Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Farmasevtika iqtisodiyoti va farmatsevtikada boshqaruv fanlaridan Davlat atestatsiyasi uchun savollar
Dorixona rentabelligi va unga ta’sir etuvchi omillar
Download 67.29 Kb.
|
GOST fitq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dorixonada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi, retseptlar asosida berish, saqlash va hisobga olish qoidalari.
Dorixona rentabelligi va unga ta’sir etuvchi omillar.
-Rentabellik – foyda-daromad darajasi foyda summasining savdo hajmining chakana narxdagi summasiga bo‘lgan foiz nisbati yordamida ifodalanadi. Dorixona sof foydasining tahlili va uning istiqbolini belgilash. -Tushum------>Daromad------>Foyda------>Sof foyda Sof foyda — yalpi daromad va xarajatlar ayirmasiga teng. Sof foydaga 3 guruh omillar ta’sir etadi. Dorixonalar faoliyati xususiyatlarini aniqlab beradigan omillar: retseptlar bo‘yicha savdo, katta nomenklatura, ehtiyojni o‘rganish qiyinchiliklari va boshqalar. Yalpi daromadga ta’sir etuvchi omillar va yalpi daromadning oshishiga olib keluvchi hamda sof foydani oshiruvchi omillar. Xarajatlarga ta’sir etuvchi omillar. Xarajatlarni kamaytiruvchi omillar sof foydani oshiradi. Sof foyda so’mlarda hisoblanadi. Sof foyda = Yalpi daromad — Yalpi xarajatlar. Foydani boshqarish uchun uning o‘sish zaxiralarini aniqlash imkoniyatini beradigan foydaning shakllanishi, taqsimlanishi, ishlatilishining obyektiv sistemali tahlilini o‘tkazish zarur bo'ladi. Bunday tahlil ham ichki, ham tashqi subyektlar uchun ahamiyatga ega. Foydaning o‘sishi dorixona potensial imkoniyatlarini aniqlaydi, uning faolligi darajasini orttiradi, mulkdorlar va muassislarning daromadini hamda dorixonaning moliyaviy sog'lomligini tavsiflab beradi. Foydani tahlil qilishning asosiy vazifalariga quydagilar kiradi: - foyda dinamikasini baholash, reja yoki bajarilish bilan taqqoslash; - foydaning tarkibini o'rganish; - foydaga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish; - foydani o‘sish zaxirasini ochib berish; - dorixonaning rivojlanish istiqbolini hisobga oigan holda foydani samarali shakllanishi va ishlatilishi to‘g‘risida tavsiyanomalar ishlab chiqish. Dorixonada giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar muomalasi, retseptlar asosida berish, saqlash va hisobga olish qoidalari. Farmatsevtika boshqaruv tizimida ahloq va deontologiya. - ―Ahloq;‖ deganda kishilarning bir-biriga munosabati, jamiyat, davlat, vatan, kasb hamda oilaga bo`lgan munosabatlarni tartibga solib turadigan va shaxsiy e'tiqod an'analari, tarbiyasi butun jamiyat yoki guruhning kuchi bilan qo`llab -quvvatlanadigan qoidalar, xulq-atvorlar talablari tushuniladi. Qadimda birinchi bor bu so`z (termin) ni qadimgi buyuk yunon faylasufi mutafakkir olim Aristotel' qo`llagan. Farmatsevtik ahloqning asosiy kategoriyalari: - burch, majburiyat, xalollik, vijdonlilik, raxm-shavqat, ziyraklik bo‗lib, ular bemor va uning qarindoshlarini dori-darmon bilan ta'minlashda asosiy rol' o‗ynaydi. Ahloqning kasb turlariga qarab bir necha turlari mavjud: - tibbiyot xodimining; - farmatsevt xodimining - yuristning; - o‗qituvchining va hokazolar ahloqi. Deontologiya - kasbiy burch xaqidagi fan. Deontologiya - bu etikaning bir qismi. Deon (yunoncha) - bo‗lishi lozim, logos - ta'limot demakdir. Shifokor va farmatsevt faoliyati, inson salomatligini mustahkamlashga qaratilganligidan farmatsevtik deontologiya tibbiy deontologiya bilan uzviy bog‗liq. Farmatsevt bemor va atrofdagilar bilan xushmuomalada bo‗lishi, sekin gapirishi, o‗z ishini tez va sifatli qilishi, ish joyini toza, saranjom tutishi, yumushini tashlab ketmasligi, hujjatlarni qonuniy yuritishi, kasb sirlarini saqlashi lozim. Bemorlar bilan muloqotdagi deontologik me'yorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi: - tashqi qiyofa (bejirim tashki qiyofa bemorlarning ishonch bilan qarashiga sharoit hozirlaydi); - fe'l-atvor (bemorlar bilan munosabatda bo‗lganda ularga diqqat bilan e'tibor berish va o‗zini tuta bilish zarur); - nutq (ko‗p hollarda shirinsuhanlik doriga nisbatan yaxshiroq davolaydi, o‗ylanmay aytilgan so‗z esa, bemorni farmatsevtga bo‗lgan ishonchiga putur yetkazishi mumkin); - bemorni tinglay bilish, uning holiga achinish, o‗zgalar qayg‗usiga hamdardlik - deontologiyaning muhim talabidir. Bundan tashqari, farmatsevtning diqqat bilan e'tibor bermasligi bemor ruhiyatiga zarar yetkazadi; - dori vositalarni estetik rasmiylashtirish (bemorni tayyorlangan dorilarga ishonchini mustahkamlash maqsadida dorilarni rasmiylashtirishga e'tibor berish zarur. Noto‗g‗ri rasmiylashtirilgan, o‗ziga jalb etmaydigan dori bemorda uning sifatiga shubha tug‗diradi); - bemordan ba'zi noxush ma'lumotlarni sir saqlash (xastalik jarayoniga va uni davolashga ijobiy ta'sir etishi mumkin. Xastalikni emas balki dorining muntazam ta'sirini ko‗rsatish tavsiya etiladi); - malaka oshirish (nihoyat, oqibatda inson salomatligi farmatsevt xodim malakasining darajasiga bog‗liqligi boisidan ham, ish usullarini takomillashtirish deontologiya omillar orasida muhim o‗rin tutadi. Farmatsevt ishida yo‗l qo‗yilgan xato tuzatilmas, qayg‗uli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini doim yodida tutishi lozim); - dorixona xodimi dorilarni qabul qilish qoidalarini batafsil tushuntirishi, dorilarning qo‗shimcha ta'sirlari haqida bemorni ogohlantirishi lozim. Deontologiyada farmatsevt bilan shifokor o‗rtasidagi o‗zaro munosabatga muhim o‗rin ajratiladi. Farmatsevtlar shifokorlar bilan yaqin aloqada bo‗lgan holda faoliyat ko‗rsatishlari lozim. Farmatsevtlarning shifokorlar bilan aloqasini mustahkamlanishi dorixonada axborot ishini yaxshilaydi. Download 67.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling