Farmasevtika tashkilotlatida mehnat qonunchiligi asoslari
Download 316.18 Kb.
|
FARMASEVTIKA TASHKILOTLATIDA MEHNAT QONUNCHILIGI ASOSLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Farmatsevtika ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
FARMASEVTIKA TASHKILOTLARIDA MEHNAT QONUNCHILIGI ASOSLARIBajardi:K\T 506-B Eraliyeva IntizorTekshirdi:Yusupova ZFARMATSEVTIKA ISHLAB CHIQARISHI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Farmatsevtika ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
I. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha turdagi farmatsevtika ishlab chiqarishi korxonalariga (bundan keyingi o‘rinlarda korxonalar deb yuritiladi) taalluqlidir. 2. Mazkur Qoidalar Qurilish me’yorlari va qoidalari, Sanitariya qoidalari va me’yorlari, Davlat standartlarining tegishli normalarini, shuningdek aniq ishlab chiqarishda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa tarmoq normativ hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi. 3. Mazkur Qoidalarning bajarilishini nazorat qilish korxonaning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha xizmati (muhandisi) zimmasiga yuklatiladi. 4. “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 273) muvofiq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi: ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati; ma’muriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat); bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat. Quyidagilar nazorat qilinishi lozim: ish joylarining ahvoli; mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi; mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri o‘rganib chiqilishi; mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi; mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablag‘larning to‘g‘ri sarflanishi. Oldingi tahrirga qarang. 5. Farmatsevtika ishlab chiqarishida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati qonunchilik hujjatlariga muvofiq, shunga maxsus vakolatlangan davlat organlari tomonidan, jamoat nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba tashkilotlari nomidan ular tomonidan saylanadigan mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi. Download 316.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling