Farmatsevtika sohasida ulgurji savdo faoliyatini tashkil qilish.
- Ulgurji savdoga – davolash-profilaktika korxonalari va boshqa tashkilotlarga chakana narxda naqd pulsiz bank orqali pul o‘tkazish yo‘li bilan savdo kiradi.
Ulgurji savdoga quyidagilar kiradi:
– statsionar retseptura bo‘yicha savdo – statsionar (shifoxona) talabnoma va retseptlari bo‘yicha savdo;
-davolash-profilaktika korxonalariga sotilgan dori vositalari kichik ulgurji
savdosi bo‘yicha savdo.
“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi” Davlat unitar korxonasining tuzilishi, asosiy vazifalari.
Iste’molchilar xuquq va manfaatlarini himoyalash, aholini sifatli va bezarar dori vositalari bilan ta’minlashning yagona davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida 2003 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasida dori vositalarining muvofiqlik sertifikati joriy etildi. Faqat muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan dori vositalarigina O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilishiga ruxsat etiladi. Dori vositalarining belgilangan sifat standartlariga muvofiqliginitekshirish va muvofiqlik sertifikatini berish uchun “Dori vositalari ekspertizasi va standartlash Davlat markazi” qoshida Markaziy sertifikatlashtirish idorasi tashkil etildi. Uning filiallari viloyatlarda tashkil etilib, quyidagicha joylashtirildi: Andijonda, (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari uchun), Urganchda (Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun), Samarqandda (Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlari uchun), Qarshida (Qashkadaryo va Surxondaryo viloyatlari uchun). Shu yo‘l bilan respublikaga nostandart dori vositalarini kiritilishiga o‘ziga xos to‘siq qo‘yiladi.
Dorixonaning o‘z mablag‘larini shakllanishi.
Dorixona hodimlarining ish vaqtlarining hisobi va mehnatga haq to‘lashning tartibi.
Mehnatga haq eng avvalo to‘lash shakli, miqdori, nafaqalar, kompensatsiyalar, qo‘shimcha to‘lovlarni qamrab oladi. Shuningdek, jamoa shartnomasida narxlarning o‘zgarib borishi, pulning qadrsizlanish darajasi, jamoa shartnomasi bilan belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilishiga qarab, mehnatga haqto‘lashni
tartibga solish vositalarini ham ko‘zda tutadi
- xodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiqbo‘lmasligi kerak;
- ayrim toifadagi xodimlar (o‘n sakkiz yoshgato‘lmaganlar, I va II guruh nogironlari, noqulay mehnat sharoitlaridagi, alohida tusga ega bo‘lgan ishlarda band bo‘lganlar, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor,
budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan - muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar) uchun mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni, shuningdek, mehnat shartnomasiga muvofiq mehnatga to‘lanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi;
- xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan ishga qabul
qilish chog‘ida ham, keyin ham to‘liqsiz ish kuni yoki to‘liqsiz ish haftasi belgilab qo‘yilishi mumkin;
- ish haftasi: ikki kun dam olinadigan besh kunlik (har kungi ish muddati 7 soatdan ortib ketmasligi kerak) bo‘lishi mumkin;
- ish vaqti rejimi (kundalik ish vaqti-smena muddati, ishning boshlanish va tugash vaqti, sutka davomida smenalar soni, ish kunlari
bilan ishlamaydigan kunlarning navbat bilan almashishi, xodimlarning smenadan smenaga o‘tish tartibi) korxonada ichki mehnat tartibi qoidalari yoki ish beruvchi bilan xodim kelishuviga binoan belgilanadi;
- xodimni surunkasiga ikki smena davomida ishga jalb etish taqiqlanadi;
- ish vaqtidan tashqari ishlar xodimning roziligi bilan qo‘llanilishi mumkin;
- ish vaqtining tugashi bilan keyingi kuni (smenada) ish boshlanishi o‘rtasidagi kundalik dam olish vaqtining muddati 12 soatdan kam bo‘lmasligi kerak;
- dam olish va bayram kunlarida ishlatish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |