- 6. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi.
- 7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq ishlovchilar soni 50 va undan ortiqni tashkil qiluvchi korxonalarda maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan shaxslar orasida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil qilinadi. Ishlovchilar soni 50 dan kam bo‘lgan korxonalarda mehnatni muhofaza qilish funksiyalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi. Mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalariga korxonada mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu ishlar o‘z vaqtida bajarilishini nazorat qilish kiradi.
2-§. Xodimlarga yo‘riqnoma berish, o‘qitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish - 13. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o‘tishlari lozim.
- 14. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bog‘liq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish “Mehnat muhofazasi bo‘yicha o‘qishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash to‘g‘risidagi Namunaviy nizom”ga (1996-yil 14-avgust, ro‘yxat raqami 272) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
4-§. Mehnat xavfsizligi bo‘yicha o‘ta xavfli kasblar va ishlar - 19. Har bir korxona o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xomashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bog‘liq xavflar hisobga olinishi lozim.
- 20. Texnologiya, qo‘llanilayotgan uskunalarning o‘zgartirilishi, yangi ishlab chiqarishlar tashkil etilishi munosabati bilan xavfli ishlarning yangi turlari vujudga kelgan taqdirda kuzatuv hamda nazorat organlarining talabiga ko‘ra ro‘yxat qayta ko‘rib chiqilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |