘yhati 
 
1.
 
Kirish.  Fiziologiya  va  anatomiya  fani,  provizorlar  uchun  ahamiyati.  Laboratoriya 
darslarida  ishlatiladigan  asbob-uskunalar.  Hujayra,  tuzilishi,  tarkibi,  ko‗payishi. 
Embriologiya elementlari. 
2.
 
To‗qimalar.  Epiteliy,  biriktiruvchi,  muskul  va  asab  to‗qimalari  tasnifi,  tuzilishi, 
xossalari, vazifasi. 
3.
 
Tayanch-harakat  a‘zolari  tizimi.  Xususiy  osteologiya.  Skelet.  Suyak  tuzilishi  va 
tarkibi. Bo‗g‗imlar. Xususiy miologiya. Mushaklar. Tuzilishi. Dars muzeyda olib boriladi. 
4.
 
Qon va limfa. Qonning fizik-kimyoviy xossalari. Qonning shaklli elementlari. Plazma 
tarkibi va xossalari. Limfa tarkibi va xossalari. 
5.
 
Gemostaz mexanizmlari. Qon guruhlari. Rezus - faktor. Qon yaratilishi. Qon tizimini 
idora etilishi. Qon guruhlari. Qon quyish 
6.
 
Qon aylanish tizimi.Katta va kichik qon aylanish doiralari. YUrak. Tuzilishi, faoliyati 
idora  etilishi.  YUrak  avtomatizmi,  o‗tkazuvchi  tizimi.  YUrak  refleksi.‖  Bor  yoki  yo‗q 
qonuni‖. Ekstrasistoliya va kompensator pauza. 
7.
 
Limfa tizimi. Qonning tomirlaridagi harakati. Tomirlar tonusini idora etilishi. Arterial 
bosim, puls bosimi. Gemodinamika qonuni. 

8.
 
Nafas. Nafas olish a‘zolari tuzilishi.nafas fiziologiyasi.Nafas idora etilishi.Tashqi va 
ichki nafas olish. 
9.
 
Hazmlanish.  Hazm  a‘zolari  tuzilishi  va  vazifasi.  Og‗iz  bo‗shlig‗i  va  me‘dada  hazmlanish  
jarayoni.
 
10.
 
O‗n-ikki  barmoqli  ichak,  ingichka  va  yo‗g‗on  ichaklarda  hazmlanish  va 
so‗rilish. Ochlik va chanqoqlik. Jigar, me‘da osti bezi tuzilishi va faoliyati. 
11.
 
Modda va energiya almashinuvi. Oziqlanish. Termoregulyasiya.
 
12.
 
Ajratish  tizimi.  Buyraklar  tuzilishi  va  faoliyati.  Siydik,  ter,  ayiruv  a‘zolari 
tomonidan ajraladigan ekskretor moddalar. 
13.
 
Ichki sekretsiya. Gipofiz. Qalqonsimon bez, paratireoid,  ayrisimon bez, me‘da 
osti  va  buyrak  usti  bezlari.  To‗qima  gormonlari.  Ko‗payish.  Erkak  va  ayollar  jinsiy 
a‘zolarining tuzilishi, xomiladorlik va tug‗riq. 
14.
 
Mushaklar  fiziologiyasi  va  tasnifi.  Mushaklar  xossasi  va  faoliyati. 
Qo‗zg‗aluvchan to‗qimalar membranasi. 
15.
 
Asab  tizimi  haqida  tushuncha.  Asab    xujayrasi,  to‗qimasi  tasnifi.  Markaziy 
asab  tizimining  o‗rganish  usullari.  M.A.T.  tuzilishi.  Orqa  miya,  miyani  o‗zagining  
tuzilishi va faoliyati. 
16.
 
Asab  tizimi.  Bosh  miya  po‗stloq  tuzilishi    va  faoliyati.  I.N.Sechenov  va 
I.P.Pavlovni asab tizimi haqida nazariyalari. Tormozlanish va qo‗zg‗aluvchanlik. 
17.
 
Sezgi  a‘zolari.  Ko‗ruv  va  eshituv  a‘zolari  tuzilishi  va  faoliyati.  Teri 
sezuvchanligi. Hid va ta‘m bilish analizatorlari. 
18.
 
 
Oliy  asab  fiziologiyasi  xossalari.  Katta  yarim  sharlar  anatomiyasi.  Shartli  refleks. 
Tormozlanish.
 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling