Farmatsevtika menejmenti


Download 1.37 Mb.
bet1/131
Sana14.12.2022
Hajmi1.37 Mb.
#1006262
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131
Bog'liq
FARMATSEVTIKA MENEJMENTI




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
X.S. ZAYNUTDINOV, SH. N. ZAYNUTDINOV


FARMATSEVTIKA

MENEJMENTI




O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi farmatsevtika institutlari talabalari uchun darslik
sifatida tavsiya etgan

Toshkent — 2008


O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi
„Fan” nashriyoti


Taqrizchilar: prof. farmasevtika fanidan doktori K.S. Maxmudjanova
prof. iqtisod fanidan dokton D. Raximova
prof. iqtisod fanidan doktonT.T. Mamedov
dots. farmasevtika fanidan nomizod M.Ya. Ibragimova

SO‘Z BOSHI

Aholi va davolash profilaktika muassasalarini sifatli dori vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlash sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa dorishunos mutaxassislar oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.


Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida dorixona muassa­salari Mustaqil Hamdo‘stlik Davlatlarida birinchilar qatorida davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada farmatsevtika ishini boshqarish bo‘yisha mavjud bo‘lgan asosiy darsliklar dori vositalari muomalasining ko‘p masalalari bo‘yisha o‘z amaliy ahamiyatini yo‘qotdi. Aiyniqsa menejment fanining amaliyotga kirib kelishi bilan undagi boshqaruv tizimida tubdan o‘zgarish­lar amalga oshiriladi.
Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida farmatsevtika faoliyati sohasini mustaqil rivojlanishini xalqaro tajribalarga suyangan holda farmatsevtika soha mutaxassislarining tashab­buslarini qo‘llash hamda boshqaruvning yangi talablari bo‘yicha (menejmenti) hukumatimiz tomonidan bir qator huquqiy va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. O‘z navbatida ko‘plab yangi dori vositalarini yaratilishi, farma- t­sevtik yordamni takomillashgan usullarini amaliyotga kirib kelishi bilan farmatsevtika ishini boshqarishda asosiy yo‘na­lishlari yoritilgan darsliklar yaratish vazifasi yana ham dolzarb bo‘lib qoldi, zero bunday darslik O‘zbekiston Res­pub­likasida yozilmagan edi.
Mazkur darslikda aholi va davolash profilaktika muassa­salarini dori vositalari bilan ta’minlashni boshqarishda ho­zirgi kun nuqtayi nazaridan dorixona muassasalari muta­xassislari uchun zarur bo‘lgan masalalar keltirilgan. Amaliy ahamiyati ortib borayotgan retseptsiz dori vositalari tami­notini boshqarish va far­matsevtik xizmatni sifatli ta’min­lashga qaratilgan mavzular mumkin qadar kengroq yoritildi. Menejmentning farmat­sevtikaga xos bo‘lgan xususiyati va mohiyatidan kelib chiqqan holda darslikni tayyorlashga harakat qilindi.
Menejment jaroyoni va dori vositalari muomalasiga taalluqli ayrim atama va terminlar darslikda birinchi marta bayon qilina­yotganligi munosabati bilan ularni farmatsevtika sohasi nuqtayi nazaridan sharhlab, umumiy tushunchalar ham berildi.
Amaldagi dastur doirasida tayyorlangan ushbu darslikda farmatsevtika menejmenti bo‘yicha talabalar uchun kerakli bo‘lgan asosiy masalalar yoritilib, qo‘shimcha ma’lumotlar va tegishli me’yoriy hujjatlardan mustaqil foydalanish uchun ko‘rsatmalar berilgan.Darslik 2 qismdan iborat bo‘lib, 1- qismda menejment nazariyasi asoslari keltirilgan bo‘lsa, 2- qismda farmatsevtika me­nejmenti nazariy va amaliy asoslari, obyektlari, kadrlar menej­menti, kommunikatsiya masalalari yoritildi.
Darslik farmatsevtika instituti talabalari va farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan keng mutaxassislar ommasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika ishini tashkil qilish bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi deb umid qilamiz.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling