Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Farmasevtika iqtisodiyoti va farmatsevtikada boshqaruv fanlaridan Davlat atestatsiyasi uchun savollar


Mehnat qonunchiligi bo‘yicha asosiy ma’lumotlar


Download 67.29 Kb.
bet17/31
Sana21.06.2023
Hajmi67.29 Kb.
#1645797
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
GOST fitq

Mehnat qonunchiligi bo‘yicha asosiy ma’lumotlar.

-Mehnat qonunchiligiga asosan xodimlar istagan paytlarida, muddatli yoki muddatsizligidan qat’iy nazar har qanday mehnat shartnomasini bekor qilish imkoniyatiga egadirlar. Shu bilan birga ish beruvchilar tomonidan qonunda maxsus nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lganida va belgilab qo‘yilgan tartiblarga qat’iy rioya etilgan xoldagina mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkin. Mehnat qonunchiligida mehnat intizomi, texnologiya intizomi, xizmat intizomi, moliya intizomi va boshqalar xaqida so‘z yuritiladi. Dorixonada xodimni ishga qabul qilish jarayonini
rasmiylashtirish, dastlabki sinov muddati bilan ishga olish, mehnat shartnomasi tushunchasi, uni tuzish tartibi va ishga qabul qilishda talab
qilinadigan hujjatlar bilan ishlay oladi.

  1. O‘zbekistonda dori vositalarini sertifikatlashtirish tizimini tashkil qilish.

Sertifikatlashtirish – mahsulot, jarayon yoki xizmatning belgilangan talablarga muvofiqligini yozma ravishda tasdiqlash jarayonidir.
Farmasevtik mahsulotni sertifikatlashtirish O‘zbekiston Respublikasining «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tadigan mahsulot va xizmatlarning ro‘yxati asosida amalga oshiriladi.
Farmasevtik mahsulotni sertifikatlashtirish jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

  1. Sertifikatlashtirish idorasiga buyurtma berilishi; taqdim etilgan buyurtma va xujjatlarning ko‘rib chiqilishi, buyurtma bo‘yicha qaror qabul qilish, sertifikatlashtirish sxemasini tanlash;

  2. Maxsulotning identifikatsiyasi va namunalarni tanlash;

  3. Sinovlarni o‘tkazish;

  4. Ishlab chiqarish holati, sifat tizimining baholanishi (agar sertifikatlashtirish sxemasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa);

  5. Sinov natijalari va tekshiruvlarning tahlili; muvofiqlik sertifikatini berish yoki berishni rad etish bo‘yicha qaror qabul qilish;

  6. Sertifikatlarni rasmiylashtirish va berish;

  7. Inspeksion nazoratni o‘tkazish (agar sertifikatlashtirish sxemasida ko‘zda tutilgan bo‘lsa);

  8. Sertifikatlashtirish natijalari to‘g‘risida axborot berish.


  1. Download 67.29 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling