Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Farmasevtika iqtisodiyoti va farmatsevtikada boshqaruv fanlaridan Davlat atestatsiyasi uchun savollar


Dorixonaning moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalari, boshqa texnika vositalari va xodimlariga bo‘lgan talablar


Download 67.29 Kb.
bet16/31
Sana21.06.2023
Hajmi67.29 Kb.
#1645797
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
GOST fitq

Dorixonaning moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalari, boshqa texnika vositalari va xodimlariga bo‘lgan talablar.

- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2004 yil 30 iyundagi 304-sonli “Dorixona muassasalarining moddiy-texnika bazasi, asbob-uskunalari, boshqa texnik vositalari va xodimlarga bo‘lgan talablar. asosiy holatlar tarmoq standartini tasdiqlash haqidagi buyrug‘i chiqdi.
Ushbu tarmoq standarti “Dori darmon davlat aksiyadorlik assotsiyasiyasi, dori vositalari tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi, toshkent farmatsevtika instituti tomonidan ishlab chiqarilgan”.
Ushbu standart mulkchilik shaklidan qat’iy nazar chakana, ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi barcha dorixonalar uchun majburiydir.
Ushbu standart shifoxona dorixonalari uchun tarqatilmaydi.
- standartda kirish, termin va atamalar, umumiy xolatlar dorixona muassasalarining xonalari va ularning jixozlanishi, dori vositalari qabul qilishga qo‘yiladigan talablar, dori vositalarining saqlashga qo‘yiladigan talablar, hisob va hisobot ishlari, dorixona xodimlariga bo‘lgan talablar, dorixona faoliyatini ta’minlash, dorixona muassasasini yo‘q qilish punktlari mavjud.

  1. Dorixonaning xarajatlarining ta’rifi va tasnifi.

Dorixona xarajatlari — ishlab chiqarishda tannarxga kiritilgan xarajatlarning pul ko'rinishidagi ifodasi bo‘lib, bu xarajatlar ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetib borish bilan bog'liq bo‘lgan xarajatlardir. Xarajatlar nisbiy ko'rsatkich yordamida aks ettiriladi, xarajatlar darajasi esa ushbu formula yordamida hisoblanadi: Dorixona xarajatlari darajasi= Dorixona xarajatlar summasi/savdo hajmi• 100.

  1. Dorixona biznes-rejasi tartibi, uning ahamiyati va vazifalari.

-Biznes rejani tuzish uchun korxonalar moliyaviy-iqtisodiy ahvoli, o‘z
faoliyatlarining strategiyasi, boshqaruv uslubi, moliyaviy tarkibi va davlat
tasarrufidan chiqarib, hususiylashtirish jarayonidan kelib chiquvchi boshqa muhim masalalarni sinchiklab tahlil qilib chiqish kerak. Ta’kidlash lozimki, barcha mulkchilik shakllaridagi korxonalar iqtisodiyotini qayta qurish sharoitida sinchiklab tayyorlangan biznes rejasiz bir maromda ishlay olmaydi. Korxonaning bundan keyingi harakati qanday kechadi, biznesni bundan buyon boshqarish qanday kechadi,korxonaning moliyaviy barqarorligi va foyda olish, investitsiyalarning aylanishi qanday ta’minlanadi, shunday savollarga faqat biznes-reja mufassal tushuncha bera oladi.
Biznes-rejani tuzish korxona moliyaviy-iqtisodiy holati, ilgari qabul kilingan strategiya va taktikasining baholanish va
tahlil etilish jarayoni hamdir.
Korxonada vujudga kelgan vaziyatni baholashni amalga oshirish chog‘ida
quyidagi masalalar oydinlashtirilishi kerak.
1. Korxonaning mazkur tarmoqdagi o‘rni kanday ?
2. Mazkur korxona ish olib boruvchi bozorning xususiyati qanday?
3. Mazkur korxona bozorda qanday hissaga ega bo‘lishni istaydi?
4. a) hozirgi paytda taqdim etilayotgan mahsulot va xizmatlar;
b) mazkur tarmoqda qo‘llanilayotgan texnologiya;
v) raqobatda qanday katta o‘zgarishlar kutilishi mumkin?
5. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni yanada yaxshilash uchun korxona
tomonidan qanday chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan?
6. Mazkur korxona qanday ustunlikka ega ?
7. Korxonaning qanday ojiz tomonlari mavjud ?
8. Belgilangan maqsadlarni ruyobga chiqarish uchun qo‘shimcha kapital
mablag‘lari talab etiladimi ?
9. Qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun qanday aniq qadamlar qo‘yilishi kerak?
Bozor sharoitlarida xo‘jalik yuritish korxona rahbarini rejalashtirilgan kelgusi strategiyasini belgilash, sheriklarini tanlash, mavjud aktivlardan oqilona foydalanish maqsadida o‘tgan davrdagi o‘z moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishga majbur etadi. Bunda moliyaviy hisobot g‘oyat keng ma’noda bo‘lajak sheriklari (Aksiyalar, qarz beruvchilar va hokazolar) o‘zaro munosabatda asosiy manba va vositachi hisoblanadi.
Binobarin, hisobot ko‘rsatkichlari tahlilini to‘g‘ri tashkil etish va korxonaning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati tahlilini aniq maqsadni ko‘zlab amalga oshirish tadbirkorlik operatsiyalarini o‘tkazishda ishbilarmon sheriklarga ularning tavakkal qilish xavfi nihoyatda kamaytirilganligiga ishonch hosil qilishda yordam beradi.
Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot shakllarini olish zarur. Bevosita balansidan korxonaning muayyan sanadagi (chorak yil) moliyaviy holatining bir qator eng muhim tavsiflarini olish mumkin.
Biznes reja va moliyaviy ta’minot har qanday biznes uchun rejalashtirish va boshqarish vositasi sifatida ham, zarur sarmoyani jalb etish va mablag‘ bilan ta’minlash usuli sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
Korxonani boshqarish mobaynida biznes-reja maqsadlarini belgilash bu
yo‘nalishdagi rivojlanishni mukammallashtirishga yordam beradi. Rejani
tayyorlash rahbariyatga marketing, moliya va boshqa sohalarda xilma-xil
strategiyalarning natijalarini test tekshiruvlaridan o‘tkazish, shuningdek, eng asosiy taxminlar bo‘yicha ta’sirchanlikni tahlil qilish imkonini beradi, ya’ni biznes-reja biznesni faoliyat davrida yo‘naltirib turadi va tahlil hamda o‘zgartirishlar kiritish vositasi hisoblanadi.


  1. Download 67.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling