Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet70/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI

Tayanch iboralar


Menejment, boshqarish, tashkil etish, tasarruf etish, boshqaruv subyekti, boshqaruv obyekti, iyerarxiya, bozor, nisbiylik, marketingli boshqaruv, normativ menejment, strategik menejment, tezkor (operativ) menejment, tizim, menejment funksiyalari, model.


Nazorat savollari

1. Menejment nima?


2. Boshqaruv subyekti nima?
3. Boshqaruv obyekti nima?
4. Menejment fanining shakllanishida 4 bosqichni ajratib ko‘rsatib
bering.
5. Menejmentning asosiy ilmiy maktablarini ayting.
6. Boshqaruv nazariyasiga umumiy yondoshish usullarini tushuntiring.
7. Farmatsevtika tashkilotlarining boshqaruviga hozirgi zamon yon­
doshish usullarini tushuntiring.
8. Farmatsevtika menejmentining uslubiy asoslarini ayting.
9. Farmatsevtika menejmentida modellar va uslublarini tushuntiring.


15 bob. TASHKILOT — FARMATSEVTIKA MENEJMENT
OBYEKTI SIFATIDA
15.1. Tashkilot tushunchasi, alomatlari, uni shakllantirish
qonunlari va tamoyillari.
15.2. Farmatsevtika tashkilotini rivojlantirish jarayoni.
15.3. Farmatsevtika tashkilotining xususiyatlari va arxitektonikasi.
15.4. Tashkilot faoliyatini reglamentlash.
15.5. Tashkilotdagi rasmiy munosabatlarning asosiy shartlari.


15.1. Tashkilot tushunchasi, alomatlari, uni shakllantirish qonunlari va tamoyillari

„Tashkilot“ tushunchasi fransuz „organization, organizer“ — „Tashkil etish, yaratish, birlashtirish, tartibga solish, biriktirish“ so‘zidan kelib chiqqan.


Menejmentda „tashkilot“ tushunchasidan ikki ma’noda foydalaniladi:
„tashkilot“ boshqaruvning funksiyasi — jarayon sifatida;
„tashkilot“ korxona, muassasa sifatida, ya’ni odamlar va ularning ishlashi uchun sharoitlar.
Tashkilotning uchta asosiy alomatlari quyidagilardan iborat:
o‘zini guruhning bir qismi deb hisoblaydigan kamida ikki kishining bo‘lishi;
guruhning barcha a’zolarini umumiy deb qabul qiladigan maq­sad;
hamma uchun muhim bo‘lgan maqsadga erishish uchun guruh a’zolari tomonidan ongli ravishda hamkorlikda baja­riladigan ish.
Tashkilot — bu faoliyati bosh maqsadga erishish uchun ongli ravishda muvofiqlashtiriladigan odamlar guruhi.
Tashkilot ijtimoiy institut sifatida ko‘rib chiqilganda, unga quyidagi tarkibiy qismlari bo‘lishi bo‘yicha tavsif beriladi:
maqsad — istalgan holat;
missiya — mavjud bo‘lishi, faoliyatni o‘ziga xos xusu­siyatlari, asosiy ijtimoiy majburiyatlarining mohiyatini ochib beruvchi tasdiq;
tuzulma — arxitektonika, alohida qismlarning mavjudligi va ular o‘rtasidagi nisbat, tashkiliy konfiguratsiyaning qattiqlik, egiluvchanlik darajasi, ichki elementlar o‘rtasida o‘zaro hamji­hatlikning turi;
texnologiya — tashkilotni ishlash mexanizmi, resurslarni tashkilotning maqsadlari bo‘lgan natijalarga aylantirish usuli.
Sanab o‘tilganlaridan tashqari, boshqa tavsiflar ham ko‘rib chiqiladi: resurslar, tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘lanish, mehnatning gorizontal va vertikal bo‘yicha taqsimoti, faoliyatni muvofiqlashtirish zaruriyati, tashkiliy madaniyat.
Tashkilotning yaratilishi va ishlashi ma’lum qonunlar bo‘yicha amalga oshiriladi. A.A. Bogdanov tomonidan ilk bor 1925- yilda ta’rif berilgan tashkilot qonunlari, ko‘pgina (V.G. Afanasev, N. Viner, P.M. Kerjensev, B.Z. Milner, A.M. Omarov, G. Emerson va boshqa) tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida rivojlantirildi.
Ular tomonidan ta’rif berilgan qonunlar shartli ravishda statika va dinamikadagi tashkilot qonunlariga bo‘linadi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling