Farmatsevtika ishini tashkil qilish, Farmasevtika iqtisodiyoti va farmatsevtikada boshqaruv fanlaridan Davlat atestatsiyasi uchun savollar
Dorixona faoliyatini farmatsevtik nazorat qilish
Download 67.29 Kb.
|
GOST fitq
Dorixona faoliyatini farmatsevtik nazorat qilish.
-farmasevtik tashkilotlar faoliyatiga aloqador tekshiruvlarning quyidagi turlarini ko‘rsatish mumkin: umumiy tartibdagi davlat nazorati; ixtisoslashgan (farmasevtik) nazorat; boshqa turdagi nazorat (auditorlik tekshiruvi). Umumiy tartibdagi nazorat davlat nazorat idoralari tomonidan o‘tkazilib, o‘z holicha quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: Rejali tekshiruv - Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishning muvofiqlashtirish rejasiga asosan o‘tkaziladi. Rejali tekshiruv Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshirilishi mumkin. soliqlar va to‘lovlarni o‘z vaqtida hamda to‘la miqdorda to‘lovchi, boshqa tartib va qoidalarga rioya qiluvchi, auditorlarning har yilgi tegishli xulosalariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini tekshirish nazorat organlari tomonidan, ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta amalga oshiriladi. Rejali tekshiruvni o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi: Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning tegishli hududiy bo‘linmasi tomonidan berilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati nazoratini muvofiqlashtirish rejasidan ko‘chirma; nazorat idorasining muvofiqlashtiruvchi reja asosida chiqargan buyrug‘I yoki Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining tekshiruvni o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda tekshirish maqsadi, uni o‘tkazish sanasi va tekshirishni amalga oshirish topshirilgan mansabdor shaxslarning tarkibi ko‘rsatilgan qarori. Rejadan tashqari tekshiruv - quyidagi hollarda o‘tkaziladi: - tekshiruv o‘tkazish zarurati hukumat qaroridan kelib chiqqan holatda; - nazorat idorasiga xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qonunlar va boshqa qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tyshganda; - favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishining oldi olinayotganda; - sanitariya epidemiologiya vaziyati murakkablashganda, shuningdek qo‘shni davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishi va tarqalishi ehtimoli vujudga kelganda. Rejadan tashqari tekshirishni o‘tkazish uchun nazorat idorasining buyrug‘i va Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori asos bo‘lib hisoblanadi. Bu qarorda tekshiriladigan ob’ektning nomi, tekshirish o‘tkazish maqsadi, muddatlari va uning o‘tkazilishini asoslovchi sabablar ko‘rsatilgan bo‘ladi, shuningdek buyruqda tekshiruvda ishtirok etadigan mansabdor shaxslar tarkibi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Download 67.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling