Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Farmasevtika iqtisodiyoti va farmatsevtikada boshqaruv fanlaridan Davlat atestatsiyasi uchun savollar


referent narx shakllantirish tizimi


Download 67.29 Kb.
bet31/31
Sana21.06.2023
Hajmi67.29 Kb.
#1645797
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
GOST fitq

referent narx shakllantirish tizimi — dori shakli, qadoqdagi soni, dozasi, konsentratsiyasi, hajmi va qadoqlanishini hisobga olgan holda ayni bir ishlab chiqaruvchining xuddi shunday faol moddaga ega dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mamlakatda, referent mamlakatlarda va O‘zbekiston Respublikasida sotish narxlarini tahlil qilish natijasi asosida har bir savdo nomi uchun cheklangan narxlarni qayd etish tizimi;
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun ruxsat etilgan hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik guvohnomasining amal qilish davrida ishlab chiqarilgan dori vositalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Referent narx shakllantirish tizimi doirasida narxlarni qayd etish dori moddalari (substansiyalar), kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan Orfan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalariga hamda cheklangan narxlar qayd etilgunga qadar sertifikatlashtirilgan dori vositalariga tatbiq etilmaydi.

  1. O‘bekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “2019 yil 31 oktyabr, 95-son “Tibbiyot va farmasevtika xodimlarini attestasiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi buyrug‘i tahlili

1. Muqaddima “O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risida”gi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari” degan so‘zlardan keyin “, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fan tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
2. 7-bandning oltinchi xatboshisidagi “davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari umumiy gigiyena va epidemiologiya” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari umumiy gigiyena mutaxassisligi bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy markazlari rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda boshqaruv xodimlari epidemiologiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 9-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “kamida ikki yildan keyin” degan so‘zlar “kamida bir yildan keyin” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi hududidagi tibbiyot muassasalarida bevosita diagnostika va davolash-profilaktika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ilmiy darajasi mavjud bo‘lgan, shuningdek mazkur Nizomning 4 — 6-bandlariga muvofiq ish stajiga, yuqori nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga istisno tariqasida, bir pog‘ona yuqori malaka toifasi beriladi.”.
4. 13-bandda:
birinchi xatboshidagi “Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “xududiy sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasining hududiy boshqarmalari va hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 22-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Mazkur Nizomning 1-bobi talablariga muvofiq tegishli malaka toifasini olish huquqiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-ilovasida belgilangan kreditlar hajmini to‘plagan hamda Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq malaka oshirgan talabgorlar malaka toifasi olish uchun attestatsiyadan o‘tkazuvchi tegishli organga ariza bilan murojaat qiladi.”.
6. 24 va 35-bandlardagi “eng kam ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 25-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“talabgor mazkur Nizomning 1-bobi talablariga muvofiq, tegishli malaka toifasini olish huquqiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi PQ-4310-son “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-ilovasida belgilangan kreditlar hajmini to‘plamagan yoki Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-dekabrdagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq malaka oshirmagan taqdirda;”.
8. 36-banddagi “tegishli bosqich o‘tkazilgan kundan boshlab bir yil” degan so‘zlar “attestatsiya o‘tkazilgan kundan boshlab to‘qqiz oy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
9. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.



Download 67.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling