Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Farmasevtika iqtisodiyoti va farmatsevtikada boshqaruv fanlaridan Davlat atestatsiyasi uchun savollar


Dorixonada tayyorlanadigan dori turlarining sifatini baholash tartibi


Download 67.29 Kb.
bet10/31
Sana21.06.2023
Hajmi67.29 Kb.
#1645797
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31
Bog'liq
GOST fitq

Dorixonada tayyorlanadigan dori turlarining sifatini baholash tartibi.

- Dorixonalarda dori vositalarining sifatini nazorat qilish ishlarini olib borish uchun nazorat - analitik xonalari tashkil etiladi. Nazorat - analitik xonalarida analitik stollar bo‘lib, ular kerakli tartibda jihozlangan boiishi shart. Stollar oldida aylanma vertushkalar ularda esa shtanglaslar, shtanglaslarda kerakli reaktivlar bo‘ladi. Stollarda byuretkalar va zarur bo‘lgan eritmalar turishi shart. Bundan tashqari, davlat farmakopey asi ning oxirgi nashri va boshqa me’yoriy hujjatlar boMishi lozim. Dorixonada tayyorlangan dori vositalari sifatini nazorat qiluvchi farmatsevt-analitik, farmatsevt-texnologlarning huquq va burchlari: dorixonada tayyorlangan dorilar sifatini nazorat qilish; dori vositalaridan bo'shagan shtanglaslami o‘z vaqtida to‘ldirib turish; assistentlar xonasida dori vositalarining amalda belgilangan qoidalarga binoan to‘g‘ri saqlanishini ta’minlab turish; qadoqlovchilarning ish jarayonlariga rahbarlik qilish; qadoqlovchilarning vazifalarini taqsimlab berish. Dorixonada tayyorlangan dorilar sifatini oshirishni ta’minlaydigan quyidagi omillarga alohida e’tibor berish kerak: - dori vositalarini qabul qilish jarayonida ularni diqqat bilan tekshirib, sifat yuzasidan shubha tug‘ilsa nazorat-analitik laboratoriyasiga yuborish; - amaldagi buyruqlar, talablarga muvofiq dorixonada sanitariya va farmatsevtika tartiblariga rioya qilish; 75 - ishlab chiqarishda ishlatiladigan apparat, asbob-uskunalarning aniq, to‘g‘ri ishlashini ta’minlash; - dorixonada dori vositalarining fizik-kimyoviy xossalarini yaroqlilik muddatini e’tiborga olib, muayyan shart-sharoitlarda saqlash (0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning 2000 y¡1 10 martdagi 109-sonli buyrug‘i ‘‘Dori vositalari, tibbiyot buyumlarining yaroqlilik muddati to‘g‘risida”); - dori moddalari bilan to‘ldirilgan shtanglaslardagi vorliqlarda tegishli yozuvlarning boiishini nazorat qilish; - dorixonaga kelgan retseptlar yoki talabnomalarning to‘g‘ri rasmiylashtirilganini tekshirish va dorilarni tayyorlash texnologiyasi qoidalariga amal qilish.
Yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalari, tez buziluvchi va turg‘un bo'lmagan preparatlar, konsentratlar, yarim fabrikatlarni sifat va miqdorini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi SSV ning 2000-yil 21- aprelda tasdiqlangan dorixona sharoitlarida tayyorlanadigan dori vositalari sifatini yaxshilash to‘g‘risidagi 195-sonli buyrug‘iga muvofiq dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarining sifatini nazorat qilishning quyidagi turlari mavjud: yozma, organoleptik, og‘zaki, fizikaviy va kimyoviy nazorat. Bundan tashqari, qabul qilish nazorati ham mavjud. Qabul qilish nazoratida dorixonaga kelib tushgan dori vositalarining qadoqlanishi, markirovkasi va tashqi ko'rinishi tekshiriladi. Agar shubha tug‘ilsa, bu dori vositasi nazorat tahlil laboratoriyasiga jo‘natiladi


  1. Download 67.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling