Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Farmasevtika iqtisodiyoti va farmatsevtikada boshqaruv fanlaridan Davlat atestatsiyasi uchun savollar


sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum


Download 67.29 Kb.
bet30/31
Sana21.06.2023
Hajmi67.29 Kb.
#1645797
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
GOST fitq

sifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositasi va tibbiy buyum;
tibbiy buyumlar — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan buyumlar;
tibbiy texnika — kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun, shuningdek odam organizmining holati va funksiyalarini aniqlash hamda o‘zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan apparatlar, uskunalar, priborlar, asboblar, qurilmalar va majmualar;
farmakologik vositalar — muayyan dori shakliga, klinik oldi tadqiqotlarda aniqlangan farmakologik faollikka va xavfsizlikka ega bo‘lgan, klinik tadqiqot obyektlari bo‘lgan modda yoki moddalar aralashmasi;
farmatsevtika faoliyati — dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni realizatsiya qilishni qamrab oladigan faoliyat;

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31 oktabr 2016 yildagi PQ-2647-sonli “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilishi haqida.

Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo‘lishiga qaramasdan tashxis qo‘yish va davolash standartlarida ko‘zda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
1. 2017-yilning 1-yanvaridan:
chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan qiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi;
tashxis qo‘yish, davolash va klinik protokollarning yangilangan standartlarini barcha tibbiyot muassasalariga, jumladan, foydalanish uchun ochiq bo‘lgan axborot tizimlari orqali o‘z vaqtida yetkazishni ta’minlasin hamda ularga rioya etilishini qat’iy nazorat qilsin;
bir oy muddatda eng muhim dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining barcha dorixonalar uchun majburiy yangilangan minimal ro‘yxati, shuningdek, shifokor retseptisiz beriladigan dori-darmon vositalari ro‘yxatini tasdiqlasin, unga zarurat tug‘ilganda belgilangan tartibda har yili o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritsin;
yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi uchun litsenziyani bekor qilish shartlari, shuningdek, minimal ro‘yxat bo‘yicha majburiy talablarni nazarda tutgan holda, bir oy muddatda Farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi litsenziya shartnomasiga qo‘shimchalar kiritsin;
shifokorlarning dori-darmon vositalarini tavsiya etish va dorixonalarda dori-darmon vositalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin va unda belgilangan tartib buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan qat’iy javobgarlik choralarini nazarda tutsin;

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni tahlili

Mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida o‘tgan davr mobaynida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi.
Shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash, davlat organlarining hisobdorligi va ochiqligini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining roli, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
Milliy iqtisodiyotni isloh qilish borasida tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.
So‘nggi besh yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvar, PF-55-son “2022 — 2026 yillarda Respublikaning farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni tahlili

Aholini sifatli, samarali va xavfsiz farmatsevtika mahsulotlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash, farmatsevtika tarmog‘iga ilg‘or ilmiy-texnika yutuqlari va innovatsiyalarni joriy etish orqali tarmoqda ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshirish, ichki bozorni ta’minlash darajasini natural hajmda 80 foizga yetkazish maqsadida:
1. Sog‘liqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan, mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratilgan:
2022 — 2026-yillarda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha prognoz parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2024-yillarda farmatsevtika sohasida hududlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi 2-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda farmatsevtika sohasida loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalarining ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2022-yil 31-yanvarga qadar mazkur Farmonga 2-ilovada nazarda tutilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish ustidan oylik monitoring o‘rnatish va ularning o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlash choralarini belgilasin;
bir oy muddatda mazkur Farmonga 3-ilovada nazarda tutilgan istiqbolli loyihalarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini aniqlash hamda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda ularni amalga oshirishni tashkil qilish bo‘yicha aniq choralar va mas’ullarni belgilasin;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda loyiha tashabbuskorlari, shuningdek, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirsin;
2022-yil 1-apreldan farmatsevtika mahsulotlari xaridlariga ajratilishi rejalashtirilgan Davlat budjeti mablag‘lari miqdori doirasida mahalliylashtiriladigan farmatsevtika mahsulotlarini uch yil muddatga shartnoma tuzish orqali kafolatli xarid qilish mexanizmi joriy etilsin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 oktyabr, PQ-411-son “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tahlili

unga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
a) 1-ilovaga muvofiq ro‘yxatda belgilangan dori vositalaridan tashqari barcha yangi dori vositalari:
klinik tadqiqotlarning ijobiy natijasi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Bunda, alohida dori vositalarini klinik tadqiqotlarsiz davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
joyiga chiqqan holda ishlab chiqarish sharoitlarining “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP” talablariga muvofiqligi o‘rganilganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi;
b) quyidagilar bekor qilinadi:
retseptsiz beriladigan dori vositalarining ro‘yxatini Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlash. Bunda, dori vositalarining retsept bo‘yicha va retseptsiz berilishi ularning tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
dori moddalarini (substansiyalarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan dori vositalarining ro‘yxatdan o‘tkazish natijalarini tan olishda standart namunalarini talab etish;
v) Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi orqali moliyalashtiriladigan respublika darajasidagi davlat statsionar tibbiyot muassasalarida (keyingi o‘rinlarda — shifoxonalar) bemorlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash shifoxona orqali amalga oshiriladi. Bunda, alohida holatlarda shifoxonada bemorlar tomonidan olib kelingan dori vositalar va tibbiy buyumlarni ishlatishga ruxsat berish tartibi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
bemorlarni shifoxonada dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash:
2023-yil 1-iyuldan boshlab referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori bo‘lgan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 aprel, 149-son “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori tahlili

Bunda majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar turlari quyidagicha belgilansin:
birinchi guruh — ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalari bundan mustasno) — 2022-yil 1-sentabrdan boshlab;
ikkinchi guruh — birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (agar ikkilamchi (tashqi) o‘ram mavjud bo‘lmasa) va dorivor angro — mahsulotlari (orfan dori vositalari bundan mustasno) — 2022-yil 1-noyabrdan boshlab;
uchinchi guruh — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kirgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirilgan ro‘yxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasining Davlat reyestriga kiritilgan dori vositalari — 2023-yil 1-martdan boshlab;
to‘rtinchi guruh — belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan tibbiy buyumlar — 2025-yil 1-fevraldan boshlab. Bunda tibbiy buyumlar ro‘yxati Davlat soliq qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur mahsulotlarni raqamli markirovkalash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba loyihasi natijalariga asosan tasdiqlanadi.
dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kundan boshlab:
uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, ularning yaroqlilik muddati tugagunga qadar, raqamli identifikatsiyalash vositalarisiz realizatsiya qilishga;
mahalliy ishlab chiqaruvchilarga 90 kun ichida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan (qadoqda ko‘rsatilgan sana) va raqamli markirovkalanmagan holda sertifikatsiyadan o‘tkazishga;
xorijiy ishlab chiqaruvchilarga 180 kun ichida dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tartibi joriy qilingan kunga qadar ishlab chiqarilgan (qadoqda ko‘rsatilgan sana) va raqamli markirovkalanmagan mahsulotni sertifikatsiyadan o‘tkazish hamda “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirishga ruxsat beriladi.



  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 mart, PQ-4662-son “Aholining dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika va eng zarur tovarlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tahlili

1. Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartibning (keyingi o‘rinlarda — Tartib) amal qilish davrida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat bo‘yicha bojxona chegarasi orqali o‘tkazilayotgan zarur dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xomashyo, materiallar va substansiyalarga nisbatan bojxona bojlari undirilmasligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan dori vositalari, tibbiy buyumlar, tibbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar va substansiyalar, eng zarur tovarlar narxlari ustidan kunlik monitoring o‘tkazishni ta’minlasin hamda ularning narxlarini sun’iy oshirish, sun’iy tanqislik va yuqori talabni vujudga keltirishga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
3. Tartib amal qilish davrida, istisno tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi F-5537-son farmoyishiga asosan tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi):



  1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020 yil 24 mart, 115-son “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i tahlili

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4554-son “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibini belgilaydi.

Download 67.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling